124
a)
b)
4.2-rasm. Ishlab berish va joizliklarga operatsiyalararo quyimni joylashuv
sxemasi:
a-val uchun; b-teshik uchun
Nominal o„tuvchan quyim Z
max
va Z
min
orasidagi, ya‟ni maksimal va minimal
o„tuvchi quyimlar farqiga teng:
)
(
)
(
min
max
а
н
и
н
z
Z
Z
Z
Z
yoki
в
a
z
bu erda: δ
a
=a
max
-a
min
; δ
b
=b
max
-D
min
Detallarga mexanik ishlov berish uchun quyimlar va operasion joizliklarni
to„g„ri hisoblash va tanlash texnologik jarayonni tuzishdagi asosiy vazifalardan
hisoblanadi, chunki unga detalni tannarxi, sifati va ishlatish muddati bog„liq
bo„ladi[8].
Ortiqcha oshirib belgilangan
quyimlar metall sarfini, dastgohlar narxini va uni
joylashtirish uchun ishlab chiqarish maydonlarini hamda elektr energiyasi va
metallqirquvchi asboblarni xarajatlarini oshishiga olib keladi.
Keragidan ortiq kamaytirilgan quyimlar metalni nosoz yuzalar qatlamlarini olib
tashlash
imkonini bermaydilar, talab etilgan aniqlik va g„adir-budurlikni olib
bo„lmaydi va brak chiqishiga olib kelishi mumkin.
O„rnatilgan quimlar bo„yicha detalga tejamkor ishlov berish uchun barcha
o„tishlarda olinadigan og„ishlarni quyumlarni hisoblashda asos qilib olingan
o„rnatilgan joizliklar oralig„ida bo„lishini ta‟minlash kerak.
125
Quyumlar hisoblangan va o„rnatilgandan so„ng mo„ljallangan dastgohlar,
metall
qirquvchi asbob va kesish tartiblarini to„g„ri tanlanganligi tekshirib ko„rilishi kerak.
Shunday qilib ishlov berish quyimlari ishlov berilgan yuza sifati, materialni eng
kam sarfida detallar shakllarini o„lchamlarini aniqligi va detall tannarxiga nisbatan
qo„yilgan talablarga mos kelishi kerak. Bunday quyimlar
muqobil hisoblanadi va
ularni ishlov berishga belgilash o„ta muhum texnik iqtisodiy masala hisoblanadi.
Zamonaviy seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlarda imkon darajasida ishlov
berish quyimini maksimal kamaytirish va mexanik ishlov berishni kam yoki umuman
talab etmaydigan tayyorlamalar olishga harakat qilinadi.
Yuqorida keltirilgan quyumni xisoblash va tayyorlamaning oraliq o„lchamlarini
aniqlash usuli asosan katta seriyalab va ommaviy ishlab chiqarishda qo„llanadi.
Donalab va kichik seriyalab ishlab chiqarishda tajriba va statistika usulini qullagan
ma‟qul, unda quyumning miqdori meyoriy jadvallardan olinadi.
NAZORAT SAVOLLARI
1.
Quyumni to„g„ri belgilash ahamiyati.
2.
Quyum turlari.
3.
Quyumni xisoblash usullari.
4.
Quyum kattaligiga ta‟sir etuvchi omillar.
5.
Ishlov chiqarish turlicha ko„ra quyimni
hisoblash usullari
6.
Tayyorlamalarni oraliq o„lchamlarini aniqlash
7.
Minimal quyimni hisoblash hususiy ko„rinishlari
8.
Qarama-qarshi yuzalarga ishlov berishdagi minimal quyim
9.
Ichki va tashqi aylanuvchan yuzalar uchun minimal quyim
10.
Qarama-qarshi yuzalarga ishlov berishdagi
maksimal quyim