15- MODUL: FOLKLORGA OID DARS
MASHG‘ULOTLARIDA AUDIO-VIZUAL MULTIMEDIA
15.1. Multimedia tushunchasi tasnifi
Multimediya tushunchasi 90-yillar boshida hayotimizga kirib
keldi. Uning o‘zi nima degan savol tug‘iladi? Ko‘pgina
mutaxassislar bu atamani turlicha tahlil qilishmoqda. Multimedia -
bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio,
video, matn, grafika va animatsiya effektlari asosida o‘quv
materiallarini o‘quvchilarga yetkazib berishni mujassamlangan
holdagi ko‘rinishidir.
Multimedia (
multimedia – ko‘p muhitlilik
) –
bu
kompyuter
texnologiyasining turli xil fizik ko‘rinishiga ega bo‘lgan (matn,
grafika, rasm, tovush, animatsiya, video va h.k.) va turli hil
tashuvchilarda mavjud bo‘lgan (magnit va optik disklar, audio va
video-lentalar va h.k.) axborotdan foydalanish bilan bog‘liq
sohasidir
1
.
Multimedianing xususiyatlari:
– multimedia foydalanuvchiga fantastik(virtual haqiqiy) dunyoni
yaratishda juda ajoyib imkoniyatlarni yaratib beradi,
bunda
foydalanuvchi chekkadagi sust kuzatuvchi rolini bajarmasdan, balki
u yerda avj olayotgan hodisalarda faol ishtirok etadi; shu bilan birga
muloqat foydalanuvchi uchun odatlangan tilda - birinchi navbatda
tovushli va videoobrazlar tilida bo‘lib o‘tadi;
– multimedia
–
kompyuterda axborotning turli hil ko‘rinishlari:
rangli grafika, matn va grafikda dinamik effektlar, ovozlarning
chiqishi
va sintezlangan musiqalar, annimatsiya,
shuningdek,
to‘laqonli videokliplar, hatto videofilmlar bilan ishlashdir;
–
multimedia – bu zamonaviy kompyuterli axborot
texnologiyalari bo‘lib, matn, tovush, videotasvir,
grafik tasvir va
animatsiyani
(multiplekatsiyani)
yahlit
kompyuter
tizimiga
birlashtirish imkonini yaratadi. Birinchidan – foydalanuvchiga
albatta, interfaollikni taqdim etadigan, ya’ni inson va kompyuter
o‘rtasida buyruqlar va javoblar almashinuvini ta’minlab, dialog
muhitini yaratadigan dasturiy mahsulot.
1
Файзиева М., Сайфуров Д. Виртуал таълим технологияси. ЎУМ. –
Тошкент. 2016. 27-бет.
183
Ikkinchidan, turli video va audio effektlar ishlatiladigan muhit. U
tomoshabinga o‘zicha u yoki bu ilovani tanlash imkonini beruvchi
videofilmni eslatadi.
Multimedia tizimlarining jadallik bilan
rivojlanishiga shaxsiy
kompyuterlarning imkoniyatlarini kengayganligi va texnik, dasturiy
vositalarining
rivojlanishi
sabab
bo‘ldi.
Oxirgi
yillarda
kompyuterning tezligi va xotira qurilmalarning sig‘imi keskin oshdi,
grafik imkoniyatlari kengayib, tashqi xotira qurilmalarining texnik
ko‘rsatgichlari
yahshilandi.
Multimedia
texnologiyalarining
rivojlanishiga videotexnika yo‘nalishi, lazer disklar, shuningdek,
yozish texnikasining hamda tovush va tasvirni hosil qilish
texnologiyalarining rivojlanishi katta hissa qo‘shdi. Axborotlarni
xotirada ihcham (zich) joylash va saqlash maqsadida tez va samarali
o‘zgartirish usullarini yaratilishi ham muhim ahamiyat kasb etdi.
Multimedia – bu informatikaning dasturiy va texnikaviy
vositalari yordamida o‘quv materiallarini tinglovchiga to‘liq yetkazib
berishning mujassamlashgan holdagi ko‘rinishidir.
Multimedia hozirda juda tez rivojlanayotgan zamonaviy axborot
texnologiyalaridan bo‘lib, u quyidagi an’anaviy axborot turlarini:
matn, jadval, turli xil bezaklar, hamda original axborot turlarini: nutq
, musiqa, telekadrlar, videofilmlardan parchalar, lavhalar, animatsiya
ko‘rinishidagi axborotlarni o‘z ichiga oladi. Video va audio
axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun
markaziy prosessorning
harakatchanligini, ma’lumotlarni uzatish
shenasining utkazish qobiliyatini, tezkor va video-audeo xotira
hajmini, katta sig‘imli tashqi xotirani, kompyuter kirish chiqish
kanallari bo‘yicha almashuv tezligini
taxminan ikki baravarga
oshirish talab etiladi.;
“Inson-kompyuter-inson” interfaol muloqotning yangi daraja-
sining ta’minlanishi nazarda tutiladi.
Multimediali o‘quv materiallarini ishlab chiqishda hozirgi
Respublika ilmiy metodik markazida va uni ta’lim jarayonida
qo‘llash bo‘yicha tadqiqot ishlari boshlab yuborilgan. Bunga
yetakchi mutaxassislar jalb qilingan va har ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha
ish olib borilmoqda.