BeSO4 =BeO + SO2
BeO amfoter oksid, shuning uchun u asosli oksidlar bilan xam kislotali oksidlar bilan xam suyuklantirilganda reaksiyaga kirishadi.
Berilliy gidroksid, berilliy tuzlari eritmasiga ammiak ta'sir ettirilsa verilliy gidroksid chukmaga tushadi. Yangi xosil qilingan Be(OH)2 amfoter xossaga ega bulib kislotalarda va asoslarda xam osonlik bilan eriydi.
Berilliy tuzlari boshka ishqoriy yer metallari tuzlari kabi suvda eruvchan buladi. Berilliy ftoridning suvdagi eritmalari KF va NaF lar bilan K2BeF4, KBeF3 tarkibli komplekslar xosil qiladi: bu komplekslar suvda yaxshi erishi bilan alyuminiyning shunga uxshash komplekslaridan fark qiladi.
Berilliy xlorid suvda yaxshi eriydigan gigroskopik modda, 478°S da qaynaydi, 406°S da suyuklanadi. U uchuvchan modda. Suvsiz berilliy xlorid olish uchun BeO 700°S da kumir ishtirokida xlor gazi bilan reaksiyaga kiritiladi:
BeO + Cl2 +C --> BeCl2 + CO
Berilliy xlorid suvdagi eritmadan BeCL2 x4H2O xolida kristallanadi.
Berilliy tuzlari odatdagi xaroratda gidrolizlanadi. Bu tuzlar zaxarli, lekin shirin ta'mli buladi.
Magniy. Tartib nomeri 12, atom ogirligi 24,312. Yer yuzida Mg ning ogirlik klarki 1.93% (atom klarki 1.4%). Tabiatda magniyning uchta izotopi bor: 24Mg (78.6%), 25Mg (10.11%), 26Mg(11.29%); yana uchta suniy izotopi xam ma'lum.
Metall magniy amalgamasini Devi 1828 yilda suyuklantirilgan magniy sulfatni elektroliz qilish natijasida olib, unga magnesium nomini bergan. Sungra 1828 yilda Byussi suyuklangan magniy xloridga kaliy buglari ta'sir ettirib metall magniy olgan.
Olinishi:
1. Suyuklantirilgan suvsiz magniy xloridni elektroliz qilish.
Karnallitda magniy olish uchun karnallit suyuklantirilib 700-750°S da elektroliz utkaziladi.
2.Metallotermik usulda magniy olish uchun chug xoliga keltirilgan dolomit ferrosilisiy yoki alyumosilisiy bilan kaytariladi.
2(CaO x MgO) + Si --> Ca2SiO4 + 2Mg
Bu prosess elektr pechda 1200-1300°S da vakuumda utkaziladi.
3. Magniy oksidni yukori xaroratda kumir bilan kaytarish:
MgO + C --> Mg + CO
Juda toza magniy olish uchun texnikada ishlatiladigan magniy vakuumda bir necha marta sublimatlanadi.
Xossalari. Magniy s-elementlar jumlasiga kiradi. U uz birikmalarida doimo 2 valentli buladi. Magniy kumushdek ok va yengil metall. Magniy sovuk suv bilan juda sust reaksiyaga kirishadi. Qaynok suv bilan reaksiyaga kirishib Mg(OH)2 xosil qiladi. Magniy kislotalarda eriydi: lekin yomon eruvchan maxsulotlar (MgF2, Mg3(PO4)2) xosil qiladigan kislotalarda magniy kam eriydi. Ishqorlar magniyga ta'sir etmaydi.
Magniy metallurgiyada kimmatbaxo (uran, titan, vanadiy, sirkoniy va boshka) metallar olishda kayturuvchi sifatida ishlatiladi.
Magniy yonganida ultrabinafsha nurlarga boy shu'la xosil qiladi. Shunga kura u fotografiyada va feyerverklar tayyorlashda ishlatiladi.
Magniy birikmalari. Magniyning vodorodli birikmasi MgH2 magniy dimetilning 175°S da parchalanishi natijasida xosil buladi:
Mg(CH3)2 --> MgH2 + C2H4
Undan tashkari 200 atmosferada 570°S da magniy vodorod bilan uzaro birikadi, lekin odatdagi sharoitda vodorod bilan uzaro birikmaydi.
Magniy gidrid MgH2 kukun xolidagi kumushrang qattiq modda. Magniyning yana gidrid-borat Mg(BH4)2 va gidrid alyuminat Mg(ALH4)2 nomli birikmalari xam ma'lum.
Magniy oksid MgO +2800°S da suyuklanadigan kristall modda. Texnikada magniy karbonatni parchalash yuli bilan magniy oksid olinadi.
Magniy gidroksid Mg(OH)2 suvda kam eriydi, urtacha kuchga ega bulgan asoslar jumlasiga kiradi.
Magniy xlorid. MgCL2 magniy oksidga kumir ishtirokida xlor ta'sir ettirib olinadi.
Magniy sulfat bir necha gidratlar xosil qiladi; ularning ikkitasi tabiatda uchraydi: birinchisi monogidrat MgSO4H2O kizerit minerali; ikkinchisi geptagidrat MgSO47H2O taxir tuz mineralidir.
Magniy sulfat, kaliy sulfat xamda kaliy xlorid va boshka tuzlar bilan bir kancha qushalok tuzlar xosil qiladi.
Magniy nitrat Mg(NO3)26H2O juda gigroskopik va suvda yaxshi eriydigan tuz. Suvsiz magniy perxlorat Mg(CLO4)2 angidron nomi bilan gazlarni kuritishda ishlatiladi.
Magniy karbid. MgC2 olish uchun kalsiy karbidga magniy xlorid ta'sir ettirish kerak, MgC2 suv ta'sir ettirilganida asetilen ajralib chikadi.
Magniy nitrid. Mg3H2 - magniyni azot atmosferasida kizdirish natijasida olinadi. Magniy xavoda yonganida MgO bilan birga ozrok Mg3H2 xam xosil buladi.
Kalsiy gruppacha elementlari. Ikkinchi gruppaning s-elementlaridan kalsiy, stronsiy, bariy va radiy ishqoriy yer metallar gruppasiga kiradi.
Yer kobigida kalsiyning 6 ta, stronsiyning 4 ta, bariyning 7 ta stabil izotopi bor. Bulardan eng kup tarkalganlari 40Ca (96.97%), 88Sr (82.56%), 138Ba (71.66%) dir. Tabiiy radiy 8 ta radioaktiv izotopdan iborat.
Olinishi. Metall kalsiy, stronsiy va bariy birinchi marta 1808 yilda Devi tomonidan elektroliz yuli bilan olingan.
Kalsiy CaCL2 bilan CaF2 aralashmasini suyuklantirib elektroliz qilish orqali xosil qilinadi; bundan tashkari vakuumda alyuminotermiya usuli bilan xam olinadi:
6CO + Al --> 3CaO+ Al2O3 + 3Ca
Shu usullarning uzi stronsiy va bariy olishda xam qullaniladi. Kalsiy, stronsiy va bariy erkin xolda kumushsimon ok metall.
Xavoda ularning sirti sarik parda bilan koplanadi. Kalsiy deyarli qattiq, stronsiy va variy qattiqlik jixatdan kurgoshinga uxshaydi.
Metall xolidagi kalsiy, stronsiy va bariy aktiv metallmaslar bilan odatdagi sharoitda birikadi. Azot, vodorod, uglerod kremniy kabi aktiv bulmagan metallmaslar bilan faqat kuchli kizdirilganda birikadi. Metallarning reaksiyaga kirishish kobilyati Ca–Sr–Va–Ra katorida ortib boradi.
Kalsiy stronsiy va bariy kuchlanishlar katorida vodoroddan ancha oldinda turadi. Ular suvukda xam suv bilan reaksiyaga kirishadi. Bu reaksiyalarning intensivligi Ca–Sr–Ba–Ra katorida chapdan ungga utgan sari ortib boradi. Xosil bulgan gidroksidlarining xam eruvchanligi ortib boradi.
Ishqoriy metallar erkin xolda aktiv moddalar bulganligi uchun ular kerosin ostida yoki kavsharlab berkitilgan idishlarda saklanadi.
Birikmalari. Kalsiy, stronsiy, bariy va radiylarning oksidlari, galogenidlari, sulfatlari va boshka birikmalari odatdagi sharoitda ionli birikmalardir. Ularning barkarorligi Ca–Sr–Ba– Ra katorida ortib boradi.
Bu elementlarning galogenidlari, nitratlari va boshka tuzlari deyarli gidrolizlanmaydi.
Ishqoriy yer metallarning birikmalari suv bilan gidratlar xosil qiladi. Masalan:
CaCL26H2O; SrBr26H2O.
Bu elementlarning vodorodli, kislorodli birikmalari, gidroksidlari va tuzlari katta axamiyatga ega. Kalsiy gidrid CaH2, stronsiy gidrid SrH2 va bariy gidrid BaH2 metallarning yukori xaroratda vodorod bilan bevosita birikishidan olinadi.
Bu elementlarning oksidlari (EO) laboratoriyada karbonatlarni yoki nitratlarni kizdirib parchalash, texnikada esa tabiiy karbonatlarni termik parchalash orqali olinadi.
EO lar suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi. Masalan:
CaO + H2O --> Ca(OH)2 + 15,2 kkal
Kalsiy gidroksid kurilishda ishlatiladi; u kuriyotgan vaktida xavodan CO2 ni yutib, CaCO3 ga aylanadi. Kalsiy birikmalaridan sement, oxak, gips, loy va boshkalar kurilishda kovushuvchi material sifatida ishlatiladi.
Stronsiy. Tartib nomeri 38, atom ogirligi 87.62. Tabiatda barkaror izotoplarining massa sonlari 84, 86, 87, 88.
Stronsiy olish uchun KCL va SrCL2 aralashmasi suyuklantirib, elektroliz qilib olinadi. Stronsiyni alyuminotermiya usulda xam olish mumkin.
Buning uchun stronsiy oksid bilan alyuminiy kukuni yukori xaroratda kizdiriladi. Reaksiya natijasida xosil bulgan stronsiy sublimatlanadi; uning buglari vakuum idishning sovuk devorlarida kristallanadi.
Stronsiy kumush kabi ok metall.
Stronsiy oksid SrO 2430°S da suyuklanadi: u ekzotermik moddalar jumlasiga kiradi. SrCO3 va Sr(NO3)2 larni kizdirish natijasida SrO xosil buladi.
Stronsiy tuzlari. Stronsiy ftorid SrF2 suvda SaF2 ga qaraganda yaxshirok eriydi. Stronsiy bromid, stronsiy yodid suvda xam, spirtda xam yaxshi eriydi, Stronsiy yodid ammiak bilan [Sr(NH3)6]J2 tarkibli kompleks birikma xosil qiladi.
Stronsiy tuzlari alangani kirmizi kizil tusga buyaydi; shunga kura stronsiy tuzlari feyerverklar va bengal alangalari xosil qilinadigan materiallar tayyorlashda ishlatiladi.
Variy. Tartib nomeri 56, atom ogirligi 137,34 barkaror izotoplarining massa sonlari 130, 132, 134, 135, 136, 137, 138. Bariyning yetttita izotopi sun'iy yul bilan xosil qilingan.
Bariyni 18 asrda Sheyeli ogir shpatning tarkibiy kismi sifatida topgan. Metall bariy dastlab suyuklantirilgan bariy xloridni elektroliz qilish yuli bilan olingan.
Sof bariy BaO dan alyuminotermiya yoki kremniy-termiya usulida olinadi. Undan tashkari bariy xloridning suvdagi eritmasini simob katod bilan elektroliz qilish natijasida xam bariy olinadi. Katodda xosil buladigan bariy simobda erib amalgama xolatiga utadi. Sungra bariy amalgamadan chikarib olinadi. Bariy xam stronsiy kabi aktiv element bulgani uchun kerosinda saklanadi.
Bariy oksid kuchli asos xossasiga ega. U osh tuzi kabi kristall tuzilishda buladi. Bariy oksid bariy karbonat yoki bariy nitratni kizdirish yuli bilan olinadi.
Texnikada bariy oksid olish uchun kupincha bariy karbonat kumir bilan birga kizdiriladi;
BaCO3 + C --> BaO + 2CO
Toza bariy oksid, ok kukun. Bariy oksid asosan bariy gidroksid va bariy peroksid olishda ishlatiladi.
Bariy oksid suv bilan aralashtirilsa, bariy gidroksid Ba(OH)2 xosil buladi. Bariy gidroksid xam xuddi stronsiy gidroksid kabi kand sanoatida ishlatiladi.
Bariy sulfid litopon nomli ok buyok olishda ishlatiladi.
BaS + ZnSO4 --> BaSO4 + ZnS
(litopon)
Bariy tuzlarini xosil qilish uchun xom ashyo sifatida bariy sulfat va bariy karbonatdan foydalaniladi. Masalan: bariy xlorid olish uchun BaSO4, CaCL2 ishtirokida kumir bilan kaytariladi.
Bariyning barcha eruvchan tuzlari zaxarlidir.
Bariy sulfat suvda juda kam eriydi. Shuning uchun bariyning bor-yukligi SO4-2 ionlari bilan va aksincha sulfatlarning bor-yukligi Ba ionlari bilan sinab kuriladi.
Bariy karbonat BaCO3 tabiatda viterit xolida uchraydi. Suvda kam, HCL va HNO3 larda yaxshi eriydi. Emal tayyorlashda ishlatiladi.
Bariy karbid BaS2 xuddi kalsiy karbid kabi olinadi va u bilan izomorfdir.
Tayanch iboralar:
1. Berilliyning tabiatda uchrashi, xossalari
2. Berilliy birikmalari
3. Magniyning olinishi
4. Magniyning xossalari
5. Kalsiyning birikmalari
6. Stronsiy xossalari
7. Bariyning xossalari
Nazorat sovollari:
1. Berilliyga kimyoviy reaksiyalar
2. Magniyga kimyoviy reaksiyalar
3. Kalsiyga kimyoviy reaksiyalar
4. Bariyga kimyoviy reaksiyalar
5. Metall berilliyning ishlatilishi
6. Ikkinchi gurux s-elementlari atom tuzilishi
7. Berilliyning davriy sistemadagi urni
8. Magniyning yaratilishi
9. Ishqoriy yer metallari
Adabiyotlar:
1. 510- 521 betlar.
2. 369- 376 betlar.
4. 180 bet.
MA'RUZA № 15
|