7.3. Qalpoqchalarni tayyorlash texnologik jarayoni Mo„ljallanishi va konstruktiv xususiyatlari. Qalpoqcha tavrli kesimli uzunligi
bo„yicha elastik ignali pilta bilan o„ralgan kichik bikrli detali (kolosnik) ko„rinishida
bo„ladi. Tavrni qo„yi qismi 3x5 mm. o„lchamdagi yasilikka ega, oxirlarida qovurg„a
uziladi, quyi qismi qalinlashadi va ularda qalpoqchalarjoylashtiriladi.
Qalpoqchalarni tayyorlash tarash mashinasini ishlab chiqarishni eng muhim
masalalaridan hisoblanadi. Qalpoqchalarni konstruksiyasi juda notexnologiyaviy va
quyish bilan tayyorlashda murakkab. Ko„plab o„zaro bog„liq katta uzunlikdagi
o„lchamlardan va qalpoqchalar oxirlariga ishlov berishni o„xshashligidan, ularni
taiminlanishi mutlaq zarurligidan tashqari bu detallarni muxim ko„rsatkichlardan biri
asosni tekislikligini joizligi hisoblanadi.
185
7.4-rasm. Qalpoqcha Qalpoqchali tarash mashinasida tarash jarayoni asosiy baraban garniturasi va
qalpoqchalar garniturasi orasida boradi. Mashinada qalpoqchalarga cheksiz yopiq
qalpoqchali
bosh
baraban
yzasi
tepasida
xarakatlanuvchi
polotno
bilan
birlashtirilgan.Tarash mashinasini ishlashi ishonchliligi uni alohida ishchi qismlari
orasidagi o„rnatish ko„rsatkichlarini va ularni mashinani ishlatish vaqtida saqlanishini
qatiiy talab etadi. Masalan,bosh baraban garnituralari va qalpoqchalari yuzalari
orasidagi masofani (tirqish) 0,25±0,025mm. dan oshmasligi kerak, bu esa bunday
qismlar detallarini yuqori aniqlikda tayyorlashni talab etadi.
Texnik talablar. Bunday talablar sifatida qo„yidagilarni keltirish mumkin.
1.
Ignali pilta o„rnatishdagi qalpoqchalarni tekislikdan og„ishi butun
uzunligi bo„yicha 0,4 mm. gacha.
2.
Qalpoqchalar eni (33mm.) bo„yicha nominal o„lchamdan og„ishi 0,1mm.
gacha
3.
Qalpoqchalar yonbosh qirralarini to„g„ri chiziqlikdan og„ishlari butun
uzunligi bo„yicha 0,4mm.
4.
To„rtta tayanch yuzalar bir tekislikda joylashishi kerak, ruxsat etilgan
og„ish 0,02mm.
5.
Klipsalar uchun yuzachalar qalinligi har bir alohida qalpoqchada 0,5mm.
dan oshmasligi kerak.
6.
Zanjirlar uchun shpindeli teshiklari yonbosh qirralar tekisligidan bir xil
masofada joylashishi kerak. Simmetriya o„qini ruxsat etilgan siljishi 0,5mm. dan
oshmasligi kerak.
186
7.
Tekislik-poshna poliefir asosidagi qoplamaga ega bo„lishi kerak.
Qoplamani ruxsat etilgan qalinligi 0,5mm.