Tuzatti har bir elga naqshu tasvir -




Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/128
Sana07.11.2022
Hajmi1.92 Mb.
#29393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
Bog'liq
amaliy sanat turlari
3-Ma\'ruza, O`QUV QO`LLANMA ZAMONAVIY LOGISTIK TEXNOLOGIYALAR, Zamonaviy logistik texnologiyalar, KEYS, Ташқи тақриз Элмуратов Р, 3-Laboratoriya, Index, Гурух мураббийлиги30,06,21, REG1-51, Uslubiy qo\'llanma TVTvaN kurs ishiga 2015, \'\'Navoiy\'\' va \'\'Bobur\'\'ga tadbir, инф письмо рус ва узбек тилида, ИНваДА (амалий иши), Elementlarning kashf qilinishi, Umumiy va anorganik kimyodan laboratoriya mashg`ulotlari
Tuzatti har bir elga naqshu tasvir - 
 
Ki qildi san’atin har elda zohir. 
 
 
 



Qadimdan uy-ro’zg’or buyumlariga bo’yoqlar bilan ajoyib 
naqshlar ishlanib kelingan. Bu naqqoshlik san’ati deb yuritiladi. 
Respublikamizda amaliy san’atning bu turi qadimdan rivojlangan 
bo’lib, unda o’zbek ustalari faqat uy-ro’zg’or buyumlarini emas, balki 
uy-joy va jamoat binolarining devor va shiftlarini ham bezaydilar. 
San’atning bu turida har bir xalq o’zicha ijod qiladi. Masalan, rus 
amaliy san’atida tekis yog’och yuzasiga usta o’simliksimon naqsh 
rasmini tushiradi, unga maxsus bo’yoqlar beradi. U biroz qurigandan 
so’ng, bo’yog’i o’chib ketmasligi uchun ustidan bir necha bor tiniq lak 
surtiladi. O’zbek ustalarining ish uslubi boshqacharoqdir. Bu ustalar 
eskiz bo’yicha duradgor ishlagan yog’ochga yelim surtadilar, uning 
usti jilvir qog’oz bilan ishqalangandan so’ng, materialga bronza 
beriladi. Keyin bronza ustidan ulgi asosida kompozitsion tasvir, uning 
ustiga qora bo’yoq surtib, so’ngra naqsh ishlanadi. Naqshlarning 
o’chib ketmasligi uchun naqsh ustidan bir necha bor toza lak surtiladi. 
Xalq ustalari tajribasida naqshning quyidagi turlari ko’proq 
qo’llaniladi: islimiy-egri chiziqli o’simlik elementlardan iborat naqsh; 
girih to’g’ri chiziqli elementlardan geometrik shakl hosil qiluvchi 
naqsh; gulli girih to’g’ri chiziqli elementlardan geometrik shakl hosil 
qiluvchi naqsh; gulli girih (yoki murakkab) – bu ikki guruhdagi naqsh 
islimiy va girih elementlaridan tashkil topadi. Islimiy turdagi asosiy 
elementlargа novda, yaproq, gul, g’uncha, kurtak, qalampir, meva, 
poya kabilar kiradi. Poya va novda turli naqshlarning eng ko’p 
uchraydigan elementlari bo’lib, ular naqsh hoshiyalarida qo’llaniladi. 
Girihlar esa to’rsimon va yulduzsimon bo’lib, yulduz nurlarining soni 
5 tadan 16 tagacha boradi. 
Naqshning uchinchi turi hisoblangan gulli girih naqshida esa 
naqsh geometrik va o’simlik elementlarning bir-biriga qo’shib 
ishlatilishi natijasida hosil bo’ladi. Bunda geometrik element doimo 
naqsh o’rtasida joylashadi. Naqqosh A.Qosimjonov, Y.Raupov, 
T.To’xtaxo’jayev, 
J.Hakimov 
(Toshkent), 
A.Boltayev 
(Xiva), 
S.Norqo’ziyev (Qo’qon) va boshqa ustalar san’atning bu turida 
mehnat qilib, shuhrat qozonganlar. 
Tabiiy loydan turli idishlar yasash va ularni tegishli ranglargа 
bo’yash kulolchilikdir. Bu san’at O’zbekistonda juda qadim 
zamonlarda 
shakllangan 
va 
rivojlangan. 
Kulolchilik 
san’ati 


10 
buyumlariga: lagan, tovoq, choynak, piyola sopol va chinni idishlar
shuningdek, loydan ishlangan o’yinchoqlar kiradi. 

Download 1.92 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish