Yig„ish operatsiyalarini ketma-ketligi va mazmuni belgilash va yig„ish




Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/123
Sana20.05.2024
Hajmi8,1 Mb.
#244991
TuriУчебник
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   123
Bog'liq
Darslik Safoev ТМТ 2017 (Lotincha)

Yig„ish operatsiyalarini ketma-ketligi va mazmuni belgilash va yig„ish 
sxemalarini tuzish. 
Butun mashinani hamda uni alohida qismlari va yig„ma 
birliklarini konstruksiyasini va ishlashini sinchkovlik bilan o„rganganidan so„ng, 
ularni tayyorlash va yig„ishga bo„lgan texnik talablarni aniq ishlab chiqish 
sharoitlarini bilgan holdagi tahliliga ko„ra mahsulotni tashkiliy qismlariga bo„lishini 
boshlaydilar. Bu ishni bajarishda qo„yidagi tamoyillardan kelib chiqish maqsadga 
muvofiq: 
-yig„ma birlik yig„ish jarayonida ham, keyingi tashish va montaj qismida 
bo„laklanishi kerak emas; 


161 
-yig„ma birikmalarni gabarit o„lchamlari ularni yig„ish imkoniyatini ta‟minlash 
zaruriyatidan kelib chiqqan holda operatsiyalar bo„ladigan metalni kesish ishlari 
alohida ishchi joylarida, hatto mexaniksexlarda dastgohlarida bajariladigan tayyorlov 
va etkazish ishlari bajarilishi kerak; 
-yig„ma birliklar ko„plab detallar va tutashmalardan iborat bo„lishi kerak emas; 
shu bilan birga mashinani keragidan ortiq bo„laklash maqsadga muvofiq emas, 
chunki bu yig„ish jarayonini murakkablashtiradi, yig„ish ishlarini tashkil etishda 
qo„shimcha qiyinchiliklar tug„diradi; 
Mashina detallarini ko„plab detallari u yoki bu yig„ma birliklarga kirishi kerak, 
bunda bevosita yig„ishga uzatiladigan alohida detallar soni kamayadi, asos detallar va 
ba‟zi qotirish detallari bundan mustasno; 
Mahsulotni shunday bo„laklash kerakki, qachonki bunday konstruktiv sharoitlar 
eng ko„p sondagi yig„ma birliklarni, bir-biriga bog„liq bo„lmagan holda va mashinani 
eksplutatsiya tartibini buzmasdan mahsulotlarni ta‟mirlashni ham osonlashtiradi. 
Ko„pchilik yig„ma birliklarni yig„ishdagi mehnat sarfi taxminan bir hil bo„lishi kerak. 
Yig„ish ketma-ketligi asosan mahsulot konstruksiyasi, detallarni joylashtirish 
va talab etilayotgan aniqlikka erishish usullari bilan aniqlanadi va yig„ishdagi 
mahsulot va qismlarini joylashtirish tartibini shartli ifodalovchi yig„ish texnologik 
sxemasi ko„rinishi keltirilishi mumkin.
Yig„ish sxemalari butun texnologik jarayonlarini yaqqol ko„zga keltirish 
operatsiyalarini mo„ljallangan ketma-ketlikni tekshirish imkonini beradi. Bu 
sxemalarda mahsulotni har bir elementi to„g„ri burchak bilan belgilanib, unda 
tashkiliy qism nomlanishi uni indeksi va miqdori ko„rsatiladi (6.5-rasm).Yig„ish 
boshlanadigan detali asos detali deyiladi. 
Yig„ish jarayoni sxemadagi gorizontal chiziqda to„g„ri burchak yo„nalishida 
ifodalanadi. Gorizontal chiziqdan yuqorida ketma-ketlik tartibida shartli ravishda 
detalni ifodalovchi to„g„ri burchaklar, qo„yida esa shartli ravishda yig„ma birliklarni 
ifodalovchi to„g„ri burchaklar ko„rsatiladi.
Yig„ish texnologik sxemasi yig„ish texnologik jarayonini loyihalash uchun asos 
bo„ladi. Yig„ish sxemasi tuzilgandan so„ng zarur bo„lgan yig„ish, sozlash, etkazish 


162 
tayyorlov va nazorat ishlari tarkibi belgilanadi va texnologik operatsiyalar, o„tishlar 
mazmuni aniqlanadi. 
Donalab ishlab chiqarish sharoitida yo„nalishli harita tuzish bilan cheklanadilar 
va ishda asosan yig„ish texnologik sxemalariga murojat qilinadi. 
Yig„ish yuqori malakali ishchilar tomonidan bajariladi, ularni mahsulot 
chizmasiga qarab o„zari yig„ish ishlarini usullarini tanlaydilar. 
6.5-rasm. Mahsulot (a) va nisbatan yuqori tartibdagi yig„ma birliklar yig„ish 
texnologik sxemasi. 
Seriyali ishlab chiqarishda yo„nalishli-operatsion va texnologik xaritalar ishlab 
chiqiladi, kerak bo„lib qolsa, texnologik yo„riqnomalar, vositalar qaydnomasi va 
boshqa xujjatlar chiqariladi. 
Yig„ish jarayoni umumiy yig„ish va qismlarni yig„ishga, hamda texnologik 
operatsiyalar va o„tishga, katta seriyali ishlab chiqarishda esa, selektiv yig„ish va 


163 
noto„liq o„zaroalmashuvchanlik usullarini qo„llash hisobiga etkazish ishlari ulushi 
qisqaradi. 
Texnologik operatsiyani shakillantirishda uni tarkibiga imkoniyat darajasida 
o„xshash ishlar kiritiladi, bu esa ishchilarni ixtisoslashuvini ularni mehnat 
unumdorligini oshiradi. Oqimli yig„ishni tashkil qilish uchun zarur bo„lgan 
operatsiyalarni sinxronlash maqsadida texnologik operatsiya tarkibi yig„ish ishlarini 
alohida elementlarini mehnat sarfini hisobga olgan holda belgilanadi. 
Agarda operatsiyani mehnat sarfi taktdan ortiq bo„lsa, operatsiya qo„shimcha 
bo„laklanadi, ayrim o„tishlari mumkin qadar boshqa operatsiyalarga o„tkaziladi. 
Etkazish ishlari, sinash va nazorat yig„ish alohida operatsiyalariga ajratiladi. 
Bunda tayyorlov va etkazish ishlarini mexaniksexlari va laboratoriyalariga o„tkazish 
imkoniyatlarini tahlil etish va maqsadga muvofiqlashtirish aniqlashga alohida e‟tibor 
qaratiladi. 
Yig„ish ishlarida qo„l mehnatini ulushi yuqori, buni quyidagi 6.1-jadvaldan 
ko„rish mumkin. 
6.1-jadval 
Yig„ish ishlarida qo„l mehnati ulushi 
Mashinasozlik tarmog„i 
Mehanizatsiyalangan 
ishlar% 
Qo„l ishlari,% 
Og„ir mashinasozlik 
15-20 
80-85 
Dastgohsozlik 
22-25 
75-78 
Avtamobilsozlik 
50-55 
45-50 
Qishloq xo„jaligi 
mashinasozligi 
40-55 
50-60 
Elektromashinasozlik 
25-30 
70-75 

Download 8,1 Mb.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   123




Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yig„ish operatsiyalarini ketma-ketligi va mazmuni belgilash va yig„ish

Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish