Geografiya darslarda radioeshittirishlaridan foydalanish metodikasi




Download 300.5 Kb.
bet8/25
Sana19.05.2021
Hajmi300.5 Kb.
#14555
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Geografiya darslarda radioeshittirishlaridan foydalanish metodikasi. O’qitishning audio vizual vositalari tizimida video magnitofon va video yozuvlar muhum pedagogik ditaktik ahamyat kasb etadi.Bu o’quv televidiniyasi o’quv tarbiyasining jarayoniga qollashning yangi bosqichidir. Vidio magnitofon va vidiyoyozuvlar bular magnit plyonkalarda yozib olingan va tasvir hamda tovushni qayta qurish eshitishga moslashgan qurulmalarda. Vidio yozuvlar plyonkani qayta ishlash montaj qilish imkoniyatlariga ega bo’lganligi sababli darslarda o’quv tele- ko’rsatuvlarni qo’llash metodikasi takomillashtira oladi va o’quv tarbiya ishlari sifatini yaxshilash samaradorligini oshirishga xizmat qila oladi. U muhim hodisalar voqealar televizion dasturlarni (o’quv ko’rsatuvlarni) aslidek yoki televizor ekranidan yozib olib qayta ko’rsatish uchun qo’llaniladi. Vidio magnitafonlar video plyerlar va bir blokli bo’lishi mumkin.

Bir blokli videomagnitofonlar to’g’ridan to’g’ri televiziorga o’rnatilgan bo’ladi. Ba’zan bunday televiziorlarni video ikkilik deb ham ataydilar. Videomagnitofonlarning ishlash tamoyilini oddiy magnitofonlarning ishlashiga o’xshaydi. Videomagnitofonlarda kengroq (12,7 mm yoki 50.8 mm) lenta o’rnatiladi.

Ta’lim muassasasi ish faoliyatini ommalashtirish samaradorligini oshirish ta’lim tarbiya jarayonini takomillashtirishda videomagnitofaon va vediokamera texnikasining ahamiyati kattadir. Vediomagnitofon va vediokamera ishlash ixcham va ko’p mehnat talab etilmaydigan vosita hisoblanadi. Masalan, birorbir o’quv tarbiya jarayonini ilgarigidek kinofilm olish ehtiyoji paydo bo’lsa, juda ko’p mehnat kuch mablag’ talab qiladi. Birinchidan hamma o’quv yurti ham kinofilmni suratga olish imkoniyatiga ega emas ikkinchidan suratga olingan kinofilm plyonkasi qayta ishlash montaj qilish uchun vaqt va mablag’ albatta kerak bo’ladi. Uchinchidan suratga oilngan kinofilmni qayta ishlash yoki montaj qilish uchun mutaxassis va montaj qilish vositalari zarur bo’ladi. Bu hamma o’quv yurtida ham bo’lavermaydi. Shuning uchun ko’p mehnat talab qiladigan audiovikual vositalar bilan kinoni suratga olish va qayta ishlash o’rniga videokameradan foydalanishni faoliyatini soddalashtiradi va ishni osonlashtiradi. Chunki hozirgi kunda hamma ham ayniqsa o’qituvchi pedagoglar videokameradan va videomagnitofaonlar bilan qiynalmay ishlay oladilar. Shunga ko’ra ilg’or pedagogik tajribalarni ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni ishlab chiqarishning dolzarb jarayonlarni vediomagnitofan lentasiga yozib olish osongina videomontaj qilish va namoyish etish imkoniyatlari katta. Keyingi davrda shunday vediokameralar yaratiladiki ularning o’zlari vediomagnit lentasiga yozib olingan voqealar qayta ishlash talab etilmayda natijada ulardan foydalanish qulay va oson hisoblanadi.

Keyingi paytlarda o’ta zamonaviy tasvirli vediokameralar paydo bo’ladiki eng kichik narsalarning videoyozuvini yuqori tasvirli va baland ovozli qilib tasvirlab berish imkoniyatlariga ega. Bunda ob’yektning tasviri kichik tuynukdan videoizlovchi kamerasiga tushadi va tasvirni ham ovozni ham kerakli darajada yetkaza olgani uchun tasvir uning xotirasida o’sha zahotdayoq qoladi. O’sha vaqtning o’zidayoq videoyozuvni uncha katta bo’lmagan auditoriyada namoyish qilish mumkin bo’ladi. Katta auditoriyalar uchun ushbu vediokamera olingan yozuv JK-proyektori yoki televizor ekrani orqali namoyish qilishi mumkin.

Televizion texnikalarning takomillashuvi natijasida o’quv televideniyasidan o’quv jarayonida foydalanish oddiy holga aylanib qoldi. Bunda ma’ruza mashg’ulotlarni teleko’rsatuv orqali namoyish etish imkoniyarlari kengaymoqda. Tasvirli videokamera ma’ruza mavzusi bo’yicha ma’lumotlar videoyozuv yordamida videokassettaga tushuriladi va o’quv yurti telestudiyasi orqali namoyish etiladi bu hol o’quv televidiniyasini universal vositalarga aylantirib qo’ydiki natijada texnika vositalarning barchasini jumladan informatsion hisoblash mashinalari (EHM) muhim o’quv jarayonida television moslamalar sifatida foydalanish mumkin bo’ladi.

Shu o’rinda e’tirof etib o’tish joizki o’quv televidiniyasini o’ziga xos xususiyati mavjud bo’lib ular alohida avtanomligi qo’llash imkoniyatining kengliga davomiyligi ketma -ketligi bir-biriga mos o’lshamlari ovoz testlari bilan farqlanadi hamda bunday teledarslarning vaqti 35 daqiqa qilib belgilanadi. Bunday vaqtdan o’tgan teledarslarni teleko’rsatuv deb nomlash mumkin. Chunki televizion moslama yordamida beriladgan tasvirlar dars mavzusi asosida berishi kerak. Shuning uchun vedioyozuvlar darsga qadar tayyorlanishi va mazmuni vaqti sinovdan o’tkazilishi kerak.

Videoyozuvlar asosida tashkil qilinadigan telemashg’ulotlarda o’qituvchi oldindan uning mazmuni didaktik xususiyatlari dars ma’lumotlari bilan bir xilligi o’quv tarbiya yo’nalishidagi (teleekskursiyalar ishlab chiqarish ilg’orlari bilan uchrashuvlar tarixiy obidalarga sayoxat va h.k.)boshqa didaktik vositalar bilan bog’lab olib borishni loyihalashi lozim. Shunda teledars qiziqarli bo’lib uning oldiga qo’ygan maqsad o’z muddaosiga yetadi.

Teledarslar ya’ni televidiniyasi videoyozuv yordamida videomagnitafon yordamida namoyish etiladigan axborotlar tajribaning ko’rsatishcha bir darsda yoki darslar tizimida ma’lumotlarning hajmi xarakterli xususiyatlariga asoslanib qo’llanilishi darslar tizimida didaktik vazifalar xususiyatini inobatga olish ma’lum videoyozuv lavhalarini ayrim bo’limlarini yoki butun bir videoyozuvni televizor ekranida namoyish etishni nazarda tutadi.

Audiovizual didaktik vositalar tizimida o’quv televidiniyasi va videomagnitofonlarning roli biqiyosligini inobatga olib o’quv tarbiya jarayoninitakomillashtirish axborotlarni o’zlashtirish samaradorligini oshirishdagi ulardan foydalanishda quyidagi metodik usullarga rioya qilishni maqsadga muvofiq deb bilamiz. o’quv ma’lumotlari aks ettirilgan videoyozuvni to’liq yoki ayrim lavhalarni namoyish etishdan oldin videoyozuv xususida suhbat uyushtirish tushuntirish va o’quvchilarni lavhani idrok etishga tayyorlash videoyozuv mazmuni bo’yicha savol-javob bahs munozara o’tkazish videoyozuv teledars mazmunini maqsadini diqqat bilan tahlil qilish va o’quv materiallari bilan mantiqiy bog’liqligini ta’minlash lozim.

O’qituvchining ta’sirchan jonli va obrazli film haqidagi kirish so’zi o’quvchilarga film mazmuniga nisbatan qiziqish uyg’otadi. Film mazmunidagi o’quv ma’lumoti shunday vaziyat yaratilib unga rahbarlik qilgan taqdirdagina o’quvchilar tomonidan chuqur idrok qilinadi va o’quv materialini ongli ravishda o’zlashtirish imkoniyatini tug’diradi. Mamlakat ishlab chiqarish to’g’risida ma’lumot beruvchi diofilm yoki qisqametrajli kinofilmlar (mehnat darslarida) o’tkazish yordamida mazkur soha bo’yicha o’quvchi yoshlar bilimlarini chuqurlashtiradi va mamlakat ishlab chiqarishiga havas uyg’otishi tabiiydir.

Shu o’rinda e’tirof etib o’tish joizki o’quv filmlari o’qitishning universal texnik vositasi emas. U o’qitishning boshqa o’quv ko’rsatmasi texnikaviy va kommunikativ texnologiyalarining o’rnini qoplay olmaydi. Shuning uchun uni o’z o’rnida ishlatish talabga muvofiq. Chunki o’quv kinofilmlarning mazmuni ko’pgina hollarda yaxlit o’quv ma’lumotini bayon qilishga mo’ljallangan

Shuningdek o’quv filmida bayon etiladigan o’quv axborotlari o’quvchi yoshlarning bilish faoliyatlari va o’quv bilim qobiliyatlariga mos kelmasligi mumkin. Shuning uchun doimo o’quv filmi mazmunida o’quv ma’lumotlari bo’yicha o’qituvchi albatta suhbat munozara o’tkazishi kerak.





Download 300.5 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Download 300.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Geografiya darslarda radioeshittirishlaridan foydalanish metodikasi

Download 300.5 Kb.