Buning uchun kompyuteringiz brauzerida kutubxona manzilini
yozishingiz kerak. Odatdagi kutubxona
singari elektron kutubxona
ma’lumotlari mavzu yoki alifbo bo‘yicha tartiblanadi.
ZiyoNET
portal
ham foydalanuvchilar uchun elektron kutubxona imkoniyatini
taqdim etadi – buning uchun portalning
“Kutubxona”
bo‘limiga
kirsangiz
kifoya.
So‘nggi
ma’lumotlarga
ko‘ra,
portal
kutubxonasidan 7000 ga yaqin turli hajmdagi va turli ko‘rinishdagi
ilmiy axborot resurslari joy olgan. Ular asosan yurtimiz oliy o‘quv
yurtlari, pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
institutlari, viloyat xalq ta’limi
boshqarmalari, ilmiy tadqiqot
institutlari va boshqa turli ta’lim muassasalarida
hamkorlik qilib
kelayotgan 400 ga yaqin mas’ullar ko‘magida jamlanganini alohida
e’tirof etish lozim. Eng muhimi, adabiyotlarning aksariyati o‘zbek
tilidadir. Kutubxonada jamlangan adabiyotlar 9
ta yirik guruh
toifasida tasniflanadi. O‘z-o‘zidan har bir guruh kichik bo‘linmalarga
bo‘linadi.
Hozirgi
vaqtda
dunyoning
ko‘p
davlatlarining
o‘quv
muassasalarida masofaviy ta’lim jarayonini aynan Moodle dasturiy
majmuasidan foydalangan holda tashkillashtirilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekistondagi ko‘plab ta’lim
muassasalarida
aynan