Yig„ishni tashkiliy shakllari.
Turli ishlab chiqarish turlarida va ishlab
chiqarishni turli sharoitlarida yig„ishni tashkil etish turli shakllarga ega bo„ladi.
Yig„ilayotgan mahsulotlarni siljishiga ko„ra yig„ish turg„un (statsionar) va
148
harakatchan turlarga, ishlab chiqarishni tashkil etilishiga ko„ra-nooqim, guruhli va
oqimli turlarga bo„linadi.
Nooqim turg„un yig„ish (yig„ma birliklarni) jarayonini bitta turg„un
holatda:stendda, dastgohda, ishchi joyida, bajarilishi bilan tasniflanadi. Barcha
detallar, yig„ma birliklar va butlovchi mahsulotlar shu holatga kelib tushadi.
Yig„ishni bu turi yig„ish ishlarini bo„laklamasdan, butun yig„ish, ya‟ni boshidan
oxirigacha ishchilar-yig„uvchilаr brigadasi tomonidan ketma-ket bajarilishi mumkin.
Bu holda bir necha murakkab operatsiyalardan iborat yig„ishni konsentratsiyalangan
texnologik jarayoni qo„llaniladi.
Bu usulni afzalliklariga quyidagilar kiradi:
-asosiy asos detalni o„zgarmas holatini saqlab qolinishi, bu yig„ilayotgan
mahsulotni yuqori aniqligiga erishishga hizmat qiladi;
-universal texnologik vositalarni (moslama va asboblar) qo„llanilishi, bu ishlab
chiqarishni davomiyligini va narxini qisqartiradi.
Bu usulni kamchiligi quyidagilardan iborat:
-ketma-ket bajarilayotgan yig„ishni umumiysiklini uzunligi;
-har qanday yig„ish operatsiyasini bajara oladigan yuqori malakali ishchilarga
ehtiyoj bo„lishi;
-katta yig„ish stendlari va baland yig„ish binolariga ehtiyoj bo„lishi.
Turg„un qo„zg„almas yig„ish usuli asosan donalab va kichik seriyali ishlab
chiqarishlarda (og„ir mashinasozlik, energomashinasozlik va hakozolar) ishlatiladi.
Yig„ish ishlari bo„laklashtiriladigan nooqim turg„un yig„ish jarayonini qismli va
umumiy yig„ishga differensiyalashni nazarda tutadi. Har bir yig„ma birliklar va
umumiy yig„ish bir vaqtda turli brigadalar va qo„plab yig„uvchilar tomonidan
bajariladi. Yig„ilayotgan mashinalar bir stendda harakatsiz qoladi. Bunday tashkil
etilishida yig„ish jarayoni vaqti keskin qisqaradi.
Bu usulni afzalliklari quyidagilardan iborat:
-yig„ishni umumiy siklini davomiyligi keskin qisqaradi;
149
-ayrim yig„ish operatsiyalariga ketadigan mehnat sarfi, qismlarni yig„ish ishchi
joylarini ixtisoslashuvi, ishchi-yig„uvchilarni ixtisoslashuvi, mehnatni yaxshiroq
tashkil qilinish sababli kamayishi.
-yuqori malakaga ega bo„lgan tanqis yig„uvchilarga bo„lgan extiyojni pasayishi;
-binolar va yig„ish jihozlarini nisbatan muqobil ishlatish;
-yig„ish tannarxini pasayishi.
Ushbu yig„ish usuli iqtisodiy jihatdan seriyali ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Nooqim harakatchan yig„ish yig„ilayotgan mahsulotni bir holatdan boshqasiga
ketma-ketlikda siljishi bilan tasniflanadi. Yig„ilayotgan ob‟ektni bir ishchi holatdan
boshqasiga siljishi erkin yoki majburiy bo„lishi mumkin. Bunda yig„ish texnologik
jarayoni bir yoki bir nechta ishchilar bajaradigan alohida operatsiyalarga bo„linadi.
Yig„ilayotgan obe‟ktni erkin siljishli yig„ishda o„z operatsiyasini tugatgan ishchi
mexanizatsiya vositasi yoki qo„lda yig„iladigan ob‟ektni keyingi holatga siljitadi.
Yig„ilayotgan
obe‟ktni majburiy sijishidagi yig„ishda yig„ish ob‟ekti
konveyerlar yordamida siljitiladi. Yig„ish ob‟ekti konveyerlar yoki uni yonida yig„ish
ishlarini bo„laklash asosida bajariladi.
Nooqim harakatchan yig„ish donaviy mahsulotlarni seriyali ishlab chiqarishga
o„tishda qo„llash iqtisodiy samara beradi.
Oqimli yig„ish texnologik jarayonini qurishda alohida operatsiyalarni bir hil
vaqt oralig„i yoki unga karrali mos bo„lgan vaqt oralig„ida bajarilishi bilan
tasniflanadi.Texnologik operatsiyalarni bir hil davomiyligi ta‟minlanadi va u
sinxronlash deyiladi.
Oqimli yig„ish erkin va majburiy maromda tashkil etilishi mumkin. Birinchi
holda ishchi yig„ilayotgan mahsulotni keyingi operatsiyaga o„z ishini tugatgandan
so„ng uzatadi, ikkinchi holda esa, ishchini mahsulotni keyingi operatsiyaga uzatishi
signal yoki harakatdagi konveyer tezligi bilan aniqlanadi.
Oqimli yig„ishni umumiy uzunligi T
0
=T*n
0
,
buerda;T-yig„ishvaqti;n
0
–yig„ish va operatsiyalari soniga bog„liq oqimli
chiziqdagi ishchi joylari soni. Oqimli yig„ish ishlab chiqarishsiklini davomiyligini
qisqartiradi va operatsiyalararo detallarni to„planib qolishini kamaytiradi, ishchilar
150
ixtisoslashuvini va yig„ish operatsiyalarini mehanizatsiyalash va avtomatlashtirish
imkoniyatlarini oshiradi, bularning barchasi yig„ishdagi mahnat sarfini 35-50 % ga
kamaytiradi.
Oqimli yig„ishni tashkil etishni asosiy sharti- oqimli yig„ishga kiradigan ayrim
detallar va yig„iladigan qismlarni o„zaroalmashuvchanligini ta‟minlashdir. Etkazish
ishlarini bajarish majbur bo„linganda, ular oqim tashqarisida birlamchi yig„ish
operatsiyalarida amalga oshiriladi. Bunda etkazilgan detallar va qismlar oqimli
chiziqqa to„g„rilangan va nazorat qilingan holda uzatiladi. Oqimli yig„ishni tashkil
etishdagi muhim va murakkab masala-operatsiyalardagi yig„ish sifatini nazorat qilish
va bunda aniqlangan nuksonlarni yig„ish maromini buzmasdan bartaraf etishdir.
Oqimda yig„iladigan mahsulotni konstruksiyasi texnologiyaviylikka yaxshilab
tekshiriladi.Oqimli yig„ish yig„iladigan mahsulotlarni qo„plab ishlab chiqarishda
rentabellikka erishadi.
Oqimli turg„un yig„ish tashkil etilishi ham mablag„ talab etiladigan oqimli
yig„ish shakllaridan biri hisoblanadi. Yig„ishni bu turida hamma yig„iladigan
ob‟ektlar butun yig„ish jarayoni davomida ishchi holatda qoladilar. Ishchilar yoki
ularni brigadasi signal orqali, taktga teng vaqt oralig„ida, bir yig„ilish ob‟ektidan
boshqasiga o„tadilar.
Har bir ishchi yoki ishchilar birigadasi har bir yig„iladigan ob‟ektda unga
biriktirilgan bir xil operatsiyani bajaradi. Ushbu yig„ish usulini asosiy afzalligi-
o„rnatilgan takt bilan ishlashdir, buning natijasida mahsulotni bir maromda
chiqarilishi, yig„ishni qisqasikli, yuqori mehnat unmdorligi,1 m
2
maydondan
mahsulotni yuqori echib olishni ta‟minlaydi. Seriyali ishlab chiqarishda
(samolyotsozlik, og„ir dastgohlar va mashinalar) qo„llaniladi.
Oqimli harakatchan yig„ish mashinalari va ularni yig„ma birliklarini ishlab
chiqarish keskin oshganda iqtisodiy maqsadga muvofiq bo„ladi. Ushbu yig„ish turi
to„xtovsiz yoki davriy siljiydigan yig„ilayotgan ob‟ektlarda bajariladi.
Oqimli harakatchan yig„ishni afzalligi-ishlarni talab etilgan taktda bajarilishi va
ob‟ektlarni yig„ishga ketadigan vakti bilan ularni tashish operatsiyalari vakti bilan bir
–birini qoplashidir.
|