Immersivlik
deganda odamning virtual borliqda o‘zini faraz
qilishini tushunish lozim.
Interfaollik
foydalanuvchi real vaqtda virtual borliqdagi
ob’ektlar bilan o‘zaro muloqotda bo‘lib ularga ta’sir ko‘rsatishga ega
bo‘ladi.
Virtual borliq tizimi deganda – biz imitatsion dasturiy va teхnik
vositalarni deb qabul qilamiz. Interfaollikni ta’minlash uchun, virtual
tizim boshqaruvchi amallarni qabul qilishi kerak. Bu amallar
ko‘pmodallikga, ya’ni ko‘z bilan ko‘radigan, tovush orqali qabul
qiladigan bo‘lishi kerak.
Hozirgi kunda Uzbekiston muzeylari faoliyatida ham yangi davr
boshlandi. Mamlakatimiz hududida qadimdan shakllanib kelayotgan
muzeylar tizimini
yanada takomillashtirish, ularning xalqning
ma’naviy-axloqiy kamolotida tutgan o‘rnini oshirish, muzey
fondlarida
sakllanib
kelayotgan
xalqimiz
boy
tarixini,
mustaqilligimiz odimlarini aks ettiruvchi nodir eksponatlarini
avaylab-asrash, o‘rganish,
boyitib borish, dunyoga olib chiqish va
targ‘ib qilish, ulardan xalqimiz onggida milliy g‘urur, iftihor, istiqlol
va Vatanga sadoqat tuygularini kuchaytirish yo‘lida keng
foydalanish, muzeylarni zamon talabiga mos yuqori malakali
mutaxassislar
bilan
ta’minlash,
moddiy
texnik
bazasini
mustahkamlab, jahon muzeyshunosligi talablarini qo‘llashga zarur
shart-sharoitlar
yaratish
maqsadida
O‘zbekiston
Vazirlar
Mahkamasining
”
Muzeylar faoliyatini tubdan qo‘llab-quvvatlash
masalalari tugrisida”gi 5-mart 1998-yildagi 98-sonli qarori e’lon
qilindi. Ushbu qarorda mamlakat muzeylarini ta’mirlash, zarur
texnik vositalar va zamonaviy asbob-uskunalar
bilan jihozlash
hamda mablag‘ bilan ta’minlash vazifalari yuklatildi.
Hozirgi kunda “Muzey” so‘zining bir qator tushunchalari
mavjud. “Muzey” – “Museyon” so‘zi inson madaniyatiga ikki yarim
ming yil ilgari, ya’ni antik davrda kirib keldi. Museyonlarning
falsafada ham ahamiyati katta bo‘lgan. Eramizdan avvalgi IV-asrda
Pifagor maktabi ham museyon deb atalgan. Bu yerda ma’budalar
haykallari joylashgan bo‘lib, ularni ilm-fanga
homiylik qilishlariga
ishonib, katta ehtirom bildirishgan. Museyonlarda ko‘pincha shoirlar,
faylasuflar, san’at ustalari yig‘ilishar, go‘zal ma’budalar haykallari
esa ularga ilhom bag‘ishlar edi.
172
Virtual muzeyning bir qator afzalliklari mavjud. Biror-bir
muzeyni tomosha qilish uchun uydan chiqish shart emas, Parij,
London, Sankt-Peterburg yoki Moskvaga borish ham shart emas.
Kompyuter qarshisiga qulayroq joylashib
olib Internetga kirish
kifoya.
Qarshingizda
qiziqarli
ekskursiyalarni,
rang-barang
eksponatlar mujassamlashgan kolleksiyalarni, foydali va qiziq
ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ulkan muzeylar olami namoyon
bo‘ladi. Qizig‘i shundaki, virtual muzey zallari bo‘ylab
qilgan
sayohatingiz sizga usha go‘zallik muhitining ishtirokchisiga aylanish
imkonini beradi.
Muzey (lot. museum- muzalar ibodathonasi)- san’at asarlari,
tarixiy, ilmiy, kundalik, sanoat, qishloq xo‘jalik ash’yolari, buyuk
shaxslarning hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi materiallar
to‘plovchi, saqlovchi va omma e’tiboriga havola etuvchi maskandir.
Uning maqsadi aniq bir sistema
orqali eksponatlarni saqlash,
o‘rganish va keng ommaga ushbu bilimlarni targ‘ib etishdan iborat.
Muzeylar haqidagi ma’lumotlarning ilk debochasi XV-XVI asrlarga
taalluqlidir.
Virtual muzey dastlab XX asrning 90-yillarida Parijlik talaba
Nikol Pusho tomonidan yaratilgan. Keyinchalik, AQSH, Yaponiya,
Fransiya va Rossiyaning bir necha muzeylarining veb-saytlari va
virtual variantlari yaratila boshlandi.
Dastlabki virtual muzeylar
sayyohlikni rivojlatirish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lsa, bugungi
kunga kelib, katta tarixiy-madaniy boyliklarni kelajak avlodga o‘z
holicha yetkazishni ham targ‘ib qilmoqda. Virtual muzey yaratish
bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda Kanada davlati turadi. Bugungi
kunga kelib Kanadada 2500 ta muzeylarning virtual variantlari ishlab
chiqilgan.
O‘zbekistonda Prezident farmoniga ko‘ra respublikamizning turli
viloyatlarida faoliyat yuritayotgan 12 ta muzeyning virtual variantlari
yaratilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Jumladan, bu muzeylarga Toshkentdagi
“Temuriylar tarixi” muzeyi, Buxorodagi “Samoniylar”, Xivadagi
“Ichon qal’a” muzeylari shu qatordan o‘rin olgan. 2017 yilning 15-
may kuni “Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan “Temuriylar
tarixi” muzeyining virtual loyihasi namoyishi va taqdimoti bo‘lib
o‘tdi.