2-BO„LIM. TO„QIMACHILIK MASHINALARI DETALLARINI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI 7-BOB. TARASH MASHINALARI DETALLARINI TAYYORLASH TEXNOLOGIK JARAYONLARI 7.1. Tarash mashinalari barabanlarini tayyorlash texnologik jarayonlari Tarash mashinalari barabanlari mo„ljallanishi va konstruktiv xususiyatlari. Bosh baraban tarash mashinasini asosiy qismlaridan xisoblanadi va u
baraban oxirlarida joylashgan ikkita xochlar 4 yordamida val9 da qotirilgan, qalinligi
10-12mm. bo„lgan ingichka devorlisilindr 2 ko„rinishida bo„ladi. (7.1- rasm).
7.1-rasm. Tarash mashinasini po„latdan tayyorlangan bosh barabani
Qobiq (silindr)2P3 dan bo„lgan varaqali po„latdan yoki KCH18 markali kulrang
cho„yandan tayyorlanadi. Qobiqni ichki yuzalarida bikrlik qovurg„alari mavjud.
Xochlar qobiqqa N10/t6 o„tqazmasida biriktiriladi va qo„shimcha boltlar bilan
qotiriladi. Xochlar baraban vali bilan qirqma vtulkalar 8, gaykalar va shaybalar 7
yordamida biriktirilgan.
Qirqma vtulkalarni tashqi yuzalarini konussimon bajarilishi baraban qismini
yig„ilishni
osonlashtiradi,
markazlashtirish va detallarini valda qotirilishi
taiminlanadi. Oraliq xochlar val 3 ga N9/h9 o„tqazmasida shponka 1 va vint
11 yordamida qotiriladi. Tola va momiqni tushib qolishini oldini olish maqsadida
173
barabanlar yonboshidan to„siqlar 5, 10 bilan yopiladi. Qobiq 2 ni choklarini oraliq
xochlar bilan qotirish uchun 32 ta M10-7N teshiklari, 16ta teshik chokni xar
tomonidan bir tekisda t/2 qadamida shaxmat tartibida teshiladi.
Bosh barabannisilindrik yuzasini yaxlit metali arrachali yoki elastik ignali tasma
bilan tortib o„rab chiqiladi. Ignali tasmani baraban yuzasida qotirish uchun yog„och
tiqinlar uchun teshiklar teshiladi, arrachali tasmani qotirish uchun esa, baraban
yuzasida ariqchalar qirqiladi va unga arrachali tasma preslab o„tqiziladi, bunda
tasmani tishi baraban yo„nalishiga qaratilgan bo„lishi kerak.
Tarash mashinalari ishchi qismlar orasida kichik tirqishlarda ishlaydi. Bu
tirqishlarni vaqt ichida doimiyligini taiminlash uchun barabanni aniq geometrik
shaklini, uni yuzalarini va valni ishchi bo„yinchalarini konsentratsiyaviyligini,
dinamik muvozanatini, aniqlikni doimiyligi va hakozolarni taiminlash talab etiladi.
Garnituralarni zich yotishi uchun barabanni tashqisilindrik yuzasini ishlov
berish aniqligi 6-kvalitetgacha, yuza g„adir-budurligi R
a
1,25†0,63 mkm. ga mos
bo„lishi kerak.
Baraban yaxshi muvozanatlangan bo„lishi kerak. Kardli garnitura va uni
qotirilishi mustaxkam bo„lishi kerak. Elastik garnitura qo„llanilganda ignali tasma
simi katta egilish va manfiy tirqishni oldini olish maqsadida etarlicha bikr bo„lishi
kerak.
Bosh baraban tarash mashinasini masasi eng katta bo„lgan aylanuvchan detaldir,
shuning uchun uni statik va dinamik muvozanatlash talab etiladi. Statik
muvozanatlashni, odatda prizmalarda (pichoqlarda) amalga oshiradilar. Bunda
muvozanatlovchi yukni xochlarga barabanni ikkila tomonidan boltlarda qotiradilar.
Dinamik muvozanatalash mashinalarida xochlar yonboshi bo„yicha ikki
tekislikda amalga oshiriladi. Baraban yuzasi jilvirlangan bo„lishi kerak va ruxsat
etilgan disbalans 0,36 g.mm.
Detallarni bikrligi kichik bo„lgandagi (baraban devorlari qalinligi 10-12mm.)
ishlov beriladigan yuzalar aniqligi va sifatiga yuqori talablarni qo„yilishi texnologik
jarayonga nafaqat operatsiyalarni ketma-ketligida va mazmuni, balki texnologik
asoslarni tanlash bo„yicha ham bir qator xususiyatlarni kiritadi. G„ovaksilindrlarni
174
birlamchi ishlovida ularnisilindrik ichki yuzasi bo„yicha o„rnatadilar, barabanlarga
oxirgi ishlov berishni yig„ma holda valni ishchi bo„yinchalarga o„rnatishda amalga
oshiradilar.