147
6.2-jadval
Yig„ish turlarini ishlab chiqarish hajmiga bog„liqligi
Yig„ish
ishlari turi
Ishlab chiqarish turi
Donalab
Seriyali
Ommaviy
Kichik
seriyali
O„rta seriyali
Katta seriyali
Chilangarlik
ishlari
25-30
20-25
15-20
10-15
-
Qismli yig„ish
5-10
10-15
20-30
30-40
45-60
Umumiy yig„ish
60-70
60-70
50-65
45-60
40-55
Payvandlash
uchun
yig„ish,
ya‟ni
keyinchalik
payvandlash
uchun
tayyorlamalarni yig„ish. Detallarni payvandlash orqali biriktirish jarayoni ko„pchilik
hollarda yig„ish bo„ladi va bevosita qismli yoki umumiy yig„ish
oqimiga kiritilishi
mumkin. Payvandlash qo„llanilgan katta hajmda yig„ish ishlari, masalan, turli
transport mashinalari ustki qismini tayyorlashda bajariladi.
Yakuniy yig„ish, ya‟ni mahsulot yoki uni tashkiliy qismli yig„ish, eslatib o„tish
mumkinki ba‟zi mahsulotlar uchun yakuniy yig„ishdan so„ng demontaj kelishi
mumkin,
uni tarkibiga, mahsulotni o„rash va istemolchiga tashish maqsadida qisman
sochish ishlari kiradi.
Birikmalarni hosil bo„lishi usuliga ko„ra qo„yidagi yig„ishlar bo„ladi:
Chilangarli yig„ish, ya‟ni mahsulot va uni tashkiliy qismlarini chilangarlik-
yig„ish operatsiyalari yordamida yig„ish;
Montaj, ya‟ni mahsulot yoki uni tashkiliy qismlarini
foydalanish joyida
o„rnatish;
Elektromontaj, ya‟ni tok eltuvchi elementlarga ega mahsulot yoki uni tashkiliy
qismlari montaji;
Payvandlash, kavsharlash, parchinlash, kleylash.