• Chastotaning ichki kuchaytirish koeffitsienti
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi abu Rayhon Beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




    Download 389,02 Kb.
    bet36/74
    Sana08.01.2024
    Hajmi389,02 Kb.
    #132704
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74
    Bog'liq
    Toshkent davlat texnika universiteti-fayllar.org

    Protsessor bo‘linma (разъём)lari 
    Protsessor onalik platasining bo„linmasiga o„rnatiladi (onalik platasi haqida ma‟lumot keyin
    beriladi). Biz tayyor yig„ilgan kompyuterni sotib olayotganimizda, bizni protsessor qanday bo„linma 
    bilan onalik platasiga biriktirilgani qiziqtirmaydi. Lekin keyinchalik biz protsessorni almashtiradigan
    bo„lsak, bo„linmalar haqidagi tushunchalarga ega bo„lishimiz kerak.
    Hozirgi kunda Intel korporatsiyasi protsessorlari uchun ekspluatatsiyada bo„linmalarning olti
    asosiy turlari mavjud. 
    Socket 7 

    Oltinchi avlod protsessorlari va Intel Pentium MMX


    protsessorlarining yettinchi avlodi uchun foydalaniladi 
    Slot 1
    Intel Pentium II, Intel Pentium III protsessorlari hamda Intel 
    Celeron protsessorlarining ba‟zi turlari uchun foydalaniladi
    Slot 2, Socket 603, Socket 604 Xeon protsessorlari uchun 
    Socket 370 (FC-PGA)
    Ba‟zi Celeron protsessorlari uchun 
    Socket 478
    Pentium IV va ba‟zi Celeron protsessorlari uchun 
    Socket A
    AMD protsessorlari uchun 



    45


    5.3-rasm. Slot 1 va Socket 370 uchun Celeron protsessorlari
    Intel korporatsiyasi o„zlarining protsessorlari uchun bo„linmalarni tez almashtirmoqda. Bu 

    ayniqsa Intel Celeron protsessorlari uchun noxushdir. Bu protsessorlar, bir tomondan, boshlang„ich


    darajaga kiradi va o„rganuvchilar uchun mo„ljallangan. Ikkinchi tomondan, ishlab chiqaruvchi ularga 
    atigi bir yarim yil mobaynida bo„linmaning uch har xil turini tayyorladi. Bunday sharoitda endi
    boshlovchi istiqbolini hisobga olgan holda to„g„ri tanlov qilishi qiyin va protsessorni almashtirganda 
    unga yangi onalik platasini ham sotib olishga to„g„ri keladi.


    Chastotaning ichki kuchaytirish koeffitsienti 
    Protsessor kristalli ichida signallar juda katta chastotada aloqada bo„la olmaydi. Shuning uchun 
    kompyuterning onalik platasi bir chastotada, protsessor esa boshqa, ancha yuqori, chastotada
    ishlaydi. Bugungi kunda onalik platasining tipik chastotalari 66, 100 va 133 MGts. Ushbu chastotani 
    protsessor onalik platasidan oladi va «tayanch chastota» sifatida foydalanadi, o„zining ichida esa u bu
    chastotani ma‟lum koeffitsientga ko„paytiradi va ichki chastota hosil bo„ladi. Masalan, Celeron 1800 
    protsessori 100 MGts chastotada ishlashga hisoblangan onalik platasi bilan ishlashga mo„ljallangan
    va 18 ga teng chastotaning ichki ko„paytirish koeffitsientiga ega; Celeron 2100 esa, mos ravishda, 21 
    ga teng chastotaning ichki ko„paytirish koeffitsientiga ega.


    Savollar 
    1. EHMning asosiy texnikaviy parametrlarini bayon qiling. 

    2. EHMning apparat vositalari haqida aytib bering.


    3. Protsessorning texnikaviy xarakteristikalarini hisobga olgan holda uning optimal modelini 
    tanlang.
    4. Intel protsessorlarini tahlil qiling. 
    5. Protsessor chastotasi ortishining tizimning summar unumdorligiga ta‟sirini tahlil qiling.
    6. Protsessor ishlashi printsipini va chastotani ichki ko„paytirish printsipini bayon qiling. 



    46



    Download 389,02 Kb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74




    Download 389,02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi abu Rayhon Beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

    Download 389,02 Kb.