GEOGRAFIK BILIMLAR BERADIGAN RO’ZNOMA HAMDA




Download 300.5 Kb.
bet5/25
Sana19.05.2021
Hajmi300.5 Kb.
#14555
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
GEOGRAFIK BILIMLAR BERADIGAN RO’ZNOMA HAMDA

JURNALLAR VA ULARIDAN FOYDALANISH METODIKASI.

Qaysi kasb egasi bo’lmasin jamiyatda kechayotgan voqea hodisalarni o’rganishda ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ega bo’lishga harakat qiladi. Ayniqsa “hududlar menejeri” bo’lishi geograf (I.Q.Nazarov 2006 y) bu voqea va hodisalardan o’z vaqtida xabardor bo’lishi, analiz va sintez qobiliyatiga ega bo’lishi lozim.

Analiz va sintez uchun kerak bo’ladigan ma’lumotlar esa ilmiy adabiyotlarda, ro’znomalarda, internet ma’lumotlarida, radio va televizion eshittirishlarda yoritib beriladi. Aynan geografiyaga doir ma’limotlarni tezkor, sifatli va aniq tarzda yetkazib berishda ro’znomalarni ahamiyati kattadir chunki bugungi kundagi jarayonlar 24 soat oralig’ida o’quvchi qo’liga yetib keladi.

Geografiya ta’limida foydalaniladigan gazetalarni tahlil qilishda ularni guruhlarga bo’lib o’rgandim. Masalan mahalliy ro’znomalarda asosan Buxoro viloyatiga doir iqtisodiy siyosiy ma’lumotlarga ega bo’lish mumkin mahalliy ro’znomalarga quyidagilar kiradi.



  1. Buxarskiy vestnik

  2. Buxoronoma

  3. Buxoro muallimi

  4. Buxoro yangiliklari

  5. Davr

  6. Buxoro yoshlari

  7. Buxoro mavjlari

  8. Xabarchi

  9. Buxoro oqshomi

Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi ro’znomalardan ham kerakli geografik ma’lumotlarni olish mumkin. Aynan maktabda geografiya darslarini o’tish jarayonida quyidagi ro’znomalardan ma’lumot olish imkoniyati mavjud.

    1. Vaziyat,

    2. Pravda Vostoka.

    3. Golos Uzbekistana,

    4. Narodnoye slova,

    5. Davr yoshlari,

    6. Fidoyi yoshlar,

    7. Darakchi,

    8. Novosti Uzbekistana,

    9. Dunyo, Mohiyat,

    10. 7 Mo’jiza,

    11. Sog’lom avlod,

    12. Jamiyat,

    13. Xalq so’zi,

    14. Zakovat,

    15. Sharq ziyosi

Bu ro’znomalarning aksariyati ma’naviy, madaniy ahamiyatga ega bo’lsada, ulardan dunyo yangiliklari, dunyo hafta ishida, siyosiy yangiliklar saxifalarida mavzulariga dahldor ma’lumotlarga ega bo’lishimiz mumkin. Ayniqsa 9-sinflarda “Jahon iqtisodiy ijtimoiy geografiyasi” kursidan davlatlar haqidagi ma’lumotlarni berib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan Yaponiya,Hindiston,Amerika qo’shma shtatlari mavzularini o’tishda ro’znomalardagi ma’lumotlar asosiy o’rinni egallaydi.

Markaziy Osiyo davlatlari haqidagi umumiy tavsifi ya’ni Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston va Tojikiston respublikalarida kechayotgan iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy sohalarda olib borilayotgan o’zgarishlar ularning mazmun-mohiyati.Ozbekiston Respublikasi bilan aloqalari haqidagi ma’lumotlarni bir necha soat oralig’ida olish mumkin.

Geografiya darslarida faqat ro’znoma ma’lumotlaridan emas balki respublikamizda nashr etilayotgan jurnallardan ham foydalanish mumkin.

Geologiya va mineral resurslar.

Buxoro mavjlari,

Gulxan,


Yoshlik,

Iqtisodiyot va ta’lim,

Kasb mahorati,

Kasb hunar ta’limi,

maktab va hayot,

Maktabda Geografiya,

Muhofaza,

Sirli olam,

Sog’lom avlod uchun,

Xalq ta’limi,

Ekologiya xabarnomasi,

Tafakkur,

Ta’lim taraqqiyoti,

Ta’lim texnologiyalari,

Fan va Turmush

Jurnallarning ma’lumotlari vaqt bo’yicha tezkorlikka ega bo’lmasada, keltirilayotgan fikrlar, g’oyalar, siyosiy-iqtisodiy jarayonlar chuqur tahlil qilinadi.

Yuqorida keltirilgan jurnallarni tahlil qilar ekanmiz “Maktabda geografiya” jurnalidagi ma’lumotlar aynan maktab o’quvchisi yoshiga mos ekanligiga guvohi bo’lamiz, bu jurnal ma’naviy-ma’rafiy, ta’limiy ahamiyatga ega bo’lib O’zbekiston matbuot va axborot agentligiga N* 0551-raqam bilan 2008 yil 23 sentyabrdan ro’yxatga olingan. Jurnal har oyda bir marta chiqariladi, unda dars o’tish usullari O’rta Osiyolik geograf olimlar geografiyadagi sabab oqibat tamoyillari atroflicha talqin etiladi. Ayniqsa “bilasizmi”sahifasida geografik tushunchalarga alohida ahamiyat qaratilib, ularning izohi berib boriladi.

“Geologiya va mineral resurslar” jurnalida esa asosan mineral resurslar ularning vujudga kelishi sabablari, tarqalishi va geologiyasi haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lishimiz mumkin.

“Ta’lim taraqqiyoti’ , ”Ta’lim texnologiya” lari jurnallarida yangi pedagogik texnologiyalar, noan’anaviy darslar,ularning o’ziga xos xusisiyatlari, amalda qo’llash tartibi atroflicha muhokama etiladi va yosh o’qituvchilarga amaliy yordam beradi.



Download 300.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Download 300.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



GEOGRAFIK BILIMLAR BERADIGAN RO’ZNOMA HAMDA

Download 300.5 Kb.