Mashinasozlikdagi texnik me‟yorlash, texnik asoslangan vaqt




Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/123
Sana20.05.2024
Hajmi8,1 Mb.
#244991
TuriУчебник
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   123
Bog'liq
Darslik Safoev ТМТ 2017 (Lotincha)

5.4 Mashinasozlikdagi texnik me‟yorlash, texnik asoslangan vaqt 
me‟yorlari

Alohida operatsiyalarning vaqt me‟yorlarini aniqlash texnik me‟yorlash 
deyiladi. 
Quyidagi me‟yorlarni belgilash majburiydir: 
-ish unumdorligini uzluksiz oshirib borish va ishlab chiqarishni barcha 
vositalaridan samaraliroq foydalanish talabi; 
-ishlab chiqarishni rejalashtirish uchun ishonchli dastlabki ma‟lumotlarni 
ta‟minlash zarurati. 
Berilgan ishlab chiqarish uchun eng qulay, ma‟lum tashqiliy-texnik sharoitda 
texnologik operatsiyani bajarish uchun belgilangan vaqt texnik vaqt me‟yori deb 
ataladi. 
Texnikani zamonaviy yutuqlariga tayanib, ishlab chiqarishni ilg„or ish 
tajribalariga asoslanib, ish uslublarini qo„llash sharoitida dastgoh, asbob va boshqa 
ishlab chiqarish vositalarini ishlatilish imkoniyati, vaqt meyoriga o„z ta‟sirini 
ko„rsatadi 
Vaqt me‟yorini teskari qiymati texnik ishlab qo„yish me‟yori deyiladi. 
t
Q
1

dona vaqt birligida. 


138 
Ma‟lum vaqt oralig„ida ishlab qo„yish me‟yori (masalan bir smenda). 
t
Tcм
Q

Me‟yorlashni uchta usuli mavjud: 
-tajribaviy – statistik; 
-hisoblash – analitik; 
-yig„indi – tenglashtirish: 
Tajribaviy-statistik usulda me‟yorlashda, vaqt me‟yori butun bir operatsiyaga 
uning elementlari bo„yicha hisoblanmasdan, unga o„xshash operatsiyani bajarishdagi 
haqiqiy vaqtni o„rtacha sarfi to„g„risidagi statistik ma‟lumotlarga asoslanib 
belgilanadi. 
Bu usulni kamchiligi shundan iboratki, oldingi ish unumdorliklarda erisxilgan 
yutuqlarga asoslangan va ilg„or ish tajribalari hamda texnik yutuqlarini o„zida aks 
ettirmaydi. 
Hisoblash-analitik usulida me‟yorlashda, jixozning ishlatilish xususiyatlaridan 
unumli foydalanishda, operatsiya elementlarining davomiyligini hisoblash yo„li bilan 
vaqt me‟yori aniqlanadi. 
Yig„indi–tenglashtirish usuli bilan me‟yorlashda barcha operatsiya uchun 
yig„indi vaqt me‟yori, me‟yorlashtirilishi kerak bo„lgan operatsiyani, shunga 
o„xshash operatsiyalarda, hisoblash – analitik usulida belgilangan vaqt me‟yoriga ega 
bo„lgan boshqa o„lchamdagi tayyorlamalarning ishlov berish operatsiyalari bilan 
taqqoslash yo„li bilan belgilanadi. Bu usuldan taxminiy vaqt me‟yori bilan 
chegaralanishi mumkin bo„lgan hollarda, sexlarni loyixalashda foydalanish mumkin. 

Download 8,1 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   123




Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Mashinasozlikdagi texnik me‟yorlash, texnik asoslangan vaqt

Download 8,1 Mb.
Pdf ko'rish