Multimedianing texnik – dasturiy vositalari
Multimedia vositalari –
bu apparat va dasturlar to‘plami bo‘lib,
u insonga o‘zi uchun tabiiy bo‘lgan turli-tuman muhitlarni: tovush,
video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalarni ishlatgan holda
kompyuter bilan muloqot qilish imkonini beradi.
Tasvirlarni yaratuvchi va ular bilan ishlovchi vositalar
raqamli
fotoapparat skanerlar
1
.
Ta’lim jarayonida multimedia texnologiyalaridan foydalanish
Jahon miqyosida nazar soladigan bo‘lsak, kompyuter grafikasi va
dizayn juda ham keng darajada rivojlangan. Ularni amalda anchadan
buyon qo‘llab kelishmoqda. Lekin bu yaratilayotgan barcha
dasturlar,
roliklar,
dizaynlarning
asosiy
qismi
kinofilmlar,
multfilmlar, web-saytlar uchun yaratilmoqda.
Maxsus saytlarda
fanlarga mavzulashtirilgan multimediali darsliklarning kamligi,
borlarini ham aniq bir fanni mavzularini to‘la yoritib bera olmasligi
ta’lim soxasiga yanada ko‘proq e’tibor berish lozimligini e’tirof
etadi. Mavzuni yaxshi o‘zlashtirilishiga turtki bo‘ladi.
Multimedia
texnologiyalarining afzalliklari va alohida hususiyatlarini sanab
o‘tamiz:
– turli hil ko‘rinishdagi katta hajmdagi axborotlarni bitta diskda
saqlash imkoniyati mavjud (bir
necha bobli matnlarni, minglab
yuqori sifatli tasvirlarni bir necha soatli
film va roliklarni hamda
tovushli axborotlarni);
– sifati saqlangan holda ekranda tasvirlarni qismlarga ajratish
yoki ularni eng qiziq hamda kerakli qismlarini
kattalatish imkoni
mavjud;
– grafiklar, tasvir va rasmlarni
qiyosiy tahlil qilish, ularning
ko‘rsatgichlarini hisoblash, ilmiy yoki o‘rganish maqsadida dasturiy
vositalar yordamida
ishlov berish imkoniyati;
– tasvir yoki tasvirni yoritish maqsadida foydalanilgan matn
hamda boshqa ko‘rsatilayotgan axborotdan kalit so‘zlarni yoki
tasvirni kerakli qismini ma’lumot olish hamda tushuntirishga kerakli
axborotni ajratib
olish imkoniyatlari mavjud;
1