160
Yig„ish texnologik jarayoni qo„yidagi keltirilgan ketma-ketlikda ishlab
chiqariladi.
1. Dasturiy topshiriqqa asosan yig„ishni maqsadga muvofiq tashkiliy shakli
belgilanadi, uni takti va maromi belgilanadi.
2.Yig„ma chizmalar va detallar ishchi chizmalari konstruksiyalarini
texnolgiyaviyligi nuqtai-nazardan texnologik tahlil qilinadi.
3.Tegishli o„lchamli hisoblar asosida yig„ilayotgan mahsulot konstruksiyalarini
o„lchamli tahlili bajariladi.
4. Berilgan ishlab chiqarish sharoitlari uchun loyixalanayotgan yig„ish
jarayonini differensiyalash darajasi aniqlanadi.
5. Mahsulotning barcha yig„ma birliklari va detallarni yig„ish ketma-ketligi
belgilanadi va mahsulotni umumiy va qismli yig„ish sxemalari tuziladi.
6. Mahsulotni tashkil etuvchi barcha yig„ma birliklar va detallarni biriktirish,
joylashuvlarini tekshirish va qayd etishni eng unumdor va samarali, va texnik
maqsadga muvofiq usullari aniqlanadi. Yig„ish texnologik operatsiyalari mazmuni
tuziladi va mahsulotni nazorat va yakuniy sinash usullari bajariladi.
7.Texnologik jarayonini bajarish uchun zarur texnologik vositalar ishlab
chiqiladi.
8.Yig„ish ishlarini texnik me‟yorlash ishlari bajariladi va yig„ish jarayonini
iqtisodiy ko„ratkichlari aniqlanadi.
9.Yig„ish jarayonini texnik hujjatlari rasmiylashtiriladi.