33
Periferiyali qurilmalarga kiritish, chiqarish, ma‟lumotlarni tayyorlash
va katta hajmdagi
informatsiyalarni saqlash funktsiyalarini bajaruvchi qurilmalar kiradi. Hamma periferiyali qurilma
(PQ)larga umumiy bo„lgan narsa – ular ma‟lumotlar mazmunini saqlagan holda ularning ifodalanish
shaklini bir ko„rinishdan boshqachaga o„zgartiradi.
Markaziy protsessor bajarilayotgan dastur, hisoblash jarayonini boshqarish va protsessor bilan
birga ishlayotgan qurilmalarga muvofiq ravishda informatsiyani qayta o„zgartirishga mo„ljallangan.
Operativ xotirada saqlovchi qurilma ma‟lumotlarni va dasturlarni saqlash, qabul qilish va
chiqarish vazifalarini bajaradi.
Kiritish-chiqarish protsessorlari (kanallar) markaziy protsessor
ishtirokisiz OXQ va PQ
orasida informatsiya almashinuvini boshqarish, OXQ va PQ ishi tezliklarini muvofiqlashtirish,
kiritish-chiqarishni dasturlashni unifikatsiyalash va yangi PQlarni ulash imkonini ta‟minlash uchun
mo„ljallangan. Kiritish-chiqarish kanallari bilan
interfeys tushunchasi bog„liq; interfeys – bu jihozlar
majmuidir; ular yordamida kiritish-chiqarish kanallari PQlarini boshqarish qurilmalari bilan hamda
kanal va PQ orasida ma‟lumotlarni uzatish tartibini aniqlovchi unifikatsiyalashgan
algoritmlar va
signallar bog„lanishi amalga oshiriladi.
Bir nechta PQning bir vaqtda ishlashi shu bilan ta‟minlanadiki, ularning ish tezligi odatda
kanal ish tezligidan past va kanal bir nechta PQ orasida kanal umumiy vositalaridan foydalanish
vaqtini taqsimlab (multiplekatsiyalab) bir necha PQ bilan almashuvni amalga oshiradi.
Ma‟lumotlarni almashinish jarayonini boshqarish funktsiyalari kanal va PQ boshqarish
qurilmasi (PU kontrolleri) orasida taqsimlanadi: hamma PQ uchun umumiy bo„lgan funktsiyalar
kanalda, ushbu PQ uchun maxsus funktsiyalar kontrollerda realizatsiya qilinadi.
ALT TVKida foydalaniladigan qurilmalarini bir necha guruhlarga ajratish mumkin:
1)
katta hajmli informatsiyalarni saqlash, har xil ma‟lumotnoma tavsifidagi informatsiyani,
namunaviy loyihaviy yechimlar va sh.k. o„z ichiga olgan ma‟lumotlar bazasini (MB) tashkil qilish
uchun mo„ljallangan
tashqi xotirada saqlovchi qurilmalar;
2)
kiritish-chiqarish va alfavitli-raqamli informatsiyani hujjatlashtirish qurilmalari; ular
perfo-tashuvchilardan informatsiyani kiritish-chiqarishni va turli tashuvchilarda olingan loyihaviy
yechimlarni hujjatlashtirishni amalga oshiradilar;
3)
EHM bilan operativ aloqa qurilmalari; ular muhandisga istalgan ixtiyoriy vaqtda unga
qulay bo„lgan usulda ALT bilan muloqotda bo„lish imkonini beradi (odatda bular – turli displeylar va
nutqiy kiritish-chiqarish qurilmalari);
4)
mashina grafikasi qurilmalari; ular grafik shaklda foydalangan
informatsiyani kiritish-
chiqarish va hujjatlashtirish uchun mo„ljallangan;
5)
teledostup va EHM tarmoqlarini tashkil qiluvchi texnikaviy vositalar; ular EHM bilan
masofadagi ALT foydalanuvchilari orasida, loyihalash tarmog„i tashkil qilinganda ALT TVKiga
kiruvchi hamma EHMlar orasida va ALT TVKsi va hisoblash tarmog„i orasida aloqani amalga
oshiradi;
6)
texnologik jihoz bilan aloqa qurilmalari; ular oraliq tashuvchilarni chetlab, loyihalangan
ob‟yektlar haqidagi ma‟lumotlarni bevosita avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimlariga, raqamli
dasturaviy boshqariladigan dastgohlarga va boshqa shunga o„xshash
jihozlarga uzatish imkonini
beradi;
7) ma’lumotlarni tayyorlash qurilmalari; ular EHM ishtirokisiz, avtonom ravishda turli
tashuvchilarga ma‟lumotlar va dasturlarni tayyorlash uchun mo„ljallangan. Ma‟lumotlarni tayyorlash
qurilmalari boshqa periferiya qurilmalari orasida alohida o„rin egallaydi,
chunki EHM bilan elektr
yordamida bog„langan va undan istalgancha uzoqlikda joylashishi mumkin.
Dasturni bajarishda protsessor OXQdan navbatdagi komandani tanlab oladi va bu komanda
bo„yicha qanday amallar bajarilishi kerakligini aniqlaydi, talab qilingan amallarni bajaradi va shu
vaqtning o„zida OXQdan keyingi komandani tanlab oladi, olingan natijani OXQga jo„natadi va butun
sikl boshidan takrorlanadi. Shunday qilib, protsessor va OXQ doimo o„zaro muloqotda bo„lib
istalgan
dasturni bajarishadi, kerak bo„lganda TSga kiritsh-chiqarish kanallari yordamida murojaat
qiladi.