RADIOESHITTIRISHLAR YO’NALISHLARI VA ULARIDAN GEOGRAFIYA DARSLARIDA FOYDALANISH METODIKASI




Download 300.5 Kb.
bet7/25
Sana19.05.2021
Hajmi300.5 Kb.
#14555
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
RADIOESHITTIRISHLAR YO’NALISHLARI VA ULARIDAN GEOGRAFIYA DARSLARIDA FOYDALANISH METODIKASI.

Ta’lim muassasalarida o’qitishning texnikaviy vositalari muhim ta’limiy tarbiyaviy ahamiyat kasb etib, didaktik mazmuniga ega. Zero o’qitishning texnika vositalari o’quvchi-talabalarni axborot, ma’lumotlar bilan ta’minlash, bilimlarni mustahkamlash va nazorat qilish jarayonini boshqarishda o’qituvchiga ko’maklashidagi qurilmalardir. O’qitishning bu qurilmalari axborotlarni uzatadi tasvirlaydi va nazorat qila oladi. Shuning uchun ularni o’quv ma’lumotlarini tasvirlari (kadaskop,diapozitiv,proyektor) tovush uzatuvchi(radio, audio magnitofon va h.k.) larga bo’linadi.Ularni ba’zan pedagogik adabiyotlarda audiovisual qo’llanmalar yoki vasitalar deb ham ataydilar. O’qitishning texnikaviy vositalarning tasniflashdan oldin, ularning funksiyalari va vazifalarini bilib olish maqsadga muvofiq Pedagogik jarayon va o’qituvchilar faoliyatida o’qitishning texnikaviy vositalari quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  1. O’qitishning shakllarini har xillashtiradi va turli axborotlarni qo’lga kiritishni osonlashtiradi.

  2. Zamonaviy iqtisodiy tafakkurni egallashga ko’maklashadi va o’z faoliyatini tejamli boshqarishni malakasini hosil qilioshga yordam beradi.

  3. Ta’lim oluvchilarning umummadaniy, umumtexnik saviyasini oshiradi va ularni estetiik jihatdan tarbiyalanishini ta’minlaydi.

  4. Insonlar bilan o’zaro munosabatda bo’lishda dunyoqarash va xulq odob sifatlarini tarkib topishiga ko’maklashadi hamda jamoada tarbiyaviy ishlarni yo’lga qo’yish asoslari bilan qurollantiradi.

  5. Kasbiy va bilish faoliyatlarini, metodologik jihatdan tartiblashtirishni osonlashtiradi va ijodiy kamolot yo’llarini belgilashga yordam ko’rsatadi.

  6. Kun sayin oshib borayotgan axborotlar va o’zlashtirishdagi vaqt o’rtasidagi qarama-qarshliklarning kamayishiga yordam beradi.

Ushbu vazifalarni hal etish nuqrai nazaridan o’qitishning texnika vositalari bir necha turlarga, tiplarga bo’linadi. Didaktik vositalar majmui tizimini, ularning texnik xossalari va ta’limiy-tarbiyaviy asoslarini tadqiq qilgan olimlar, ularni turlashga turli xilda yondashadilar. Masalan, “Didaktika” kitobining avtorlari o’qitishning texnikaviy vositalariga didaktik texnik kinoproyektorlar, televiziorlar, videomagnitafonlar, elektrofonlar, audiovizual vositalar ekranli statik proyeksion qo’llanmalar (diafilmlar, diapozitivlar transpararlar) dinamik proyektsiyasining ekranli va simolari (kino filmlar, kinofragmitlar, kinokatsavyalar)ga va fonovositalar (grmmafon yozuvlari, magnitofon yozuvlari, videoyozuvlar, radio va television ko’rsatuvlar)ga ajratadilar.

G.V.Karpov. V.A.Ramaninlar o’qitishning texnikaviy uzatuvchi texnika vositalarini fotografiya asoslari, o’qitishning statik fotografiya asoslari, o’qitishning statik ekran vositalari, o’quv kinolari, ovozli o’qitish texnikasi, o’quv televidiniyasidan iborat deb bilsalar, L.S. Fridman, V.A.Vadyushin,B.V.Polchevskiylar diapozitivlar, diafilmlar, kinofilmlar axborotlarni uzatuvchi texnika vositalari, bilimlarni nazorar qiluvchi va dasturlashtiruvchi o’quv materiallarini o’qitishning texnika vositalari deb biladilar.

V.I. Xlopovskix o’zining “Texnicheskiye sredstvo obucheniya” risolasida o’qitishning texnikaviy vositalarini vizual (statik proyeksion vositalar), tovushli ( radio, grammafon, magnitofon), vizual nazorat (tovushli kino, videoyozuv, televidiniya va h.k.)va mashqlar bajaruvchi vositalarga bo’ladi.O’qitishning texnika vositalarini turlash har xil bo’lsada, mazmun jihatdan axborotlarni uzatish(turli ko’rinishda), tasvirlash va o’zlashtirilgan bilimlarni nazorat qilishdan iboratdir. Shuning uchun o’qitishning texnikaviy qurilmalari didaktik vositalar majmui tizimida muhim mavqega ega. Fan texnikaviy rivojlanishi mamlakatda ta’lim mazmunini yangilash zaruriyatini keltirib chiqardi va “Ta’lim to’g’risidagi” qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning yaratilishga sabab bo’ldi. Bu hujjatlar mamlakat ishlab chiqarishi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash dasturining yaratilishiga asos soldi. Dasturga asosan har qanday mutaxassis ishlab chiqarishning zamonaviy texnikasi va uning ishlash texnalogiyasi qurollanishi zarur. Bundan ta’lim muassasalari xodimlari ham mustasno emas. Shuning uchun o’qituvchi tarbiyachilarni ta’limning texnikaviy vositalari bilan yaqindan tanishtirish, o’qitish jarayonida ulardan foydalana olishni zaruriy ijtimoiy-pedagigik hodisadir.Zero, bugungi texnikaviy vositalar axborotlarni uzatish, tasvirlash, mustahkamlash, nazorat qilishni to’laqonli bajara oladi. Bu imkoniyat o’quv axborotlarni o’quvchiga mukammal qilib yetkazishga da’vat etadiganligi sababli, o’rganiladigan ilmiy-nazariy, amaliy metodik ma’lumotlar puxta, ongli va hajmli o’zlashtiriladi. Shularni inobatga olib ta’lim jarayonida o’qitishning texnikaviy vositalaridan foydalanish davr talabi deb bilamiz va uni muhim pedagogik muammo sifatida qabulqilamiz. Amaliyotda foydalaniladigan o’qitish vositaqlarning xususiyati, bajaradigan vazifalari hamda yuqoridagi yondashuvlarga asoslanib, o’qitishning texnika vositalarini quyidagicha guruhlash mumkin.

Jadvalda ko’rsatilgan o’qitishning texnik, tovushli texnik, tasvirli-tovushli texnik vositalari hajm jihatdan katta bo’lgan o’quv ma’lumotlarini aniq va puxta qilib uzatish, axborotlarni tasvirlashning turli shakl va uzatish imkoniyatlariga ega bo’lganligi sababli o’qitish jarayonini nazmundor, o’zlashtirishni samarali qiladi. Texnika vositalaridan samarali foydalanishning ta’lim muassasalarida imkoniyatlar katta.

O’zbekiston Respublikasida tashkil etilgan radio eshittirishlarni va ularning kanallarini tahlil qilish natijasida quyidagi radio kanallar faoliyatini o’rgandim.



Download 300.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Download 300.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



RADIOESHITTIRISHLAR YO’NALISHLARI VA ULARIDAN GEOGRAFIYA DARSLARIDA FOYDALANISH METODIKASI

Download 300.5 Kb.