183
radial yo„nalish yuk bilan aylanib chiqish usulida yoki taxminiy holda bo„rli belgilar
yordamida aniqlaydilar.
Bir tekislikda muvozanatlash amalga oshirilgandan so„ng, boshqa tekislikdagi
nomuvozanatlikni aniqlaydilar. Har bir keltirilgan tekislikdagi
baraban yonboshlarida
nomuvozanatlikni yo„qotish bolt yordamida maxsus yuqlarni qotirish yo„li bilan
amalga oshiriladi.
Majburiy aylantiriladigan muvozanatlanayotgan barabanni muvozanatlamagan
masalar taisirida tebranadigan harakatchan tayanchlarga ega dastgohda, tayanchlar
tebranishlari amplitudasi va fazasi nomuvozanatlikka va ularni
detalda taqsimlanishi
tasnifiga bog„liq bo„ladi. Tayanchlarning mexanik tebranishlari, asosan induktiv
turdagi datchiklari (o„zgartirgichlar) yordamida elektrik ko„rinishiga aylantiriladi.
Tayanch tebranishlar ikkala keltirilgan tekislik nomuvozanatligiga va u yoki bu
tekislikni nomuvozanatligiga bog„liqligi sababli, har bir tekislikda tayanchga eng
yaqin bo„lgan keltirilgan tekislik nomuvozanatligiga proporsional bo„lgan,
tayanch
tebranishlarni aniqlaydigan maxsus qurilmalardan foydalaniladi. Nomuvozanatlikni
burchakli koordinatasi (fazani) aniqlash uchun majburlovchi kuchlar va ular keltirib
chiqaradigan tebranishlar fazalari orasidagi aloqaga asoslangan turli qurilmalardan
foydalaniladi.
Aylanuvchan maxsulotlarni dinamik muvozanatlashda muvozanatlanayotgan
baraban o„rnatilgan harakatchan lylkalarni tebranish amplitudasini o„lchash
orqali
nomuvozanatlik o„lchanadi.(7.3-rasm). Mahsulot aylanish o„qiga perpendikulyar va
metall olib tashlash uchun qulay bo„lgan (tuzatish tekisliklari) ikkita tekislik (3-3; 4-
4) tanlab olinishi kerak.Tebranishlar amplitudasini yana aylanish o„qiga
perpendikulyar bo„lgan, ammo mahsulot aylanadigan tayanchlar orqali o„tuvchi
boshqa ikki tekislik (1-1,2-2)-o„lchash tekisligida o„lchaydilar.
184
7.3-rasm. Dinamik rostlash sxemasi
Tuzatish tekisliklarini o„lchash tekisliklarga dastgohni eng yukori sezgirligini
olish uchun, maksimal yaqinida tanlaydilar, dastgohni yaxshiroq
sozlash sharoitlarini
olish va bir tuzatish tekisligini boshqachasiga taisirini kamaytirish uchun mumkin
qadar uzoqroq bo„lish kerak. Lyulkalarni tebranishini barabanli aylanishlari soni
tizimini xususiy tebranishlari chastotasidan ortiqroq bo„lganda o„lchaydilar, yaini
harakatchan
lyulkalar
tebranishlari
amplitudasi
mahsulot
nomuvozanatligiga
praporsional bo„ladi[13].