156
6.3-rasm. Etkazish bilan yig„ish (shayba 1 xatoligini
kompensasiyalash uchun
qalinligi bo„yicha jilvirlanadi tokarlanadi, va hakozo).
6.4-rasm. Harakatchan kompensatorlar qo„llagan holda yig„ish; a-kompensator
tortgich; b-qayd etuvchi vintli o„rnatish halqasi;
v-ponali qurilma; g-qirqma konusli
vtulka; d-elastik material;
Etkazish yoki sozlash usullarini qo„llashda mahsulot
konstruksiyasiga maxsus
detali kompensator kiritiladi, uni o„lchami yig„ishda ma‟lum qatlam olib tashlanuvchi
yoki olib tashlanuvchi yuzalar holatini o„zgarishi bilan amalga oshiriladi.
157
Ikkala usulni qo„llashda yig„iladigan
detallar kengaytirilgan, iqtisodiy
erishiladigan ishlab chiqarish joizligi bo„yicha tayyorlanadi, ammo yig„ish
jarayonida
etkazish va sozlash ishlariga qo„shimcha vaqt sarflanadi. Bunda birlamchi yig„ish
ishlari bajariladi va kompensatsiya zvenosini etkazish darajasi aniqlanadi, mehnat
sarfi ortadi, yuqori malakali ishchi talab etiladi. Etkazish
usuli donalab va kichik
seriyali ishlab chiqarishda qo„llaniladi. Sozlash usulida birlamchi yigish ishlariga
hojat bo„lmaydi, mehnat sarfi nisbatan kamayadi.
Oqimli yig„ishni amalga oshirish imkoni yaratiladi,
ammo maxsus detallar-
kompensatorlarni yaratilishi mahsulot konstruksiyasini murakkablashtiradi. Sozlash
usuli mayda va seriyali ishlab chiqarishlarda qo„llaniladi.