14- MODUL: ADABIYOT TA’LIMIDA VIRTUAL MUZEY,
KUTUBXONA VA ENSIKLOPEDIYA MATERIALLARIDAN
FOYDALANISH USULLARI
Adabiyot o‘qitishda
virtual muzey, kutubxona va ensiklopediya
materiallaridan foydalanish mavzuni keng qamrovda o‘rgatish
imkonini beradi. Bugungi kun o‘quvchisi mavzu bo‘yicha o‘zini
qiziqtirgan barcha ma’lumotlarni o‘z
qiziqishlari asosida qabul
qilishni xohlaydi. Shundan kelib chiqib, o‘qituvchi
darsni
noan’anaviy tarzda tashkil etishi hamda o‘quvchining qiziqishlarini
hisobga olib yangicha yodashuvni tashkil etishi zarur. Buning uchun
virtual muzey, kutubxona va ensiklopediya
materiallaridan
foydalanish samarali natija beradi. Bunda O‘zbekistonda yaratilgan
Milliy internet saytlari o‘qituvchi uchun qo‘l keladi. Ular
quyidagilar:
http://natlib.uz
–Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy
kutubxonasi sayti;
http://ensiklopediya.uz
- O‘zbekiston
Milliy ensiklopediyasi
sayti;
http://ziyouz.uz
– O‘zbek va jahon adabiyoti portal;
http://kitob.uz/
- Respublika
bolalar kutubxonasi;
http://www.kamolot.uz
– “Kamolot” yoshlar ijtimoiy sayti;
http://www.infolib.uz
– Respublika Axborot kutubxona markazi;
http://referatlar.uz
–Referatlar, testlar, kitoblar va media ta’lim
sayti;
http://book.uz
– Elektron
adabiyotlar kutubxonasi;
http://translate.google.co.uz
– Google –tarjimon sayti;
http://arxiv.uz
– Referatlar arxivi;
http://txt.uz
– Elektron kutubxona;
http://kursy.uz
–O‘quv markazlari va kurslari katalogi.
Berinchi navbatda virtual so‘zining ma’nosini bilib olsak.
Virtual (вертуалный, virtual)
– voqey bo‘lib ko‘ringan,
biroq
vazifalari boshqa moslamalar tomonidan bajariladigan funksional
moslama ta’rifi.