tarmog‘idan juda ko‘p portallar o‘rin olgan. Masalan, “Referatlar”,
“Matematika”, “Tibbiyot” portallari va h.k. Portallarning Internetdan
farqi shundaki, ular Internet tarkibiga kirishi bilan birga, ba’zi
holatlarda Internet tarmog‘iga
ulanmasdan turib ham undagi
ma’lumotlardan foydalanishimizga imkon yaratadi. Portalga ulangan
kompyuterlar tarmog‘ini lokal va global tarmoq o‘rtasidagi
qandaydir uchinchi tur tarmoqqa o‘xshatsa bo‘ladi.
Ensiklopediya
yunoncha — barcha bilimlar doirasida taʼlim
olish yoki qomus ilmiy yoki ilmiy-ommabop nashrdir.
Ensiklopediya qomus — muayyan tizimga solingan keng
qamrovli bilimlar toʻplami, ilmiy yoki ilmiy ommabop nashr.
"Ensiklopediya" terminining maʼnosi tarixan oʻzgarib turgan. Antik
davrda u "erkin sanʼat" deb atalgan 7 ilm (grammatika, ritorika,
dialektika yoki logika, geometriya, arifmetika,
musiqa va
astronomiya)ni
anglatgan.
16-asrda
Gʻarbiy
Yevropada
ensiklopediya yangi maʼnoda — turli bilimlar majmui maʼnosida
ishlatilgan. Ayni vaqtda bilimlar tasnifi maʼnosini ham bildirgan; bu
maʼnoda "Ensiklopediya" termini XVIII asrda ham qoʻllangan.
Hajmiga koʻra, ensiklopediyalar koʻp jildli va 1—2 jildli boʻlishi
mumkin. Ensiklopediya maqolalarida soʻzlarning etimologiyasi,
transkripsiyasi,
definitsiyasi
muayyan
tartib bilan
beriladi.
Yoritilayotgan tushuncha haqida koʻproq maʼlumot olish uchun
muhim
adabiyotlar
roʻyxati
(bibliografiya)
koʻrsatiladi.
Ensiklopediya hajmining muayyan qismini bezak materiallar
(oqqora, rangli suratlar, xarita, chizmasxemalar va boshqalar) tashkil
etadi.
Ensiklopediya
maqolalarida
ortiqcha
tafsilotlarga,
qaytariqlarga yoʻl qoʻyilmaydi (buning uchun tegishli maqolaga
havola qilishdan foydalaniladi). Ensiklopediya tayyorlashda fakt va
maʼlumotlar
aniqligiga, atama va terminlar oʻz oʻrnida, toʻgʻri
ishlatilishiga
ahamiyat
beriladi.
Uning
bayonida
ilmiylik,
ommaboplik, qisqalik, loʻndalikka eʼtibor beriladi.
Ensiklopedik tarzdagi asarlar qadimiy Shumer davlatida, Xitoy,
Yunoniston,
qadimiy
Rimda,
keyinchalik
arab
yozuvidagi
mamlakatlarda,
xususan,
Movarounnahrda
paydo
boʻlgan.
Yunonistonda Demokrit va Aristotel asarlari ensiklopedik asarlar
hisoblangan. Oʻrta Osiyo mutafakkirlari — Muhammad Muso
Xorazmiy, Ahmad al Fargʻoniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon
Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Imom Buxoriy, Mirzo Ulugʻbek, Alisher
177
Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari ham oʻz
davridagi
bilimlarni atroflicha qamrab olgan. Imom Buxoriyning "Sahihi
Buxoriy"si, Forobiyning "Fanlar tasnifi", Beruniyning "Qadimgi
xalqlardan qolgan yodgorliklar", Ibn Sinoning "Tib qonunlari",
"Donishnoma"si, Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʻu bilig", Mahmud
Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk", Alisher Navoiyning "Majolis
un-nafois", Davlatshoh Samarqandiyning "Tazkirat ush-shuaro",
Zahiriddin
Muhammad
Boburning
"Boburnoma"
asarlari
qomuschilik tarixiga qimmatbaho hissa boʻlib qoʻshilgan.
Vizantiya tilshunosi Svidaning "Leksikon"i (X asr) dan boshlab
muayyan tizimga solingan bilimlar lugʻatlart ifodalana boshladi. 17-
asr oxiri va XVIII asrda Angliyada P. Beylning "Tarixiy va tanqidiy
lugʻat"i katta ahamiyatga ega boʻlgan. 1704-yil J. Xarris "Texnik
leksikon yoki Umumiy ingliz sanʼat va fan lugʻati"ning birinchi
nashrini chiqargan. "Ensiklopediya yoki fan, sanʼat va kasb-
hunarlarning izohli lugʻati" (1751 – 80 yillar, 35 j.)ning yuzaga
kelishi Fransiya tarixida yirik ijtimoiy-siyosiy voqea boʻldi. Bu
ensiklopediyani tayyorlashda mashhur faylasuf D.
Didro asosiy rol
oʻynadi; uni nashr etishda Sh.L. Monteskyo, Volter, J.J. Russo, J.D.
Alamber ham qatnashgan. 1768 – 71 yillarda shotland matbaachisi
U. Smelli 3 jildli "Britaniya ensiklopediyasi"ni chiqardi. Bir necha
marta qayta nashr etilgan ushbu ensiklopediya Angliyaning eng yirik
milliy ensiklopediyasi boʻlib qoldi.
XIX asr va XX asrning 1-yarmida Fransiya, Rossiya, AQSH,
Germaniya, Italiya, Ispaniya, Turkiya va boshqalar mamlakatlarda
ham universal va soha ensiklopediyalari chiqarildi. Bular ichida
"Lmerika ensiklopediyasi", "Katta Brokgauz" (Germaniya), "Katta
Laruss" (Fransiya), "Islom ensiklopediyasi", Brokgauz va Yefron
ensiklopedik lugʻati, Granatlar ensiklopedik lugʻati alohida oʻrin
egallaydi.
Oʻzbekiston Respublikasida universal
milliy ensiklopediya
tayyorlashga kirishildi. 1997-yil 20-martda Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat
ilmiy nashriyotini tashkil etish toʻgʻrisida" qaror qabul qilib,
nashriyot zimmasiga 12 jildli "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi"ni
tayyorlash va nashr etishni topshirdi. Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda,
shuningdek,
"Toshkent"
ensiklopediyasi,
1
jildli
Bolalar
ensiklopediyasi,
Xotin-qizlar
ensiklopediyasi,
"Islom"
178
ensiklopediyasi va baʼzi fan tarmoqlaridan soha ensiklopediyalari
nashr etildi.
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (OʻzME) — Oʻzbekiston
Respublikasida chiqarilgan 14 jildli universal milliy ensiklopediya.
Ensiklopediya kirill yozuvida yozilgan. OʻzME Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr etilgan.
OʻzMEdagi aksar maqolalar Sovet davrida chiqariglan 14 jildli
Oʻzbek sovet ensiklopediyasidan olingan.
Ensiklopediyaning barcha 12 jildi 2000-2006-yillarda nashr
qilingan. O‘zMEda O‘zbekiston Respublikasi
haqidagi materiallar
bilan birgalikda umumbashariy maʼlumotlar ham berilgan.
O‘zMEning 1 – 11-jildlarida umumiy hajmi 1600 nashriyot-hisob
tabog‘ini tashkil etgan qaryib 50 ming maqola berilgan. O‘zME har
bir jildida 800-1200 atrofida rangli va oq-qora suratlar, xaritalar o‘rin
olgan. Ensiklopediyani tayyorlashda besh mingga yaqin muallif va
taqrizchilar qatnashgan. OʻzMEning 12-jildi maqolalari faqat
O‘zbekistonga tegishlidir.