QO’SHIMCHA MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISH BORASIDA




Download 300.5 Kb.
bet22/25
Sana19.05.2021
Hajmi300.5 Kb.
#14555
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
2.4. QO’SHIMCHA MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISH BORASIDA

MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMI.

Har bir sohada izlanishlar olib borilganda shu sohaga tegishli muammolar ham ko’zga tashlanadi. Aynan geografiya darslarida kundalik axborot ma’lumotlardan foydalanilganda bir qancha muammolarga duch kelish mumkin. Hozirgi kunda nashr qilinayotgan ro’znoma va jurnallarning sifati ilmiyligi talabga javob bersada ularning obuna bahosi judayam qimmatdir. Masalan “Fan va turmush” jurnali 2 oyda bir marta chop etilsada bir yillik obuna narxi 38628 so’mni “Ekologiyasi” xabarnomasi jurnali har oyda bir marta nashr etiladi bir yillik obuna narxi esa 108696 so’mni tashkil etadi.

Respublikamizda nashr etilayotgan ro’znomalarning obuna narxi ham juda qimmat bo’lib “Ma’rifat” ro’znomasining bir yillik obuna narxi 74760 so’mni “O’zbekiston ovozi” roznomasi bir yillik esa 78780 so’mni “Xalq so’zi” roznomasining bir yillik obuna narxi esa 106248 so’mni tashkil etadi.

Maktabda dars berayotgan geografiya o’qituvchisining esa bu ro’znoma va jurnallariga yakka tartibda a’zo bo’lish imkoniyati mavjud emas.

Mening fikrimcha maktab o’qituvchilari ro’znoma va jurnallarga obuna bo’lishganda aynan o’quv jarayonida foydalanish imkoni bo’lgan ro’znoma va jurnallarga obuna bo’lsalar maqsadga muvofiq bo’ladi. Hozirgi paytda olinayotgan axborotlar o’ziga xos tezkorlikni jalb etadi. Darhaqiqat bilim bu axborotlar majmui ma’lumotlar yig’indisidir. Axborot esa bilim ko’nikma malakalar manbai izohidir. Inson hayoti davomida doimo bilimga axborotga intilgan va tabiat jamiyat taraqqiyoti uchun muayyan ma’lumotlarni egallay olgan . Bilimlarni qo’lga kiritish ko’nikma malakalarni o’ziga hosil qilishning yo’llarini qurolini kashf etishga intilgan va bunga ma’lum darajada erisha olgan.

XX asr fan texnika taraqqiyoti asri bo’lib olinayatgan barcha axborotlar o’quvchi qo’liga yetib keladi. Men tanlagan mavzu hozirgi zamonga mos dolzarb hisoblansada maktab va kollejlarida o’tilayotgan geografiya darslarida kundalik axborot ma’lumotlardan foydalanish talab darajasida deb bo’lmaydi. Pedagogik amaliyot davrida geografiya darslarini tahlil qilganimda darslik ma’lumotlardan foydalanib dars o’tilayotganligiga guvoh bo’ldim. Hozirgi maktab o’quvchisi ro’znoma jurnal radio television ma’lumotlardam emas balki internet ma’lumotlardan xabardor bo’lishga intiladilar . Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlarning deyarli barcha ta’lim muassasalarida o’qitish jarayonida jadallashgan telekommunikatsion moslamalar bilan o’zaro munosabatda bo’lishning elektron imkoniyatlari yaratilmoqda.

So’nggi yillarda internet texnologiyalaridan masofadan o’qitish texnologik asoslari haqida ko’p gapirilmoqda. Bu esa o’z vaqtida texnikaviy aloqa vositalarining yuksak imkoniyatlari mavjudligini hamda internet kompyuter tarmog’ining keng tarqalganligidan dalolat beradi. Masofasi o’qitishning turli modellari uchun mavjud bunday asosning afzallik tomoni shundaki unda axborot kommunikativ texnologiya vositalarining didaktik xususiyatlari mavjud bo’lib ular quyidagi omillar orqali belgilanadi.


  1. Istalgan hajmdagi axborotlarni turli masofalarga favqulotda tez yetkazib berish imkoniyatining mavjudligi

  2. O’z ish joyidan turib internet tarmog’i orqali axborotni tez va oson o’zgartirish imkoniyatining borligi

  3. Muayyan axborotni kompyuter xotirasida kerakli vaqtida saqlab turish uni tahlil qilish ishlab chiqish va boshqa imkoniyatlarning asoslanganligi

  4. Turli axborot manbalariga birinchi navbatda internet Web slaydlariga yo’qotilgan ma’lumotlar bazasiga internet tizimi orqali butun dunyo bo’yicha ko’p sonli konferensiyalarga kirish va ushbu ma’lumotlar bilan ishlash imkoniyatining mavjudligi

  5. Elektron konferensiyalar kompyuter audio va video konferensiyalarni tashkil qilish imkoniyatining asoslanganligi

  6. Internet tarmog’iga ulangan istalgan hamkor bilan o’zaro muloqotda bo’lish imkoniyatining borligi

  7. Elekktron konferensiyalar orqali istalgan savol bo’yicha ma’lumotni sorab olish imkoniyatining mavjudligi

  8. Olingan materiallarni o’z disketasiga ko’chirib o’tkazish va ularni ochib ko’rib foydalanuvchining ular bilan o’ziga qulay vaqtida qachon va qanday ishlash imkoniyatining kengligi. Internet axborotlarning keng tarqalishi vaqt moliyaviy to’siqlarni bartaraf etish sezilarli darajada kamaytirdi. O’zining intergratsiyalashgan axborot tizimini tuzishga olib kelda. Albatta bu holat ta’lim tizimi uchun katta ahamiyatga ega chunki axborot barcha ta’lim dasturlarining mavjud muhitidir.

Masofali o’qitish internet tarmog’i Web texnologiyalariga asoslanib ishlashga moslashgan axborot texnologiyasi hisoblanadi. Chunki masofadan o’qitish nafaqat o’qotuvchi balki aloqa qilish imkoniyatlarini turli xildagi aqliy va ijodiy faoliyat hamkorligini joriy qilish imkoniyati katta bo’ladi.

Maktab geografiya ta’limida faqatgina darslikdan foydalanib emas balki kundalik axborot ma’lumotlardan foydalanilsa darsning samaradorligi yanada oshadi. Men pedagogik amaliyotni o’tish davrida 9-sinflarda “Jahon iqtisodiy ijtimoiy geografiyasi” kursini o’tishda aynan kundalik axborot ma’lumotlardan foydalandim. Bunda o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlari ortib boradi.

Dars jarayonida ro’znoma radio television ko’rsatuvlardan aynan o’qituvchining o’zi emas o’quvchilar ham foydalanishlari lozim. Mavzu tugatilganadan so’ng mustaqil izoh tarzida kundalik ma’lumotlardan yozib o’rganib kelish topshirilsa o’quvchining o’z ustida ishlashga roznoma jurnallardan foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lishlariga imkoniyat yaratadi.

Bizga ma’lumki maktablarda darslarning davomiyligi 45 daqiqani tashkil qiladi. O’qituvchi shu 45 minut oralig’ida dars o’tish etaplariga to’liq amal qilsa vaqt taqsimotida noqulaylik vujudga kelmaydi. Shu vaqt oralig’ida 3-5 daqiqa kundalik axborot ma’lumotlar uchun fokfeshdыf maqsadga muvofiq bo’ladi. O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligiga qarashli bo’lgan barcha umum ta’lim maktablairida nashr etilayotgan darsliklar har 3-5 yil oralig’ida qayta nashr ettiriladi.Bu yillar orasida har bir soha bo’yicha qator o’zgarishlar yangiliklar vujudga keladi. Bu yangiliklarni har yilda darslikka kiritish imkoni bo’lmaydi shunday ekan aynan geografiya ta’limida kundalik axborot ma’lumotlardan foydalanish g’oyat muhimdir.

Men geografiya bo’limini tugatganimdan so’ng geografiya o’qituvchisi sifatida yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish jarayonida muhtaram ustozlarimizdan olgan bilimlarim nur misoli yo’limni yoritib turadi. Kelgusida bu mavzu bo’yicha izlanishlarimni davom ettirib alohida qo’llanma sifatida ishlab chiqish niyatidaman.



Download 300.5 Kb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Download 300.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



QO’SHIMCHA MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISH BORASIDA

Download 300.5 Kb.