Xalkovodorodlar
|
– kislorod gruppachasidagi elemetlarning vodorodli birikmalari;
|
Polimerlanish
|
– bir xil molekulalarning birikib, bir muncha yirik molekular xosil qilish prosessi;
|
Silikatlar
|
– silikat va polisilikat kislotalarning tuzlari;
|
Alyumosilikatlar
|
– tarkibida alyuminiy oksid xam buladigan silikatlar.
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. N.S.Axmetov. Obhaya i neorganicheskaya ximiya. M. «Vo'sshaya shkola». 1998.
2. X.R.Raximov. Anorganik ximiya. Toshkent. «usituvchi». 1984.
3. N.A.Parpiyev, X.R.Raximov, A.G.Muftaxov. Anorganik kimyo nazariy asoslari. Toshkent. «uzbekiston». 2000.
4. T.M.Mirkomilov, X.X.Muxitdinov. Umumiy ximiya. Toshkent. «usituvchi». 1987.
5. R.A.Lidin, L.YU.Alikberova, G.P.Logipova. Neorganicheskaya ximiya v voprosax. M.Ximiya. 1991.
6. N.B.Lyubimova. Voproso' i zadachi po obhey i neorganicheskoy ximii. Uchebnoye posobiye. M. Vo'sshaya shkola. 1990.
ALGEBRA VA ANALIZ ASOSLARI
To`plamlar haqida dastlabki tushunchalarga ega bo`lish; to`plamlarning berilish usullarini, bo`sh to`plam, qism to`plam, to`p-lamlar birlashmasi, kesishmasi, ayirmasi, chekli, cheksiz to`plamlarni bilish; ixtiyoriy va mavjudlik kvantorlarini bilish va ularni matematik fikrlarni yozishda qollay olish; chekli o`nli, cheksiz o`nli davriy, davrsiz kasrlar, ratsional, irratsi-onal, haqiqiy sonlar haqida bilimlarga ega bo`lish; asosiy sonli to`plamlar( natural, butun, ratsional, irratsional, haqiqiy sonlar )ni bilish; sonli kesmalar, ochiq, yopiq intervallar haqida tushunchalarga ega bo`lish, haqiqiy sonlar ustida amallar bajarishni, haqiqiy sonning moduli, uning asosiy xossalarini bilish; kompleks sonning ta`rifi, mavhum birlik, kompleks sonlarning tenglii, kompleks sonlar ustida amallar bajarishni, kompleks sonning geometrik ma`nosini, kompleks sondan kvadrat ildiz chiqarishni bilish; butun ratsional ifodalarning kanonik ko`rinishini, Bezo teoremasi, ko`phadni ikki hadga bo`lishni (Gorner sxemasi), ratsional algebraik ifodalarni aynan almashtirishni bir o`zgaruvchili ratsional tenglama va tengsizliklarni yechishni, tenglama va tengsizliklarni yechishning asosiy usullarini bilish; Al Xorazmiyning “Al-jabr va Al-muqobalar hisobi haqida“gi kitobining qisqacha mazmuninin bilish, ikki o`zgaruvchili tenglamani geometrik ma`nosini bilish, tenglamalar sistemasiga oid misollarni yecha olish; matematik induktsiya haqida tushunchaga ega bo`lish, matematik induktsiya usulidan foydalanib ba`zan ayniyat va tengsizliklarni isbotlay olish; funktsiyaga oid terminlardan to`g`ri foydalana olish va tushunish, funktsiyaning aniqlanish, o`zgarish (o`sish va kamayish) sohlarini topa olish; funktsiyaning berilish usullarini bilish, funktsiyalar grafiklari haqida ma`lumotga ega bo`lish, funktsuyaning juft - toqligi, davriyligini, funk-tsiyaning eng kichik musbat davrini aniqlash, funktsiyaning nollarini topa olish, elementar funktsiyalar, ularning asosiy xossalarini bilish, o`zaro teskari funktsiyalar haqida ma`lumotlarga ega bo`lish; logarifmik va ko`rsatkichli funktsiyalarning asosiy xossalarini bilish; funktsiyalar grafiklarini sxematik tasvirlay olish; biri ikkinchisiga, Y = X ga nisbatan simmetrik ekanligini tasvirda ko`rsatish, funktsiya grafiklarini almashtira olish malakalariga ega bo`lish; modul bilan bog`liq bo`lgan funktsiyalarning grafiklarini tekislikda tasvirlay olish; murakkab bo`lmagan logarifmik, ko`rsatkichli, darajali tenglama va tengsizliklarni yechish usullarini bilish; sonnli ketma - ketliklar, ularning limeti haqida ma`lumotlarga ega bo`lish, ba`zi sodda ketma - ketliklar limetini hisoblashni, huqtaning atrofini, funktsiya limetini, bir tomonlama limetlar, cheksiz limetlar, funktsiyaning uzluksizligi, uzluksiz funktsiyaning asosiy xossalarini, elementar funktsiyalar uzluksizligini bilish; funktsiya orttirmasi, hosilasi, hosilaning geometrik va mexanik ma`nosini bilish; ba`zi funktsiyalar hosilasi, hosilalarni hisoblash, ikkinchi tartibli hosila, funktsiyaning o`sish, kamayish oraligini, funktsiya ekstre-mumlari, kesmada funktsiyaning eng katta va eng kichik qiymatlarini topish, funktsiyani to`la tekshirish, grafigini chizish, hosilaning ba`zi tatbiqlarini bilish; asosiy trigonometrik funktsiyalar va ularning asosiy hossalari, garmonik tebranish haqida tushunchaga ega bo`lish, asosiy trigono-metrik funktsiyalar yig`indisini va ayirmasini ko`paytmaga aylantirishni, bu funktsiyalar ko`paytmasini yig`indiga almashtirishni, trigonometrik tenglama va tengsizliklarni yechishni, trigonometrik funktsiyalar hosilasini bilish; boshlang`ich funktsiya va uning hosslari, boshlang`ich funktsiya-larini topish qoidalarini bilish, aniqmas integral, egri chiziqli trapetsiya yuzini hisoblash, aniq integral, Nyuton - Leybnits formulasi, aniq integral yordamida geometrik figuralar yuzini, hajmini hisoblashni bilish; birlashmalar, o`rinlashtirish, o`rin almashtirish va grupplashlar sonini hisoblashni, Nyuton formulasiga oid misollarni yechish, kombinatorik masalalarini yechishni bilish; tasodifiy, muqarrar va ro`y berishi mumkin bo`lmagan hodisalarni, ho disalar birlashmasi va kesishmasini topa olish, hodisalarni ehtimolliklarini hisoblashni bilish, chastota, polegon, gistogramma tushunchalarini bilish va ularga oid masalalarni yecha olish.
GEOMETRIYA
|