GEOGRAFIYA TA’LIMDA RASMLARDAN FOYDALANISH




Download 300.5 Kb.
bet21/25
Sana19.05.2021
Hajmi300.5 Kb.
#14555
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
GEOGRAFIYA TA’LIMDA RASMLARDAN FOYDALANISH

METODIKASI

Rasm darsda bilim manbalaridan biri bo’lib xizmat qiladi. Shu sababdan o’rganiladigan obyekt va hodisalarni ko’rib tasavvur qilishda rasmlarning ahamiyati kattadir. Rasmlar joyining asosiy xususiyatlarini ochiq va ravshan ko’rsatib beradi. Rasmda tasvirlangan tabiiy geografik jarayonlarni (vulqon otilishi, tabiat zonalarining lanshafti, daryolar va ularning relef shakllari) mushohada hamda muxokama qilish maqsadga muvofiqdir. Bunda o’qituvchi bir necha savollar berib, o’quvchilar e’tiborini rasmning asosiy qismiga tortadi. Rasmni karta va globus bilan bog’liq holda o’rganish, undagi tasvirni kartadan topish o’quvchilarning rasm bilan kartani birga qo’shib o’rganishda alohida ahamiyat kasb etadi. Darsni yangi materialga, mavzuga tegishli rasmlarni tahlil qilishdan boshlash ham mumkin.



Darslik rasmlari muhim kurgazmali qurol vazifasini ham o’taydi. Uni darsda tahlil qilish va xulosalar chiqarish, matn mavzusiga oid aloqadorlik tomonlarini topishda katta ahamiyatga ega. IV-VI sinf o’quvchilarining fikrlash qobiliyatlari bir muncha sust. Shu tufayli darslikdagi rasmlar ularda qiziqish va faolligini oshirishga yordam beradi. O’qituvchining asosiy vazifasi o’quvchilarni rasm va boshqa ko’rgazmali qo’llanmalar bilan ishlash metodlarini o’rgatishdan iborat. Buni qo’yidagicha tartibda amalga oshirish mumkin.

  1. Rasmning mavzusini o’rganish;

  2. Uni butunligicha o’rganish;

  3. Rasmni qism-qismlarga bo’lib tahlil qilish;

  4. Rasmda qismlar o’rtasidagi aloqadorlikni o’rganish;

  5. Rasm haqida umumiy tasavvur hosil qilish;

  6. Rasmga qarab xulosalar chiqarish.

Masalan, daryo sistemasi rasmni quyidagicha tahlil qilish mumkin. O’quvchilar diqqatiga qo’yidagicha savollar havola etiladi.

  1. Rasmda daryo sistemasining qaysi elementlarini ko’rib turibsiz?

  2. Daryolar qayerdan boshlanadi, ularni nima deb ataysiz?

  3. Tog’lardagi qor va muzlar qanday paydo bo’lgan?

  4. Rasmda suv ayrigichini toping. Suv ayrigichi nima deb ataladi?

  5. Daryoning o’ng va chap irmoqlarini toping?

  6. Daryoning mansabi va manbai deb nimaga aytiladi? Ularni rasmdan toping.

  7. Rasmda tekislik daryosi aks etganmi yoki tog’ daryosi?

  8. Rasmdan tog’ chuqqisi, yonbag’ri, etagini ko’rsating va hokazo.

Ushbu rasmni tahlil qilish o’quvchilarda nafaqat rasmlar bilan ishlash ko’nikmasini shakllantiradi, balki «daryo sistemasi» tushunchasining to’laqonli shakllanishiga ham yordam beradi. Rasm bilan matnning bog’liqligini 4 ta guruhga ajratish mumkin.

  1. Matn materiallari rasm materiali bilan to’ldiradi.

  2. Rasm materiallari matndan olingan materiallar bilan to’ldiriladi.

  3. Rasm va matn bir-birini to’ldirmaydi. Rasmdagi materiallar betaraf bo’lib qoladi.

  4. Matn va rasmdagi materiallar bilan uyg’unlashgan bo’ladi.

  5. Matnni rasmsiz, rasmni matnsiz tasavvur qilish qiyin. Bu ko’proq tekst kartalariga bog’liq.

Darslik rasmlari bilan ishlashda eng asosiy e’tiborni ular bilan mustaqil ishlay olish ko’nikmalarini shakllantirishga e’tibor bermoq kerak. Ularni o’qish metodlarini o’quvchilarga eslatma sifatida daftarlariga yozib qo’yishlari foydadan xoli emas. Bu eslatma taxminan quyidagicha bo’lishi mumkin:

  1. Rasm pastidagi yozuvni diqqat bilan o’qing.

  2. Mavzu matnida ushbu rasmning tushuntirilishi yoki izohi berilganmi?

  3. Ushbu rasmda nimalar aks ettirilgan.

  4. Undan foydalanib matn haqida gapiring.

  5. Sizningcha, rasmning qanday kamchiliklari bor? Siz unga qanday qo’shimchalar qo’shgan bo’lar edingiz?

  6. Rasm bo’yicha qisqacha xulosa qiling.

  7. Darslik matini bo’yicha siz qanday rasm taklif qilgan bo’lardingiz va hokazo.

  8. Ilg’or tajribalar va tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, darslik matndagi rasmlar bilan ishlashda o’quvchilar dastlabki paytlarda bir muncha qiynaladilar. Darslarda ular bilan izchil va muntazam ishlash yaxshi natijalar beradi. Ayniqsa, o’quvchilarni darslik matni bo’yicha qo’shimcha rasmlar chizib kelishga, mavjudlarini to’laqonli egallashga yordam beradi. Bu ularda darslik bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirilishi muhim omil hisoblanadi.

Kodoskop bilan ishlash. Kodoskop (kod franstuzcha-ayrim so’z, raqam, harflar tarzidagi shartli belgilar sistemasi va “skop” grekcha-ko’rish, kuzatish ma’nosini bildiradi)-maxsus shaffof plyonka yoki shishaga tushirilgan yozuv rasm, sxema, chizmalar, shuningdek maxsus yirik o’lchamli diopozitivlarni ekranda ko’rsatadigan asbob.

Kodoskopda ko’rsatishga mo’ljallangan tekst rasmlarni o’qituvchi darsgacha, shuningdek dars jaryonida ham tayyorlashi mumkin. Yozuvlar va rasmlar stillofan lentaga avtoruchka, siyoh, flamastir va tish bilan yoziladi. Ko’rsatilgan lentalar esa maxsus galtakka uralaveradi. Dars tamom bo’lgach, yozuvlar uchirib tashlanishi yoki qayta ko’satish uchun saqlab qo’yilishi mumkin.

Kodoskopda, mazkur apparat uchun tayyorlangan yirik o’lchamdagi diopozitiv-transporantlar ko’rsatish, ayniqsa qiziqarli. Odatda bir mavzuga oid bir necha transporantlar navbat bilan birining ustiga ikkinchi qo’yib ko’rsatiladi, bu esa biron jarayon yoki hodisaning izchilligini ko’zatish imkoniyatini vujudga keltiradi. Kodoskop, odatda sinfda o’qituvchi stoli ustiga o’rnatiladi. Tasvirni katta o’lchamda ko’rsatish ehtiyoji tug’ilganda kodoskop sinf o’rtasiga (ekrandan biroz uzoqqa) o’rnatiladi.

Kodoskop uchun tayyorlagan maxsus diopozitiv-transporatlarning o’lchami 140x104 mm bo’lib, apparatga o’rnatish uchun chekka tomonida ikkita teshigi bo’ladi. Transporantlarni sinfni qorong’ilatmasdan ham ko’rsatish (demonstrastiya qilish) mumkin. Bu qulaylik ekrandagi zarur va karta bilan bog’lab o’rganish imkonini beradi. Transporantlarni ko’rsatish vaqtida obyektlarning murakkab formalari va elementlarini izohlash obyekt va hodisalarning o’zgarishini bosqichlar bilan ko’rsatish mumkin.



Download 300.5 Kb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Download 300.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



GEOGRAFIYA TA’LIMDA RASMLARDAN FOYDALANISH

Download 300.5 Kb.