II BOB. GEOGRAFIYA DARSLARIDA QO’SHIMCHA




Download 300.5 Kb.
bet15/25
Sana19.05.2021
Hajmi300.5 Kb.
#14555
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
II BOB. GEOGRAFIYA DARSLARIDA QO’SHIMCHA

TASVIRIY VOSITALARIDAN FOYDALANISH

METODIKASI.

2.1. UMUMTA’LIM MAKTABLARI GEOGRAFIYA DARSLARIDA

TASVIRIY VOSITALARDAN FOYDALANISHNING O’RNI VA

AHAMIYATI.

Umumta’lim maktablarining geografiya darslarida tasviriy vositalardan foydalanish xaqida gapirganda uqituvchilar qaysi sinflarda dars berishlaridan qat’iy nazar geografiya kurslarida o’quvchilar tabiiy va iqtisodiy geografik rayonlarning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi bosqichlari hamda tabiiy geografik xususiyatlari ya’ni geologik tuzilishi, relefi, iqlimi, ichki suvlari, tuproq, o’simlik, hayvonot dunyosi va tabiatni muhofoza qilish mavzularini tasviriy vositalardan foydalanib chuqur o’rganadilar. Bundan tashqari, tabiiy va iqtisodiy rayonning aholisi va mexnat resurslari, sanoati va qishloq xo’jaligi, transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari haqidagi ma’lumotlarga ega bo’ladilar.

Bu bilim va ko’nikmalar geografiya darslarida tasviriy vositalari orqali o’quvchilar dunyoqarashini shakllantirishga olib keladi. Umumta’lim maktablarida dastlab O’zbekiston tabiatining xilma-xilligi, tabiiy komponentlari va ularning o’zaro aloqadorligi, tabiiy sharoitining bir-biridan farq qilish xususiyatlari mavzulari o’tiladi. O’quvchilar tasviriy vositalari orqali O’zbekiston tabiatining xilma-xilligi, tabiiy komponentlari va ularning o’zaro aloqadorligi, tabiiy sharoitining bir-biridan farq qilish xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarga ega bo’ladilar. Bu mavzular orqali o’quvchilar O’zbekistonning jumladan respublikamiz viloyatlarining geografik o’rni, tabiiy sharoiti va foydali qazilmalari, geologik tuzilishi, relyefi, iqlimi, ichki suvlari, tuproq, o’simlik, hayvonot dunyosi hamda tabiiy resurslari haqidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar. O’zbekiston jumladan viloyatlarining tabiiy geografik jihatidan joylashganligi va uning tutgan o’rni, salohiyati, hozirgi holat, rivojlanish bosqichlari kabi bilimlar

hamda yangi mavzuni o’zlashtirish uchun o’quvchilar ko’nikma, ongida yetarlicha tushuncha va yo’nalish hozirlangan bo’ladi.

Maktab geografiya ta’limida tasviriy vositalarning tutgan o’rni va axamiyati quyidagilardan iborat.

- O’quvchilarning O’zbekiston, jumladan viloyatlarning tabiiy geografik jihatlari haqidagi bilimlarni o’zlashtirish ularda bu mavzuga oid tushunchalarni kengayishiga olib keladi.

- Geografiya ta’limida tasviriy vositalar orqali o’quvchilar O’zbekistonning, jumladan viloyatlarining tabiiy sharoiti va foydali qazilmalari, geologik tuzilishi, relyefi, iqlimi, ichki suvlari, tuproq, o’simlik, hayvonot dunyosi hamda aholisi va mexnat resurslari kabi bilimlarga ega bo’ladilar.

- Geografiya ta’limida tasviriy vositalar orqali O’zbekistonning, jumladan viloyatlarning tabiiy sharoiti mavzusini o’rganish bilan hududi, chegaralari, geografik o’rni, aholisi, sanoati, qishloq xo’jaligi, tabiiy sharoiti va resurslari, xo’jaligi, transporti, dam olish va turizm to’g’risidagi bilimlarga ega bo’ladilar.

Bu bilimlar o’quvchilarda O’zbekiston, jumladan viloyatlarning tabiati haqidagi bilimlarni olishga katta yordam beradi.

O’quvchilar ushbu mavzu orqali boshqa viloyatlar, ya’ni O’rta Osiyo mamlakatlarining tabiiy-iqtisodiy geografik xususiyatlari, aloxida viloyatlarning tabiiy-iqtisodiy geografik xususiyatlarini, aholining o’sishi va xo’jalik geografiyasini, yuksak rivojlangan rayonlarini, eski sanoat rayonlarini, qoloq agrar rayonlarini, yangi o’zlashtirilayotgan rayonlarini, xalqaro iqtisodiy integratsiya ta’siri kabi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar.

Sobiq ittifoq davrida mamlakatimiz iqtisodiy rayonlari ularning rivojlanish xususiyatlariga unchalik e’tibor berilmasdi. Natijada shu davrda maktabda o’qigan o’quvchilarning O’zbekiston viloyatlari hududlaridagi bilimlari nihoyatda sayoz edi. O’zbekiston o’z mustaqilligiga erishgach o’z istiqlol va taraqqiy yo’lini o’zi belgiladi. O’z iqtisodiyotini o’zi yuritish kabi yutuqlarini qo’lga kiritdi. Shundan so’ng darsliklar ham qayta ko’rilib chiqildi. Maktab geografiya darsliklari ham yangi dasturda qaytadan tuzilib chiqildi. Bunda birinchi qismda O’zbekiston tabiatiga umumiy ta’rif berilib, ikkinchi qismda O’zbekitonning 8 ta iqtisodiy rayonlari hamda tashkil etuvchi viloyatlariga tavsif berishdan iborat.

Menning malakaviy bitiruv ishim geografiya ta’limida tasviriy vositalardan foydalanish mavzusini o’qitish metodikasiga bag’ishlandi, har bir iqtisodiy rayonni o’quvchilarga o’qitish, o’rgatish qanchalik muhim bo’lsa, bu mavzuni o’rganish ham shunchalik katta ahamiyatga ega.

Mavzuda asosan O’zbekiston, jumladan viloyatlarining tabiiy va iqtisodiy geografik o’rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari, aholisi va mehnat resurslari, xo’jaligi va yirik shaharlari haqida o’quvchilarga tasviriy vositalar orqali tushuncha va ma’lumotlar beriladi. Mavzuning ahamiyati quyidagilardan iborat.

Birinchidan o’quvchining mamlakat haqidagi bilimini uning sarhadlari tabiiy boyliklarini aholisini, xo’jaligi va yirik shaharlarini, viloyatlar haqidagi tushunchalarin ixtisoslashish tarmoqlarini shakllantiradi.

Ikkinchidan O’zbekiston, uni tashkil etuvchi viloyatlarining boshqa iqtisodiy rayonlar orasida tutgan o’rni, uning mamlakat iqtisodiyotidagi roli haqida o’quvchilarga ma’lumot berilib, ularning bilimlarini shaklantirishdan iborat.

Uchinchidan Shu bilan birga o’quvchilarga yozuvsiz karta bilan ishlashning atlasdan ko’chirishni o’rgatish, ularning rassomchilik faoliyatlarini shakllantirish va hozirgi kunda iqtisodiy rayon haqidagi bilimlarini ma’lum bir tizimga solishdan iborat.

To’rtinchidan Darsni tashkil etishda muhim nuqtalar, xususan qanday geografik nomlar yangi terminlar o’rganilishini aniqlab olish ham alohida ahamiyatga ega.

Beshinchidan Oldin o’rganilgan iqtisodiy rayon haqidagi bilimlardan qaysilari qaytariladi, qaysilariga suyanib bilim beriladi, boshqa fanlardan berilgan tushunchalardan qaysilari esa olinadi, ya’ni fanlararo aloqaga ham e’tibor berishiga ham bog’liq. Darsda bu mavzuning o’qitish ahamiyati o’quvchi o’z fanining bilimdoni va o’z ustida tinmay ishlashi ilg’or tajribalari bilan bevosita bog’liq.

Yangi ta’lim tizimiga o’tilayotgan hozirgi davrda har bir fanning o’qitish mazmunini qayta tahlil va bunda tubdan islox qilish nuqtai nazarida yondashuv kerak bo’ladi.

Mamlakatimiz mustaqilikga erishgandan keyin sobiq Sovet davridan “meros” qolgan eski uskunalarning yangi va zamonaviylari bilan almashtirish, barcha soxalarni komyuterlashtirish ish yuritish shaklini tubdan o’zgartirish masalalari keskin o’rtaga qo’yildi.

Hozirgi kunda nafaqat informatika balki boshqa fanlarni ham o’zlashtirish, kompyuter xonalarining faoliyatini tashkil etish va ulardan samarali foydalanishga ko’p jihatdan bog’liqdir.

Geografiya ta’limida ham kompyuterlardan foydalanish o’z natijasini bermoqda. Kompyuterdan foydalanib dars o’tish noananaviy bo’lganligi uchun emas, balki o’zining qulay va qiziqarli dars uslubi bo’lgani uchun ham boshqa dars uslublari ichida ajralib turadi. Kompyuter orqali o’quvchi ham, o’qituvchi ham o’z vazifasini to’la bajara olish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Bunga misol qilib quydagi dars jarayonini ko’rib chiqamiz. O’quvchilar bilan yangi dars jonlantiriladi. Bu dars sentyabr oylarida 7-sinf o’quvchilari bilan o’tiladi, chunki ular 6-sinfda beysik dasturlash tili, xizmatchi va buyruq so’zlari bilan tanishgan, bemalol shakllar chizib, ularga dastur tuza oladilar.

Dars o’quvchining kirishi so’zi bilan boshlanadi. O’qituvchi, aziz o’quvchilar, siz quyi sinflarda kompyuter bilan qanday ishlashni o’rgangansizlar. Endi esa kompyuter yordamida yozgi ta’tilda qayerlarga bordingiz, nimalarni uchratdingiz, shularni dastur orqali ifodalaysiz.

O’quvchilar dastur tuzishga kirishadilar. Dasturni esa “Gul va Quyosh” deb nomlaydilar.

Birinchi o’quvchi kompyuterda “Gul va Quyosh”ni tasvirlaydi.

Ikkichi o’quvchi: “Yozgi ta’til davomida eng qiziqarli va esda qoladigani-bu mening dadamning tiko mashinasida sayoxatga chiqanimiz bo’ldi” deb, u manzarani dastur orqali davom ettiradi.

Uchinchi o’quvchi: “Birinchi marta samolyotda uchishim” deb dasturga samolyot rasmini kiritadi.

Shunday qilib, o’n o’quvchi kompyuterlarining ekranlarida shakl yasash operatorlari yordamida chizilgan turli xil shakl, tabiat manzaralarni, o’simliklarini, uchratgan hayvonlarini tasvirlagan bo’ladilar. Ulardan biri daraxt ostida chumoli ini va quyosh rasmini chizadi. Quyoshga qaragan tomon daraxtning shoxlari ko’proq., chumoliini ham shu tomonga qaragan holda chizilgan.

O’quvchi: aytingchi, nega daraxtlar shoxi notekis, quyosh tomondagisini serbargli qilib chizding?

O’quvchi: daraxtlarda sodir bo’ladigan fotosintez jarayoni quyosh ta’sirida sodir bo’ladi. Shuning uchun daraxtlar ko’proq fotosintez bo’lishi uchun quyosh nuridan ko’proq foydalanish uchun barglarini shu tomonga qaratgan. Shunga ko’ra quyosh tomonga qaragan tomoni ham sershoxli bo’ladi.

O’qituvchi: nega chumoli inining og’zini daraxt tomonga emas quyosh tomonga qaratib qo’yding?

O’quvchi: ular ham quyosh nuridan baxramand bo’lishi uchun inining og’zini quyoshga qaratadi.

O’qituvchi: bu narsalardan biz nimalarni aniqlab olishimiz mumkin?

O’quvchi: agar biz biror joyga borib, adashib qolsak shimol va junubni, g’arb va sharqni qayerda ekanini aniqlashimizda yordam beradi.

Tajribalar shuni ko’rsatadiki, ta’lim jarayonini kompyuterlashtirish, qolaversa, noan’anaviy dars o’tish an’anaviy dars tizimidan qo’yidagi jihatlar bilan farq qiladi.



      • o’quvchini o’z ustida ko’proq ishlashga, adabiyot qidirib o’qishga, o’zi mustaqil faoliyat ko’rsatishga undaydi;

      • o’quvchining fanga bo’lgan qiziqishini orttiradi;

      • o’quvchilarni qo’shimcha savol berish va ularni javoblarini tinglash imkoniyatini beradi;

      • o’quvchi bilimni odilona baholashni ta’minlaydi.




    1. Download 300.5 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Download 300.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB. GEOGRAFIYA DARSLARIDA QO’SHIMCHA

Download 300.5 Kb.