GEOGRAFIK HODISA, JARAYON VA QONUNIYATLARINI KO’RGAZMALILIK ASOSIDA O’RGANISH




Download 300.5 Kb.
bet16/25
Sana19.05.2021
Hajmi300.5 Kb.
#14555
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
GEOGRAFIK HODISA, JARAYON VA QONUNIYATLARINI KO’RGAZMALILIK ASOSIDA O’RGANISH

Geografiya darslarining jonli mazmunli va qiziqarli bo’lishida didaktik ko’rgazmali qurollarning ahamiyati benihoyat kattadir. Ko’rgazmali qurollarning yana bir muhim jihati shundaki ular o’quvchi va talabalarning eslab qolish qobiliyatini o’stirishda ham o’ziga xos rol o’ynaydi. Chunki ko’z bilan ko’rish orqali tasavvur hosil qilish bilan eshitib tasavvur qilish orasida katta farq bor.

Geografiya fani o’zining qiziqarli, o’zgaruvchanligi xilma- xilligi, tabaiatni o’rganuvchanligi bilan boshqa fanlar orasida ajralib turadi. Shuning uchun geografiya o’qitish metodikasi ham mazmunli va qiziqarlidir.

Ayniqsa, geografiya fani o’qitishda qo’shimcha ma’lumotlarning o’rni beqiyosdir. Chunki geografiya tabiatga bog’liq fan bo’lganligi uchun uni tasvirlarsiz tasavvur qilish qiyin.

Geografiya o’qituvchisi qanchalik tajribali, nutqi chiroyli, ravon va sodda bo’lmasin, u darsni quruq so’zlar bilan o’tmasligi kerak. O’qituvchilarga o’zi tug’ilib o’sgan joylarning tabaiatidan keskin farq qiluvchi landshaftlar haqida bilim berilganda uning tasvirini ko’rsatib berishi o’quvchilarni shu fanga bo’lgan qiziqishini orttirib boradi. Tasvirli o’quv qurollaridan foydalanish geografik tasavvurni shakllanishiga tushunchalarning aniq o’zlashtirilishiga yordam beradi. O’qituvchi tasvirli materiallardan foydalanayotganda o’quvchilar diqqatini o’rganilayotgan obyekt tasavvurini kuzatishga uning o’ziga xos belgilarini aniqlashga va umumiy xulosalar chiqarishga jalb etishi va tasvirga izoh berib borishi kerak.

“Biz ravshan ta’surotlarni ko’rish orqali hosil qilamiz, chunki biz ko’zimiz bilan ko’rgan narsalarni osonroq tasavvur qilamiz. Ayni bir vaqtda ham ko’rish, ham eshitish ham musul harakati yordami bilan hosil qilingan ta’surot esa ayniqsa ravshan tasavvur hosil qiladi va xotirada uzoq saqlanadi.” – deb aytgan edi rus pedagogi K.D.Ushinskiy. Darhaqiqat didaktik ko’rgazmali qurollar ayrim geografik hodisalar o’rtasidagi bog’lanishni insonning tabiatiga ta’sirini va uning turli sharoitdagi faoliyatini aks ettirib talaba va o’quvchilarning dunyo qarashini shakllantirishga va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda yordam beradi. O’quv kabinetlarning texnik asbob uskunalari va eng yangi uslubiy qo’llanmalar bilan ta’minlanganligi hamda bir qator didaktik materiallarning mavjudligi bunga ancha yordam beradi. Shu bilan birga dars berish jarayonida qo’l bola didaktik materiallardan foydalanish ta’lim tarbiya samaradorligini yanada oshiradi.

Hozirgi zamon sharoitida ko’rgazmalilik tamoyili o’qituvchiga quyidagi talablarni qo’yadi.

Birinchidan o’quv materiallarni o’rganish jarayonida hissiy obrazlarning zarurligini tushunish kerak.

Ikkinchidan hissiy obrazlardan darsda o’quvchilar rivojlanishining mustaqil jihati sifatida yoki mavhumlikni shakllantirish vositasi sifatida foydalanish xususiyatini aniqlash lozim.

Uchinchidan darsda hissiy obrazlar qaysi bir ko’rgazmali qurollar yoki texnikaviy vositalar yordamida shakllanishini hal qilib olish kerak.

To’rtinchidan o’quvchining bilish faoliyatidan tabiatdagi mavjud narsalarni qurshab turgan voqelik hodisalarni tasavvur etish tendensiyasini vujudga keltirishi.

Beshinchidan o’quv materiali yig’indisi va tegishli shart – sharoitlarning mavjudligi. Ko’rgazmalilik ta’limda onglilikni ta’minlash vositasidir. Bunda o’z vaqtida mashhur rus pedagogi K.D.Ushenskiy alohida e’tibor bergan edi. U “Ko’rgazmali o’qitish haqida” nomli maqolasida “Ko’rgazmali o’qitishning o’zi nima?” degan so’roqqa shunday javob beradi: “Bu shunday o’qituvchi, u mavhum tasavvur va so’zlarga emas, balki bolalar bevosita idrok qilgan aniq obrazlarga asoslanadi, bu obrazlarni bolalar mualimning rahbarligi ostida o’qitish jarayoninig o’zida bilib olishganmi, yoxud ilgari mustaqil kuzatish natijasida bilib olishganmi, baribir, xullas, murabbiy bolaning qalbidan tayyor obrazlar topib o’z ta’limini ana shu obrazlar bilan asoslaydi”.

Endi ko’rgazmalilik tamoyilini onglilik tamoyili bilan yonma - yon qo’yib o’rganishga ehtiyoj bormi, degan savolning tug’ilishi tabiiydir. Ta’limda ko’rgazmali qurollardan foydalanish o’quvchining tafakkuri darajasiga ko’ra belgilanadi. Kichik maktab yoshidagi (7 – 11 yosh) bolalarda aniq fikrlash ustun bo’lib ular rasm, jadvallar asosida narsa – voqealarning mohiyatini chuqurroq anglaydi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda aniq – obrazli, harakatchan – obrazli fikrlash formalarning taraqqiy etganligi ta’limda ko’rgazmali qurollardan ko’proq foydalanishni taqazo etadi.

Bolaning yoshi ulg’ayib, ijtimoiy tajribasi osha borgan sari, unda tafakkurning mavhumlash, umumlashtirish, ajratish kabi sifatlari rivojlanadi, bola induktiv va deduktiv xulosalar chiqarishni o’rganib oladi. Katta maktab yoshidagi (11 – va undan yuqori yosh) bolalar bilimlarini ta’riflar, aksiomalar, xulosalar, farazlar shaklida qabul qila oladi. Bu yoshdagi bolalarda ratstional, navari fikrlashning o’sganligi ko’rgazmali qurollar turini o’zgartishni taqazo etadi. Endi kurgazmali qurol sifatida turli chizmalar, simvolli belgilar, diagrammalalrdan foydalanish imkoniyati tug’iladi. Ana shularning barchasi ko’rgazmalilik tamoyilining onglilik tamoyili bilan uzviy bog’liqligini isbotlaydi va ularni yonma – yon tavsiflashni talab etadi. Ko’rgazmalilik juda ko’p tortishuvlarga sabab bo’lgan, uzoq ta’rifga ega ta’lim tamoyillaridan biridir. O’rta asrlarda verbal ta’lim keng tarqalgan edi. Verbal ta’limiga ko’ra, narsa – hodisalar oldin so’z (nutq) vositasidir izohlanadi, so’ngra o’rganilgan narsalarning rasmi, sxemasi ko’rsatiladi.

Bunday ta’limda so’z birinchi o’rinda turadi. Ta’limning yo’nalishi “so’zdan narsaga” shaklini oladi. Unda mexanik yodlashga keng o’rni beriladi. Hatto uyg’onish davri gumonisti Errazm Rotterdamskiy (1467 – 1536) o’z pedagogik qarashlarida bola oldin so’zni, keyin narsani tushunsin, deb targ’ib qilgan edi. Verbal ta’limida fan tarixida birinchi bo’lib ingliz faylasufi Frensis Bekon (1561 - 1620) tanqid etgan. Uning sensualistik falsafasiga ko’ra “bilish ezgulikdan boshlanadi”. U hodisalarni kuzatish eksperement yo’li bilan o’rganish mumkin, deb hisoblardi. Frensis Bekonning sensualistik falsafasini pedagogik nazariya va pedagogik amaliyotda birinchi marta Ya.A.Kamenskiy tadbiq etgan. U “Buyuk didaktika” kitobining “Hayotni davom ettirish asoslari” bobida ko’rgazmalilik tamoyilini quyidagicha asoslagan edi: ongda sezgilardan tashqari hech narsa bo’lmaydi, aql fikrlash, mulohaza qilish uchun sezgilarga (sezilgan narsalarga) tayanadi. Fikrlash ichki sezgilar vositasida takomillashadi. Narsalar – mag’z, so’z po’stloq. Ta’limda ko’rib bo’ladigan narsalar ko’zga eshitiladigan narsalar quloqqa hidlanadigan narsalar barmoqlarga ta’sir etmog’i kerak.

Fransuz ma’rifatparvari Jan Jak Russo Ya.A.Komenskiydan bir asr keyin “Mahmaddona o’qituvchi mahmaddona shogirdlarni tarbiyalaydi. Narsalarni, narsalarni bering”, - deb talab etgan edi. K.D.Ushenskiy ko’rgazmalilik tamoyilini asoslash uchun quyidagi o’xshatishni keltiradi. “O’rgimchak juda ham nozik ipni bir oyog’i bilan emas, balki ko’p oyog’i bilan ishlab olib uning ustida hayron qolarli darajada epchillik bilan to’g’ri yuradi: bir oyog’i tig’anib ketsa ipini ikkinchi oyog’i bilan ushlab qoladi.” U shu o’xshatishga asoslanib o’qituvchilarga shunday maslahat bergan. “Bolaning esida biron narsaning mahkam o’rnashib qolishini xoxlovchi pedagog bola sezgi organlarining mumkin qadar ko’prog’ini ko’z, quloq, muskul sezgisi va hatto agar iloji bo’lsa hidlash va ta’m bilish organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashtirishga harakat qilish kerak”.

Shunday qilib Ya.A.Komenskiydan K.D.Ushenskiygacha bo’lgan davrda ko’rgazmalilik tamoyilining ikkinchi shakli “Narsadan so’zga” paydo bo’ladi. Garchan ko’rgazmalilik tamoyilining “Narsadan so’zga” shakli bolaning xotirasiga asoslangan bo’lsa – da u o’quv tarbiya ishlarida ulkan burilish bo’ldi. Bizning asrimizda – ilmiy – texnika inqilobi sharoitida ko’rgazmalilik tamoyilini amalga oshirishning uchinchi shakli – “So’zni (nutqni) ko’rgazma qurolga uyg’unlashtirish” g’oyasi paydo bo’ldi.

Hozirgi paytda ko’rgazmalilik tamoyili doirasi ancha kengaydi. Nutqni ko’rgazma qurol darslik harakatchan didaktik materiallar texnik vositalar bilan uyg’unlashtirish ko’rgazmalilik amalga oshirishning asosiy uslubiga aylanmoqda.

Biz mashg’ulot davomida mavzuga oid ma’lumotlarni berishda turli didaktik materiallardan foydalanamiz. Ushbu materiallardan bevosita yoki vositalar yordamida foydalanishimiz mumkin. Avvalo biz didaktik materiallarning bevosita qo’llaniladigan oddiy turlari bilan tanishib chiqamiz.Bunday didaktik materiallar qanday maqsadda qo’llanilishiga qarab bir necha turlardan iborat bo’ladi.


Oddiy didaktik materiallarning klassifikastiyasi 1-chizma






Download 300.5 Kb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Download 300.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



GEOGRAFIK HODISA, JARAYON VA QONUNIYATLARINI KO’RGAZMALILIK ASOSIDA O’RGANISH

Download 300.5 Kb.