44
protsessor hisoblash operatsiyasining qandaydir bo„lagini bajaradi, shu sababli taktoviy chastota
qanchalik yuqori bo„lsa, protsessor kelayotgan ma‟lumotlarni shunchalik tez ishlaydi.
Protsessor ishining tezligi dastur sifatiga qanday bog‘langan?
Tezroq ishlaydigan protsessor dasturchilarga dastur tuzishga
boshqacharoq yondoshish
imkonini beradi. Masalan, kompyuter o„yinlari kabi dasturlarni ko„raylik: dushmanlar qanday
harakatlanishgan bo„lsa shunday harakatlanaverishadi, lekin protsessorda
boshqa ishlar bilan,
masalan tovush va grafika bilan, shug„ullanishga ko„proq imkoniyat bo„ladi.
Dushmanlar «haqiqiyroq» bo„lishadi va siz avtomat shovqinidan tashqari otilgan gilzalar
jarangini eshitasiz,
kelajakda esa, hidlarni aks ettirish uchun qurilmalar paydo bo„lganda, porox
hidini ham sezasiz.
Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirishda qanday imkoniyatlar paydo bo„lishini ko„z
oldingizga keltirib ko„ring.
2003 yil boshida protsessorlarning taktli chastotasi 2,2 GGts (2200 MGts)ga yetdi. Ushbu
raqamni IBM PC uchun birinchi protsessorlardagi 4,7 Mgts bilan solishtirib ko„ring.
Zamonaviy
protsessor o„zining bobokaloni bo„lgan Intel 8086 (IBM firmasining birinchi personal
kompyuterining protsessori)ga nisbatan bir necha yuz marta tezroq ishlaydi. Deyarli har bir oyda
IBM PC kompyuterlari uchun protsessorlarning oilasi yangi modellar bilan to„lib bormoqda.