GEOGRAFIYA DARSLARIDA TELEVIZION KO’RSATUVLAR




Download 300.5 Kb.
bet9/25
Sana19.05.2021
Hajmi300.5 Kb.
#14555
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
1.4. GEOGRAFIYA DARSLARIDA TELEVIZION KO’RSATUVLAR,

KANALLARI VA ULARIDAN FOYDALANISH METODIKASI

Televidiniyaning afzalligi shundan iboratki, g bir o’qituvchiga turli joylarda bo’lgan ko’p sonli kishilarni o’qitish imkonini beradi.Oqitishga fan, texnika va madaniyat sohasidagi eng yirik mutaxassislar jalb qilinishi mumkin. Hozirgi vaqtda Markaziy telavideniya uchinchi dastur orqali maktab o’quvchilari, sirtqi oliy o’quv yurtlarining talabalari, chet tillarini o’rganuvchi kishilarga, shuningdek xalq xo’jaligining turli sohalarida ishlovchi mutaxassislar malakasini oshirishga mo’ljallangan o’quv eshittirishlari berib bormoqda. O’quv eshittirishlari oblast television markazlari tomonidan ham olib borilmoqda. Eshittirishlar mavzutikasi maktablar va oliy o’quv yurtlarining o’quv rogrammalariga mos keladi. Ular asosan kechqurun vaqtlarda olib boriladi va o’quvchilarning mustaqil ishlari bilan bog’langan bo’ladi. Keyingi mashg’ulotlarda o’qituvchi o’quvchilarning televizor orqali olgan bilim va tasavvurlarga aytiladi. Ammo bu ko’rsatuvlarni hamma o’quvchilar ham ko’ra olmaydi. Ko’rsatuvlarning bir qismi ertalabki soatlarda olib boriladi va jadval bo’yicha o’tkaziladigan darslarga to’g’ri keladi. Bular maxsus jihozlangan sinflarda o’qituvchining ishtirokida ko’riladi.

O’quv eshittirishlari dasturga tegishli bo’limlari bo’yicha kinofilmlari, teatr postanovkalarini, tabiat, ijtimoiy hayot va ishlab chiqarishga oid turli hodisalarni ularni mashg’ulotda o’rganish bilan parallel ravishda ko’rsatishni nazarda tutadi. Turli fanlarning eng murakkab bo’limlari bo’yicha (ayrim mavzularni obzor qilish bilan ) beriladigan television eshittirishlar katta o’rin egallaydi. Shuningdek zamonaviy texnika bilan tanishtirishni eng yangi jihozlar va turli xil narsalarni ko’rsatishni tadbiq etib tajribalar qilib ko’rsatishni talab etadigan yangi materialni o’rganish mashg’ulotlari ham o’tkaziladi. Sanoat korxonalarining sexlariga qurilishlariga ilmiy laboratoriyalarga televizion ekskursiyalar tashkil etiladi. Televizion mashg’ulotlarning borishida o’qituvchi tushuntiradi va hikoya qilib boradi.Ko’rgazmali qurollar tajribalar kinofilmlar ko’rsatgani holda ma’ruza o’qiydi. Studiyada bir guruh o’quvchilar bo’ladi. Shu tufayli savollar berish va ularga javoblar olish imkoni mavjud. Hamma teletamoshobinlar o’zlarini bu guruh a’zolaridek his qiladi. O’zbekiston Respublikasi televizsion dasturlari mustaqillik yillaridan so’ng mazmun va ko’lami jihatdan tubdan o’zgardi. Yangi ko’rsatuvlar yangi kanallar vujudga keldi. Hozirda respublikamizda quyidagi kanallar faoliyat ko’rsatmoqda.

O’zbekiston telekanali

Dunyo bo’ylab

Madaniyat va ma’rifat

Oilaviy telekanal

Yoshlar telekanali

Sport telekanali.

O’zbekiston telekanali dasturlarini tahlil qilish natijasida quyidagi teleko’rsatuvlarda aynan geografiya darslarida qo’llaniladigan ma’lumotlar borligiga guvoh bo’ldim. “Assalom O’zbekiston”, “Iqlim”, “Moviy ummon qa’rida”. Aynan yoshlarning ilmiy salohiyatini bilimini tafakkurini boyotishga xizmat qiladigan ko’rsatuvlarga “O’yla izla top”, “Zakovat” kabi intelektual ko’rsatuvlarni kiritishimiz mumkin.

Shuni aytish kerakki, har bir darsda ikki-uchtagacha kinolavxa, konkret yoki umumiy xarakterdagi o’n-o’n beshtagacha ko’rgazmali material namoyish etiladi. Umuman teledarsni ko’rgazmali dars namunasi desa ham bo’ladi. O’quv ko’rsatuvidan sistemali ravishda foydalanish uchun maktab ma’muriyati har bir o’quv yili uchun dars jadvalini tuzishda televizor ko’rsatuvlar jadvaliga asoslanishlari lozim.



Download 300.5 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Download 300.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



GEOGRAFIYA DARSLARIDA TELEVIZION KO’RSATUVLAR

Download 300.5 Kb.