Bilimlarni mustahkamlash, ko'nikma va malakalarni shakllantirish darsi




Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/75
Sana05.12.2023
Hajmi0.99 Mb.
#111433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi (1)
ilova-353181101285, kuchlanish va deformatsiyalanish x, Ганиева, Biznes Strategiyasi Turlari, 27, 1, 11, Cho`lponga slayd, Marketing yakuniy, 1. G. Raximova Axborotlashgan jamiyat tushunchasi mazmun va mohiyati, 4. G. Raximova. TEST. Axborotlashgan jamiyat., 1419334946 59964, Leksikologiya Reja-fayllar.org, ZDIF2412
3. 
Bilimlarni mustahkamlash, ko'nikma va malakalarni shakllantirish darsi seminar, 
amaliy, ekskursiya, mustaqil ishlar hamda laboratoriya amaliyoti ko'rinisliida olib boriladi. 


18 
4. 
Umumlashtirish va tizimlashtirish darsi fanni to'liq o'zlashtirish uchun muhim 
ahamiyatga ega bo'lgan dastuming asosiy masalalari bo'yicha o'quv materialining katta 
qismlarini tizimli takrorlashga qaratilgan. Bunday darsni o'tishda o'qituvchi o'quvchilar oldiga 
muammoni qo'yadi, qo'shimcha ma'lumotlar olish manbalarini ko'rsatadi hamda o'xshash masala 
va amaliy mashqlar beradi, topshiriqlar va ijodiy xarakterdagi ishlarni topshiradi. Bunday dars 
paytida o'quvchilarning uzoq vaqt davomida — chorak, yarim yillik, o'quv yili davomida bir 
necha mavzular bo'yicha bilim, mahorat va ko'nikmalari tekshiriladi, baholanadi. 
5. 
Bilim, mahorat va ko'nikmalarni nazorat qilish hamda tuzatish darsi o'qitish 
natijalarini baholash uchun, o'quvchilarning bilim darajasini diagnostika qilish, o'quvchilarning 
o'z bilimlarini qo’llashga tayyorliklari, o'qitishning turli vaziyatlarida mahoratlari va 
ko'nikmalarini tekshirish uchun mo'ljallangan. Bunday darslarning ko'rinishlari og'zaki yoki 
yozma so'rov, diktant, masala va misollarni ifoda etish yoki mustaqil yechish, amaliy ishlarni 
bajarish, imtihon, mustaqil yoki nazorat ishi, test olish bo'lishi mumkin. Yakuniy dars 
natijalariga qarab keyingi mashg'ulot odatiy xatolarni, bilimdagi kamchiliklarni tahlil qilishga, 
qo'shimcha topshiriqlarni belgilashga bag'ishlanadi. 
Maktab amaliyotida darsning boshqa turlaridan - dars muso- baqa, maslahat, bir-birini 
to'ldirish ma'ruzasi, fanlararo dars, o'yin kabilardan foydalaniladi. 
Har qanday ma'ruzaning umumiy tuzilishini asosi — bu mavzuni bayon etish, rejani va 
mustaqil ishlash uchun tavsiya etiladigan adabiyotlarni ko'rsatish, keyin esa — ko'rsatilgan 
ishning rejasiga qat'iy amal qilishdir. Ma'ruza o'qishga qo'yiladigan asosiy talablar sifatida 
quyidagilar shart deb hisoblanadi. 
• 
Ifoda etilayotgan ma'lumotlarning yuksak ilmiy darajadaliligi, odatdagidek dunyoqarash 
ahamiyatiga egaligi. 
• 
Zamonaviy ilmiy ma'lumotlarning aniq tizimlashtirilgan va metodik qayta ishlab 
chiqilgan hajmlari. 
• 
Bildirayotgan fikr-mulohazalarining isbotlanganligi va asoslanganligi. 
• 
Keltiriladigan ishonchli isbotlar, misollar, tekstlar va hujjatlarning yetarhcha bo'lishi. 
• 
Fikriari aniq, tushunarli bayon etilishi va eshituvchilar flkrlashlarini faollashtirish, 
muhokama etilayotgan muammolar bo'yicha mustaqil ishlar uchun savollarning qo'yilishi. 
• 
Qo'yilgan muammoni hal etish uchun turli nuqtayi nazarlarni keltirib chiqarish, 
xulosalarni ifoda etish. 


19 
• 
Kiritilayotgan termin va nomlarni tushuntirish: fikr- mulohazalami talabalarga 
eshitishga, fikrlash va ma'lumotlarni qisqacha yozib ohshga imkon berish. 
• 
Auditoriya bilan pedagogik aloqa o'rnatish mahorati. 
• 
Tekst, konspekt, bloksxemalar, chizmalar, jadvallar, grafiklar, asosiy materiallarini 
qo'llash. 

Download 0.99 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  Bilimlarni mustahkamlash, ko'nikma va malakalarni shakllantirish darsi

Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish