serverlar bitta yoki tarmoq bilan bog`langan bir necha
kompyuterlardan iborat bo`ladi.
G‘arb
mamlakatlarida masalan, AQShda, kutubxonalarni
avtomatlashtirish 60-yillardan boshlangan,
kitoblarni kompyuterga
kiritish orqali elektron kolleksiyalarni yaratish 1971-yildanoq bajarib
kelinmoqda. Bizning mamlakatimizda Internet tarmog‘ining 1990-
yillarning oxiri – 2000- yillarning boshidan ommalashishi bugungi
kunga kelib bizga elektron kutubxonalarni yaratib,
mamlakatimiz
aholisi va dunyo ahli bilan alishish imkonini bermoqda. Alisher
Navoiy
nomidagi
Davlat
Kutubxonasining
kabi
markaziy
tashkilotlarning
loyihalari,
Internet
tarmog‘ida
tashabbuskor
vatandoshlarimiz
tomonidan
yaratilgan
va
yaratilayotgan
kolleksiyalar bunga misol. Bu loyihalarning bajarilish darajasi
turlicha bo‘lib, bu albatta malakali mutaxassislarning bu
jarayonlarda
zamonaviy bilimlarni qo‘llagan holda ishtirok etganlari yoki
etmaganlariga bog‘liq. Xalqaro standartlar va muvaffaqiyatli
amaliyotlar (
best practice
) dan xabardorlik va ko‘p hollardagi
vaziyatni tubdan yaxshilashi muqarrar. Shu maqsad yo‘lida elektron
kutubxonalar konsepsiyasi, uning tamoyillari va xorijda to‘plangan
tajribalar xususida so‘z yuritamiz. AQSh
universitetlaridan biridagi
"Elektron kutubxonalar" kursi talabalari ilmiy adabiyotdan ushbu
atamaning 65ta ta’rifini to‘plab, umumiy xususiyatlarni ajratib
olishdi. Unga ko‘ra elektron kutubxona: ma’lum
jamoalar yoki
jamoalar majmuiga xizmat qiladi.