|
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi a. A. Safoev, E. A. Normatov, I. Ya. RajabovBog'liq Darslik Safoev ТМТ 2017 (Lotincha)Dastgoh tanlash.
Dastgohni tayyorlamaning o„lchamiga, talab qilinayotgan
o„lcham aniqligi va yuza silliqligiga, ish unumdorligiga qarab qabul qilinadi. So„nggi
va pardozlov operatsiyalari uchun dastgoh tanlanganda uning bikirligi, aniqligi va
tezkorligi inobatga olinadi.
Dastgoh tanlash ishlab chiqarishning turiga bog„liqdir. Donalab ishlab
chiqarishda universal dastgohlar, seriyalab ishlab chiqarishda esa universal dastgohlar
bilan bir qatorda yarimavtomatik va dastur yordamida boshqariladigan dastgohlar
qo„llaniladi. Ommaviy ishlab chiqarishda asosan ixtisoslashgan agregat va avtomatik
dastgohlar qo„llanadi. Dastgohni to„g„ri tanlanganini bildiruvchi asosiy ko„rsatkich -
dastgohdan foydalanish koyffisentidir.
Moslama tanlash.
Texnologik jarayonni bajarish uchun qanday moslamani
tanlash asosan ishlab chiqarish turiga bog„liq. Donalab va kichik seriyalab ishlab
chiqarishda universal moslamalar (iskanja, qulochli, patron, bo„lish kallagi va
boshqalar) qo„llaniladi. Seriyalab ishlab chiqarishda universal-sozlanuvchi (UNG)
va universal-yigma (USP) moslamalar, ko„p seriyalik va ommaviy ishlab chiqarishda
esa asosan iqtisodiy jihatdan o„rinli bo„lgan maxsus moslamalar qo„llaniladi.
Kesuvchi asbobni tanlash.
Dastgoh tanlash bilanbirga kesuvchi asboblari ham
tayinlanadi. Tanlangan asbob ish unumdorligini oshishini, keraklik aniqdik va yuza
silliqligini ta‟minlashi kerak. Asosan standart va normallashgan asboblardan, juda
kerak bo„lganda esa maxsus asbobdalardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Kesuvchi asbobning materiali, tuzilishi va o„lchamlari tayyorlamaning
materialiga, operatsiyaning turiga, talab qilinayotgan aniqlik va silliqlikka bog„liq.
Kesuvchi asboblar kesuvchi tig„ida asosan kattiq qotishma, tezkesar po„lat, mineral-
keramik materiallar va sintetik o„ta qattiq materiallardan (olmos, elbor va boshqalar)
ishlatiladi.
|
| |