• XULOSA VA TAKLIFLAR
  • Jamiyatni ma’naviy jihatdan yangilamay




    Download 300.5 Kb.
    bet23/25
    Sana19.05.2021
    Hajmi300.5 Kb.
    #14555
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
    Jamiyatni ma’naviy jihatdan yangilamay,

    respublika fuqarolarining yangi avlodini

    tarbiyalamay, erkin mustaqil fikrlovchi

    shaxsni shakllantirmay turib, farovon,

    qudratli, demokratik davlat, erkin

    fuqarolik jamiyati barpo etib bo’lmaydi.

    I.A.Karimov.
    XULOSA VA TAKLIFLAR

    Geografiya fanlari ham boshqa fanlar qatori yangicha sharoitda rivojlanib bormoqda. O’quv jarayonida u yosh avlodga mamlakatlarning o’ziga xos tabiiy resurslari, aholisi va xo’jaligining hududiy jihatlarini, jahon siyosiy kartasi va hamjamiyatining nufuzini tobora ortib borishini o’rganishga yordam beradi. Nazariy va amaliy yo’nalishda esa mazkur fan mamlakatlarining mintaqaviy siyosati, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish bilan bog’liq muammolarini hamda bozor munosobatlariga o’tish davrida xalq xo’jaligining turli tarmoqlari sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, aholiga xizmat ko’rsatish sohalari, infrastruktura tizimini shakllantirish, ijtimoiy ekologiya kabi muhim masalalarini tadqiq qilishda katta ahamiyatga ega.

    “Kadrlar tayyolash milliy dasturi”dagi ta’lim tizimini yaxlit axborot makonini vujudga keltirish deb nomlangan bandida “Zamonaviy axborot texnologiyalari kompyutirlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlash rivojlanib boradi. Ta’lim jarayonida ommaviy axborot vositalarning mavqei oshib boradi televidiniya va radioning ta’lim dasturlari intellektuallashuvi ta’minlanadi. Fan va ta’limning nashriyot bazasi rivojlantiriladi o’quv va o’quv uslubiy ilmiy adabiyotlar va ma’lumotnomalar bilan ta’minlashning barqaror tizimi shakllantiriladi. Bu avvalo ta’lim tarbiya jarayonini axborot texnologiyalari bilan ta’minlash o’qitishni kompyuterlashtirish ya’ni o’quv tarbiya ishlarini didaktik vositalar majmui asosida qurish masalasini hal etishni nazarda tutadi.

    Pedagog olim J.G.Yo’ldoshev ta’kidlaganidek “O’qituvchi o’quvchini faollashtiradigan o’zi va o’rganuvchi uchun qulay bo’lgan yo’llarni usul va uslublarni o’qitish shakllari metod va vositalarni izlaydi ularni takomillashtiradi. Shu boisdan ham “pedagogik texnologiya” ,”didaktik texnologiya ” , ” ta’lim texnologiyasi” atamalari qatoridan “pedagogik innovatsiyalar” atamasi mustahkam o’rin olmoqda.

    Men bitiruv malakaviy ishimni yozish davomida to’plangan ma’lumotlarim asosida quyidagi xulosa va takliflarni berishga harakat qilaman.

    Mening fikrimcha bitiruv malakaviy ishlar mavzusini IV kursda emas balki talabaning qobiliyatini bilimini hisobga olgan holda 2-3 kursdan belgilab berilsa shuning ilmiyligi yanada oshardi.



    Malakaviy bitiruv ishimni yakunlar ekanman, shunday xulosalarga keldim.

    • eng avvalo, geografiya fanini o’qitishni qo’shimcha ma’lumotlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi;

    • qo’shimcha ma’lumotlar orqali o’tilgan dars jonli kechadi;

    • qo’shimcha ma’lumotlar yordamida kartani o’zlashtirish oson bo’ladi;

    • qo’shimcha ma’lumotlar bilan o’tilgan mavzu o’quvchilar ongiga uzoq vaqt saqlanib qoladi;

    • qo’shimcha ma’lumotlar orqali har qanday fanning har qanday mavzusini osongina o’zlashtirsh mumkin.

    • qo’shimcha ma’lumotlar yordamida noan’anaviy dars tashkil qilish o’z samarasini bermay qolmaydi,

    • qo’shimcha ma’lumotlar bilan o’tiladigan darslar o’quvchilarni fanga bo’lgan muhabbatini oshiradi;

    • qo’shimcha ma’lumotlar yordamida dars o’tish va tasviriy vositalarni o’quvchilar bilan birga tayyorlash ularning dunyoqarashini shakllantiradi, ekrin fikrlashga o’rgatadi va hokazo.

    Ushbu ish kelajak avlodni barkamol qilib tarbiyalashda muhim qo’llanma bo’lib xizmat qilsa, o’zimni baxtiyor his etardim. Zero, prezidentimiz aytganlaridek, qudratli, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etish uchun shu davlatning yangi avlodlarini tarbiyalash erkin, mustaqil fikrlovchi shaxsni shakllantirmoq zarur.



    Download 300.5 Kb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




    Download 300.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jamiyatni ma’naviy jihatdan yangilamay

    Download 300.5 Kb.