|
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi a. A. Safoev, E. A. Normatov, I. Ya. RajabovBog'liq Darslik Safoev ТМТ 2017 (Lotincha)i
i
i
i
b
m
W
W
bu erda: Wi –sexning bir yildagi ishlab chiqarish dasturi:
W – bir yilda zavod bo„yicha buyum ishlab chiqarish dasturi
m
i
– bitta buyumdagi berilgan detallar soni
i – berilgan detallar bo„yicha extiyot qismlar foizi
b
i – berilgan detallar bo„yicha braklarni o„rtacha foizi
Shuningdek, tayyorlama va jixozlar to„g„risida ma‟lumotlar ham muhim
ahamiyatga ega.
Texnologik jarayonni loyixalash uchun, asosan ommaviy ishlab chiqarishda
detalni ishchi chizmasidan tashqari tayyorlamani ham chizmasi bo„lishi kerak, u
tayyorlama o„rnatiladigan va maxkamlanadigan moslamani konstruksiyalash va
hisoblash uchun zarur.
Faqat tayyorlama shakli bo„yicha oddiy bo„lgan xollarda va kichik seriyali
ishlab chiqarish jarayonlarini loyixalashda berilgan tayyorlama uchun quyim
o„lchamlari to„g„risidagi ko„rsatmalar bilangina yoki tayyorlamani ma‟lum turlari-
quyma, bolg„alash, prokat va bosim uchun qo„yimlarni umumiy jadvali bilangina
cheklaniladi va tayyorlamani chizmasi berilmaydi.
To„g„ri ishlab chiqilgan texnologik jarayon, shuningdek, jixozlarni tasniflovchi
ma‟lumotlarga ham bog„liq bo„ladi, bu ma‟lumotlar dastgoh pasportida beriladi.
Masalan, tokarlik dastgohining pasportida quyidagi ma‟lumotlar berilgan:
markazlar balandligi, markazlar orasidagi masofa, shpindelning aynalishlar
chastotasi, motor quvvati, uzatishlar kattaliklari, shpindelnigng ruxsat etilgan
burovchi momenti va boshqalar.
Tayyorlamani tashqi o„lchamlarini bilgan holda va markazlar balandligi, ular
orasidagi masofa bo„yicha, berilgan detalga ishlov berish uchun tegishli dastgohni
tanlash mumkin. Mavjud korxona ishlab chiqarishda bor bo„lgan jixozlardan
130
foydalanish, ya‟ni texnologik jarayon yangi jixozlarga mo„ljallanmasdan korxonada
mavjud bo„lgan jixozlarga moslanishi kerak bo„ladi.
Ammo yangi ishlab chiqarishni loyihalashda shuningdek alohida shartlar
bo„lishi mumkin. Korxona qurilishi navbatini hisobi bilan texnologik jarayonning
loyixalashni olib borish mumkin.
Yuqorida sanab o„tilgan asosiy dastlabki ma‟lumotlardan tashqari, texnologik
jarayonni to„g„ri loyixalash uchun, kesuvchi va o„lchov asboblarning me‟yorlari,
kesish tartibi bo„yicha me‟yoriy ko„rsatkichlar, yordamchi ish turlarining me‟yoriy
ko„rsatkichlariga ega bo„lish kerak, shuningdek tayyorlashga mo„ljallanayotgan
mashinani to„la o„rganish va xizmat vazifalarini yaxshi tushinish kerak bo„ladi.
Loyixalash jarayoni o„zaro bog„liq va ma‟lum ketma-ketlikda bajariladigan
bosqichlardan tashkil topadi. Ularga qo„yidagilar kiradi.
-ishlab chiqarish turi va ish usullarini aniqlash;
-texnologik jarayon tuziladigan detalni texnologiyabopligini tahlil qilish;
-tayyorlamani olish usulini va unga qo„yiladigan talablarni tanlash;
-texnologik asoslarni tanlash;
-alohida yuzalarga ishlov berishda ketma-ket bajariladigan usullarni
(yo„nalishni) tanlash;
-detalga to„la ishlov berish yo„nalishini tuzish;
-dastlabki operatsiyalarni belgilash;
-oraliq qo„yimlarni hisoblash;
-texnologik
o„tishlar bo„yicha tayyorlamani texnologik joizliklarini va
chegaraviy o„lchamlarini belgilash;
-operatsiyalar tarkibiga va texnologik o„tishlarning kontsentratsiyalanish
darajasiga aniqlik kiritish;
-jixoz, asbob va moslama tanlash;
-sozlanuvchi o„lchamlarni aniqlash;
-moslamani konstruksiyalashda texnik vazifani ishlab chiqish uchun
tayyorlamani o„rnatish va mahkamlash sxemasiga aniqlik kiritish;
-ishchilarni malakasini va vaqt me‟yorini belgilash;
131
-texnik xujjatlarni rasmiylashtirish.
|
| |