ichiga oladigan saytlar elektron kutubxonami yoki kutubxona
saytlari
hammi? Raqamli kolleksiyalarni yaratish uchun qanday bilim va
malakalar kerak bo‘ladi? Ushbu ma`ruzada shu kabi savollarga javob
topishga harakat qilamiz.
Elektron kutubxona
– Internetning
ajoyib imkoniyatlaridan
biridir. Bu kutubxonaning elektron shaklidir. Kutubxona deganda,
odatda, ko`plab kitoblar terib qo`yilgan , uzun, katta javonlar
joylashgan xonalar ko`z oldimizga keladi.
Elektron kutubxonada
javonlar vazifasini jildlar, kitoblar vazifasini esa Internet saxifalari
bajaradi. Bu kutubxona ma'lumotlari elektron ko`rinishda bo`ladi va
ular kompyuterda joylashadi. Bu kutubxonadan
foydalanish juda
qulay. U orqali Siz dunyoning ixtiyoriy nuqtasidagi elektron
kutubxona ma'lumotlaridan foydalana olishingiz mumkin. Yana bir
qulay tomoni zarur ma'lumot nusxasini ko`chirib olishingiz mumkin.
Elektron kutubxonadan foydalanishingiz
uchun kompyuter, modem
va Internet tarmog`i bo`lishi yetarli. Faraz qilaylik,
biror bir
ma'lumot
bilan
tanishish
uchun
elektron
kutubxonadan
foydalanmoqchisiz. Kompyuter va Internet yordamida ma’lumotni
bir necha daqiqada topish mumkin. Ma'lumot dunyoning ixtiyoriy
nuqtasidan bir zumda sizning kompyuteringiz ekranida tasvirlanadi.
Buning uchun Siz kompyuteringiz tugmachasini bosishingiz va
elektron kutubxonaga kirishingiz yetarlidir.
Bir necha daqiqada
ma'lumot ko`z oldingizda namoyon bo`ladi. Bu mujizani eslatadi. Bu
mujiza virtuallik deb ataladi. Unga faqat kompyuter va maxsus
tarmoq orqali erishish mumkin. Bir necha yil avval bir maqolani
topish uchun oylab vaqt sarflash zarur edi.
Bugun esa bu maqsadni
amalga oshirish uchun boshqa shaharga borish va vaqt sarflash
zarurati yo`qoldi. Elektron kutubxonalar yordamga keldi. Elektron
kutubxonalarni turlicha nomlashadi: