II BOB. GEOGRAFIYA DARSLARIDA QO’SHIMCHA




Download 300.5 Kb.
bet3/25
Sana19.05.2021
Hajmi300.5 Kb.
#14555
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
II BOB. GEOGRAFIYA DARSLARIDA QO’SHIMCHA

TASVIRIY VOSITALARIDAN FOYDALANISH

METODIKASI.

2.1. UMUMTA’LIM MAKTABLARI GEOGRAFIYA DARSLARIDA

TASVIRIY VOSITALARDAN FOYDALANISHNING O’RNI VA

AHAMIYATI..................................................................................................34



KIRISH
Mamlakatimizda ta’lim tizimini jahon andozalari

asosida isloh kilish, yangi-yangi ilm maskanlari qurish,

ularni zamonaviy texnika vositalari bilan jixozlash

ishlari izchil davom etmokda. Shubha yo’ki, biz

o’qituvchi va murabbiylarning obro’-e’tiborini yanada

oshirish, yoshlarimizning bizdan ko’ra bilimli, kuchli

va albatta baxtli bo’lishi uchun bundan keyin ham

hech narsani ayamaymiz.

I.A.Karimov

O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan o’zgarishlar, “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirib borib, jamiyatimizning kelajagi uchun har tomonlama yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlashning mohiyati, zamonaviy fan va texnikaning rivojlanish talablariga mos barkamol avlodni tarbiyalash masalalari izchillik bilan tahlil etilgan. Dasturda ko’rsatilgan dolzarb vazifalar va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari jamiyat taraqqqiyotini har tomonlama yetuk qadrlarsiz, ayniqsa o’qituvchilarsiz tasavvur etish qiyin.

Malakali pedagog mutaxassislar tayyorlash esa ko’p jihatdan ularning metodik tayyorgarligiga bog’liqdir. Ayniqsa xozirgi axborot texnologiyalariga tayangan holda geografik hodisa, voqealarni hamda iqtisodiy geografik tushunchalarni o’quvchilar, talabalar ongiga yetkazish va shakllantirish har bir mutaxasis o’qituvchidan yuqori ma’suliyat talab qiladi.

“Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o’quvchilar hamda talabalarga faqat geografiyaga oid bilim berish bilan cheklanmasdan balki ularda zarur ko’nikma va malaka xosil qilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ymoqda.

Har bir o’quvchi va talaba dars davomida olgan bilim ko’nikma va malakalar asosida bilimlarni mustaqil egallashi zarur bo’ladi.

Respublikamizda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq umumiy o’rta ta’limning barcha bo’g’inlarida o’quvchilarni muntazam bilim olish, ularda bilim olish ehtiyojlarini rivojlantirishni o’quvchilarda mehnat ko’nikmalarini, mustaqil ijodiy fikrlash, kasb tanlashga va umumbashariy qadriyatlarni hurmat qilishni o’z vataniga, xalqiga sadoqat, mexr-muxabbat ruxida tarbiyalashdek vazifalarni belgilaydi.

Bu vazifalarni bajarishda geografik ta’lim alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa tabiiy va iqtisodiy geografiya fanlarini o’qitish borasida milliy dasturda qo’yilgan vazifalarni bajarish cheksiz imkoniyatlarga ega ekanligini tajribalar isbotlamoqda.

Bularning barchasi geografiya fani o’qituvchisidan yuksak pedagogik maxorat, o’z faoliyatidagi yutuq va kamchiliklarni tahlil qila olishni, o’z ish tajribasini tahlil qilib umumlashtira olishni boshqa o’qituvchilarning tajribasini umumlashtirishi va samarali usullar, metodlardan o’z ishida oqilona foydalanishni talab qiladi.

Men ushbu bitiruv malakaviy ishimni ham ana shu tajribalar asosida, o’z amaliyotim davomida sinab ko’rgan dars usullaridan kelib chiqqan holda umumta’lim maktablarining geografiya darslarida qo’shimcha ma’lumotlardan foydalanish mavzusini o’qitishda geografiya ta’limida qo’llaniladigan noan’anaviy usullardan foydalanilgan holda yozishga harakat qildim. Bundan tashqari maktab amaliyoti davomida o’zlashtirilgan ko’nikma va tajribalarimga tayangan holda mavzuni o’tishda qo’llaniladigan texnik vositalar, ko’rgazmali qurollar, kartalar, jadvallar, grafiklardan foydalanish yo’llarini yoritishga harakat qildim.

Mavzuni o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalaridan, yangi axborotlarni to’plash, televideniya, internet tizimi, gazeta-jurnallardan foydalangan holda ularni tahlil qilishga harakat qildim.

Mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, hozirgi kunda hamma fanlarda bo’lgani kabi geografiya fanlarini oqitishda ham qo’shimcha ma’lumotlardan foydalangan holda tashkil etish maksadga muvofiq bo’ladi. Maktablarda qo’shimcha ma’lumotlar orqali noan’anaviy dars usullarini ishlab chikish uchun imkoniyatlar va shart-sharoitlar yetarli. Shuning uchun ham aynan shu mavzu buyicha ish olib borishga qaror qildim.

Malakaviy bitiruv ishimni bajarishda quyidagi usullardan foydalandim: savol-javob, taqqoslash, kartografiya, aqliy hujum va boshqalar.

Geografiya ta’limida qo’shimcha ma’lumotlardan foydalangan holda o’quvchilar bilimini ma’lum bir tizimga solish, uning yordamida boshqa tabiiy va iqtisodiy geografik tushunchalarning shakllanishini ancha yengillashtiradi.

Malakaviy bitiruv ishimni yozishda menga yaqindan yordam bergan tuproqshunoslik va geografiya kafedrasi professor-o’qituvchilariga o’zimning minnatdorchiligimni bildiraman.

Bitiruv ishimni kelgusida umumta’lim maktablarining geografiya darslarida qo’shimcha ma’lumotlardan foydalangan holda mavzularini o’tishga harakat qilaman.



Download 300.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Download 300.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB. GEOGRAFIYA DARSLARIDA QO’SHIMCHA

Download 300.5 Kb.