Geografiya darslarida televizion ma’lumotlardan foydalanish metodikasi




Download 300.5 Kb.
bet14/25
Sana19.05.2021
Hajmi300.5 Kb.
#14555
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Geografiya darslarida televizion ma’lumotlardan foydalanish metodikasi. Audiovizual texnika tizimida o’quv televidiniyasi va videomagnitofonlar muhim didaktik vosita hisoblanadi. Ma’lumki keyingi paytlarda kommunikativ texnologiyalarning tez rivojlanish natijasida ma’lumot, axborotlarni o’quvchi talabalar va o’rgatuvchlaga yetkazishda o’quv televidiniyasi hamda magnitofonlardan foydalanish keng amalga oshirilmoqda. Ular o’quv tarbiyaviy samara berish bilan birga iqtisodiy jihatdan ta’lim berish uchun qulay bo’lib ta’limning yangi interfaol metodlardan intensive foydalanishga imkoniyat yaratadi. Maxsus moslashtirilgan auditoriyalar, jumladan television apparaturalar, videomagnitofonlar, keng ekranli televizorlar bilan jihozlangan o’quv xonalarida nazariy va amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish borgan sari ommalashmoqda.

G.M.Kodjasnirova va K.V.Petrovlarning yozishlaricha televidiniya harakatlanuvchi ob’yektlarni masofadan turib tasvirlovchi radioto’lqinlardir. Televidiniya barcha audiovisual vositalar singari o’quv ma’lumotlarini uzatish uchun ular o’quv televidiniyasi deb nomlanadi. Chunki ular faqat o’quv-tarbiya jarayonida qo’llaniladi. O’quv televidiniyasining imkoniyatlari, ishlash tamoyillari va uni taminlovchi vositalarni izohlashdan oldin uning ya’ni televidiniyaning tarixiga nazar solaylik.

G.M.Kodjasnirova va K.V.Petrovlarning ma’lumotlagriga kora zamonaviy tasvir elementlarni uzatishga moslashtirgan mexanik televidiniya XX asrning 30 yillarida ishlab chiqilgan. Tasvirni ekranga uzatish tamoyilida ishlaydigan radioto’lqin XIX- asrning oxirlarida partugaliyalik bo’lmagan holda rus olimi P.I.Baxmetevlar tomonidan kashf etildi. Keyinchalik nemis injeneri P.Nipkov Arximed nazariyasidagi spirallardan 30 disk yasadi va shu orqali tasvirni ekranga namoyish etishga urindi va bunga erisha oldi. XX - asrning 30 yillarida elektron televizorlar ishlab chiqila boshlandi. Uning yaratilishi V.K.Zvoriken va F.Farisuort (AQSH) K.Svinson (Buyuk Britaniya) A.I.Adamson V.P.Trabovskiy. S.I.Katayev nomlari bilan bog’liq muntazam ravishda teleko’rsatuvlarni oq- qora tasvirda namoyish etish 1938 yilda va rangli tasvirda namoyish etish 1967 yildan boshlab amalgam oshirila boshlandi. Hozirgi paytda dunyoda rangli tasvirda namoyish etishning uch sismavzusi mavjud. AQSH, Kanada. Yaponiya va markaziy hamda janubiy Amerika mamlakatlarida NTSTS sismavzusi Germaniya ,Buyuk Britaniya va boshqa G’arbiy Yevropa mamlakatlarida televidiniyasining sismavzusi MDHda va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida Senom sismavzusi ishlamoqda

XX- asrning 10 yillarida kabelni televidiniyaning paydo bo’lishi munosabati bilan o’quv televidiniyalariga keng yo’l ochilib, ta’lim jarayonida televidiniyadan foydalanishi yo’lga qo’yildi. Keyingi yillarda ilmiy-texnikaviy taraqqiyot o’quv mashg’ulotini ma’ruza shaklida o’tkazish, amaliy mashg’ulotlar bilimlarni televidiniyadan foydalanish amalgam oshirish imkoniyati mavjud, balki o’z jarayonlarni kuzatish faoliyatini nazorat qilish ham televidiniya orqali amalga oshirilish mumkin. Buning uchun o’quv muassasasida kichik telestudiya tashkil qilish kerak. Telestudiya faoliyatini yolga qo’yish uchun o’quv muassasasi rahbarlari ko’rsatmasiga binoan o’quv yurti uchun telestudiyani ta’minlovchi vositalar televizorlar uzatuvchi moslamalar kabellar anketalar kameralar va h.k. O’quv yurtida bo’lishi lozim. Bundan tashqari sinf xonalari auditoriyalarda ham yordamchi moslamalar yordamoda televizorlar o’rnatiladi va ularga axborotlar mashg’ulotlarning ma’lumotlar telemarkazdan uzatiladi va boshqariladi.

Bunda efirdan uzatilgan signallar television qabul qiluvchisi (televizor)ning kinoskopiga uzatiladi. Buni television qabul qiluvchi (priyomning) tuzilnasida ham ko’rish mumkin. Ta’lim muassasasi (umumiy, o’rta,o’rta maxsus, kasb-hunar bilim yurtlari,oliy ta’lim) da telestudiya uchun telemarkaz uning uchun xona joy ajratilgan bo’lib bu xona telemoslamalar aparaturalar va pult bilan jihozlangan bo’lishi darkor. Telmarkaz uchun maxsus tayyorgarlikka ega bo’lgan kasb egalari operator telemuhandis va boshqaruvchi bo’lib, o’quv yurti rahbariyati bilan hamkorlikda ishlashi lozim. Sinf xonalarida o’rnatiladigan televizorlar o’tkir yorug’likdan himoyalangan holda shkafga joylashtirilgan bo’lishi zarur.

Bularning barchasining holati saqlanishi xavfsialigini ta’minlash uchun telemarkaz xodimlari mas’ul va javodgar shaxslar hisoblanadilar.Telemarkaz faoliyatini yo’lga qo’yish uchun o’quv yilining boshda umumiy o’rta ta’lim maktabi bo’lsa fan metod birlashmalari o’rta maxsus va oliy ta’lim maktablari bo’lsa kafedralar o’quv yilida tashkil qilinadigan telemashg’ulotlar uchun dastur tayyorlab berishlari va dastur asosida telemashg’ulotning videoyozuvlari yoki markaziy telestudiyalar dasturlariga kiritilgan ma’ruzalar seminarlarning mavzusi muddati o’tkazish soati taqdim qilishlari lozim. Buning uchun telemashg’lutlarda o’rnatiladigan mavzularni o’quv yurti sharoiti va ehtiyojiga moslash lozim.

Tajriba shundan dalolat bermoqdaki o’quv televidiniyasidan foydalanish mutlaqo o’qituvchining o’quv tarbiya jarayonini boshqaruvchilik salohiyatini pasaytirmayda va muayyan tarkibdagi o’quvchi talabalar faoliyatini yo’lga qo’yish ularning o’quv bilim faolligini boshqarish uchun muhim tashkiliy metodik ishlar tizimini yaratishga o’quv teleko’rsatuv mazmunidan ma’lumotlar axborotlarni o’quvchilar tomonidan mantiqan aniq idrok qilishga tayyorlashga ayrim o’quvchilar yoki guruh uchun kerakli teledasturlarni tashkil etish imkoniyatini tug’dirishga didaktik vositalar majmui bilan ishlashga qiziqishni uyg’otadi va telemashg’ulot jarayonida qo’lga kiritgan o’quvchi talabalar bilimini tekshirish aniqlashi va baxolash uchun qulay sharoitlar yaratadi

Telemashg’ulotlarning qimmatli va afzallik tomoni shundaki ular yordamida idrok etilgan axborotlar o’quvchi talabalarning mustaqil bilim olsh jarayoni bilan hamohangdir. Bunday telemashg’ulotlar tadqiqot natijalariga kora o’quvchi talabalar bilish faolligini oshirish o’qishga qiziqishini rivojlantirish mustaqil ishlash konikma malakalarni rivojlantirish bilan birga ularning shaxsiy sifatlarini tarkib toptirish ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirishga yordam beradi.

Chunonchi o’quv televidiniyasi nafaqat o’quvchi talabalarni axborotlar ma’lumotlar bilan qurollantirishga xizmat qiladi, balki uo’quv yurti ma’muritatining o’quv mashg’ulotlarining sinf xonalari laboratoriyalar auditoriyalarda borayotganligi o’qituvchining xabari bo’lmagan holda nazorat qilish uchun ham xizmat qiladi. Shuning uchun muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar anjumanlar seminarlar bayramlarni auditoriyadan tashqari ijtimoiy foydali tadbirlarni ham namoyish etish uchun xizmat qila oladi. Masalan o’quv yurti raxbarlari bevosita telemarkazdan turib o’quv mashg’ulotlari tadbirlar ijtimoiy foydali ishlarning qay tarzda o’tayotganligini kuzatish imkoniyatiga egalar. Bu o’quv yurtida mavjud o’quv televidiniyasini ta’minlovchi vositalar televizorlar videokameralar foydali ishlarning qay tarzda o’tayotganligini kuzatish imkoniyatiga egalar.Bu o’quv yurtida mavjud o’quv televidiniyasini ta’minlovchi vositalar televizorlar videokameralar televideoapparaturalar pult kabellar va boshqa moslamalar yordamida amalgam oshiriladi.



Download 300.5 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Download 300.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Geografiya darslarida televizion ma’lumotlardan foydalanish metodikasi

Download 300.5 Kb.