kunda bu kompyuterlar haqida gapirishga hojat yo„q.
42
ularni sozlash shunchalik qiyin va buning uchun shunchalik ko„p bilim va tajriba zarur bo„ladi. Shu
sababli, bunday eski kompyuterni sotib olishga tejalgan mablag„, ovoragarchilikka arzimaydi.
4. To„rtinchi avlod protsessorlari Intel 80486 da yig„ilgan IBM PC AT 486 kompyuterlarida
dasturlarning zamonaviy to„plami bilan bugun ishlasa bo„ladi, lekin bu dasturlar versiyalari ikki-uch
avlodga eskirgan. Bu holda ham o„tmishga o„tib ketgan narsalarni o„rganishga vaqt sarflanadi, lekin
bu foydadan holi emas. Olingan tajriba yangi dasturlarni va yangi kompyuterlarni o„zlashtirishda
asqotadi.
5. Beshinchi avlod protsessorlari (Intel Pentium 60 va Intel Pentium 66)da birinchi Pentium
kompyuterlari yig„ilgan. Texnikaviy nuqtai nazardan bu kompyuterlar ko„p yangi narsalar berishgan
bo„lsa ham, iste‟molchi nuqtai nazaridan to„rtinchi avlod protsessorlari haqida aytilgan gap bularga
ham taalluqli.
6. Oltinchi avlod protsessorlariga Intel Pentium 75, 90, 100 va 133 asosidagi modellar kiradi.
Bugungi kunda ular eskirib bo„ldi, lekin ofis dasturlarida ishchi hujjatlarni
ishlab chiqishga
mo„ljallangan tizimlarda ishlashni davom ettirmoqdalar. Ular kompyuter o„yinlariga ham yaraydi,
lekin hammasiga emas. Oltinchi avlod protsessorlari bazasida yig„ilgan kompyuterlarni yettinchi
avlod protsessorlariga o„tkazib, operativ xotira hajmini orttirib, bikr disk, videokarta, tovush kartasi,
CD-ROM diskovodlarini almashtirib, asta-sekin modernizatsiya qilish mumkin.
7. Bugungi kunda ishlayotgan protsessorlarimiz yettinchi avlodga taalluqli. Bu avlodni
hozirgi paytda eskirgan Intel Pentium MMX, Intel Pentium II, Intel Pentium III, Intel Pentium IV va
Intel Pentium Pro protsessorlari ochib berdi.
Mikrosxemalarning eng katta kompaniyasi Willamette yadrosida 128
Kbayt ikkinchi daraja
keshli ikkita yangi Intel 1,7 GGts Celeron protsessorini ishlab chiqdi. Yangi protsessorlar qimmat
bo„lmagan personal kompyuterlarida foydalanish uchun mo„ljallangan.
Takt chastotasi 1,7 GGts bo„lgan Intel Celeron protsessori 0,18-mikronli texnologiya
bo„yicha ishlab chiqiladi va 400 MGts chastotada ishlaydigan shinani ta‟minlab turadi (5.1-rasm).
Intel Celeron markaziy protsessorlari MS-DOS, Windows 3.1, Windows for Workgroups 3.11,
Windows 98, Windows 95, OS/2, UnixWare,
SCO UNIX, Windows NT, Windows 2000,
OPENSTEP va Sun Solaris operatsion tizimlarida ishlaydigan dasturaviy ta‟minot bilan butunicha
bir-biriga to„g„ri keladi (chiqishadi).
5.1-rasm. Takt chastotasi 1,7 GGts bo„lgan Intel Celeron protsessori
Ushbu qo„llanma yozilayotgan paytda sakkizinchi avlod protsessorlari – Intel Itanium va
Intel Itanium 2 hamda AMD Opteron paydo bo„ldi. Bu – IBM PC uchun birinchi 64-razryadli
protsessorlardir.
Intel kompaniyasi Intel Itanium 2 protsessorining unumdorligi haqida ma‟lumotlarni
publikatsiya qildi. High-end serverlari va superkompyuterlar uchun mo„ljallangan bu protsessorning
unumdorligi – Itanium protsessori unumdorligidan ikki marta yuqoridir.
Yuqori ko„rsatkichlarga mikroarxitekturadagi yangiliklar va chip takt chastotasi oshirilishi
hisobiga erishildi. Itanium 2 protsessori kristallda 3 Mbayt uchinchi darajali keshga ega, yangi
protsessorning takt chastotasi 1 GGts.
43
Bitta Itanium 2 protsessori va E8870 chipseti bilan jihozlangan tizimlar Stream testida
(xotiraning o„tkazuvchanlik qobiliyati) yuqori natijalar – taxminan 3,7 Gbayt/s – ko„rsatishi lozim,
bu – Itanium protsessorli tizim ko„rsatkichlaridan 2,5 marta yuqoridir.
Kompaniya vakillari Itanium ning keyingi avlodlari – Madison va Deerfield 2003 yil
o„rtalarida, Montecito esa – 2004 yilda chiqishini ma‟lum qilishdi.
2003 yil 22 aprelida AMD kompaniyasi Opteron server protsessorlarining
yangi seriyasini
taqdim qildi (5.2-rasm).
5.2-rasm. AMD Opteron
Yangi chiplar x86-64 instruktsiyalari to„plamidan foydalanishadi va yangi 64-razryadli
instruktsiyalarga maxsus optimallashtirilgan dasturaviy mahsulotlar bilan hamda x86 komandalar
to„plami bazasidagi protsessorli kompyuterlar uchun mavjud 32-razryadli ilovalar bazasi bilan
ishlash qobiliyatiga ega.
AMD fikricha 32-razryadli dasturlarni to„laqonli qo„llab-quvvatlash
Intel ga nisbatan bozor
afzalligini ta‟minlashi kerak. Intel 64-razryadli Itanium protsessorlarini chiqarmoqda; ular hozirgi
paytda keng tarqalgan dasturlar bilan yaxshi chiqishmaydi.
Yangi protsessorlar oldingilariga nisbatan katta unumdorlikka ega. Bir protsessorli
konfiguratsiyalar uchun Opteron 146 protsessorining eng katta unumdorligi – sekundda 7168 mln.
nazariy operatsiyalar (MTOPS)dir, 144-modelda esa 6451 mln. MTOPS.
Ikki protsessorli
konfiguratsiyalarda Opteron 246 dagi kompyuter unumdorligi 13667 MTOPS, 244-modelda esa –
12300 MTOPS. To„rtta Opteron 846 protsessordagi server sekundda 26667 mln. nazariy
operatsiyalarni bajaradi, o„xshash Opteron 844 dagi mashinada esa – 24000 MTOPS.