152
Usulni mohiyati –bunda o„lchamli zanjirni berkituvchi zvenosini talab
etilayotgan aniqligiga ma‟lum bir guruhga ajratilgan tashkil etuvchi zvenolarni
o„lchamli zanjirlarga qo„shish orqali erishiladi.
Qo„llanilishi-kam zvenoli o„lchamli zanjirlarni berkituvchi zvenolarni eng
yuqori aniqligiga erishishda qo„llaniladi; detallarni guruhlarga aniq ajratish,
belgilashni, saqlashni va tashishni talab etadi.
4.Etkazish
Qo„llanilishi–ko„p sonli zvenolarga ega mahsulotlarni yig„ishda ishlatiladi;
detallar iqtisodiy joizliklar bilan tayyorlanishi mumkin, ammo to„ldiruvchini etkazish
uchun qo„shimcha xarajatlar talab etadi.
Usulning mohiyati-bunda o„lchamli zanjirni berkituvchi zvenosini talab
etilayotgananiqligiga to„ldiruvchi zvenodan ma‟lum qatlamni olib tashlash bilan
o„lchamni o„zgartirish orqali erishiladi.
5.Sozlash usuli
Usulning mohiyati - bunda o„lchamli zanjirni berkituvchi zvenosini talab
etlayotgananiqligiga to„ldiruvchi zvenodan material olib tashlamasdan, o„lchamini
o„zgartirsh orqali erishiladi.
Qo„llanilishi– etkazish usuliga o„xshash, ammo yig„ishda qo„shimcha material
olib tashlanmasligi hisobiga katta afzallikka ega; yuqori aniqlikni ta‟minlaydi va
mashinani ekspluatatsiya qilishda davriy ravishda uni tiklash imkonini beradi.
6.To„ldiruvchi materiallar bilan yig„ish
Usulning mohiyati –bunda o„lchamli zanjir berkituvchi zvenosini talab
etilayotgan aniqligiga detallarni talab etilgan holatga o„rnatgandan so„ng ularni
tutashuvchi yzalari orasidagi tirqishga to„ldiruvchi material kiritish orqali erishiladi.
Qo„llanilishi-tekisliklar bo„yicha asoslanuvchi birliklar va qismlar uchun
qo„llash maqsadga muvofiqdir; ta‟mirlash amaliyotida yig„ma birliklarni ishlash
qobilyatini qayta tiklash, jihozlar tayyorlashda, ishlatiladi.