Oqsillarning to’rtlamchi strukturasi




Download 0,82 Mb.
bet12/16
Sana24.04.2021
Hajmi0,82 Mb.
#14273
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Oqsillarning to’rtlamchi strukturasi.

Ko’pgina oqsillar kovalentmas bog’lar bilan bir-biiriga birikkan ikkita yoki bundan ko’ra ko’proq peptid zanjirlaridan tuzilgandir. Ana shunday oqsillar muhitdagi ancha katta o’zgarishlar paytida, masalan, ozgina kislota, ishqor, gidrofob moddalar qo’shilganida, sovutilganida, shuningdek denaturasiyalovchi omillar ta’sir ettirilganida o’zlarini hosil qilgan peptid zanjirining parchalanishi memkin. Bunda eritrositlarning asosiy oqsili – gemoglobin (Nv) miosol bo’lib xizmat qilishi mumkin. U to’rtta peptid zanjiridan – ikkita L zanjir va ikkita β zanjiridan tuzilgan. Tetramer Nv tuzilishi 2L 2β formulasi bilan tasvirlanadi. Yuqorida ko’rsatilgan yo’llar bilan ta’sir o’tkazilganda tetramer gemoglobin avval 2 ta dimerga, keyin esa monomerga ham (protomerlar) parchalanadi:

2L2β Lβ+Lβ L+β+L+β

LL va ββ dimerlari ham hosil bo’lishi mumkin. Dimerlar bilan protomerlarni oqsil subbirliklari deyiladi; protomerlar eng kichik subbirliklardir. Dissotsiyani yuzaga keltirgan agentni eritmadan chiqarib tashlansa, subbirlilar birikib, yana tetromer molekulani hosil qiladi, ya’ni gemoglobin molekulalari o’z-o’zidan qaytadan yig’iladi.

Molekulalari xuddi gemoglobinga o’xshab bir necha polipeptid zanjirlaridan (aslida kichikroq bo’ladigan bir necha oqsillardan) tuzilgan oqsillar oligomer oqsillar deb ataladi. Protomerlar soni, ularning birikish usuli va fazoda bir-biriga nisbatan joylashish tartibi oqsilning to’rtlamchi strukturasi deyiladi.

Molekulyar massasi 50000 dan ortiq oqsillar hamisha deyarli oligomer oqsillar bo’ladi. oligomer oqsillardagi protomerlar soni aksari o’ntagacha boradi, lekin ancha ko’p bo’lishi ham mumkin; dimerlar bilan tetramerlar hammadan ko’p uchraydi. Protomerlar bir-biriga o’xshash bo’lishi ham, har xil bo’lishi ham mumkin. Ba’zi oligomer oqsillarning hujayra sharoitlaridagi dissotsiatsiya muvozanati shundayki, hujayrada oligomer va uning subbirliklari qiyos qilsa bo’ladigan miqdorlarda bo’ladi. oqsilning to’rtlamchi strukturasi ham, hamma darajadagi boshqa strukturalari singari, mazkur oqsilning juda ham o’ziga xos unikal xarakteristikasidir.




Download 0,82 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 0,82 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oqsillarning to’rtlamchi strukturasi

Download 0,82 Mb.