7
KIRISH
O‘zbekiston
mustaqillikka erishgach, shu vaqtgacha xom
ashyo bazasiga aylanib kelgan Respublikamiz ishlab chiqarishning
barcha tarmoqlarida o‘zining takomillashgan qayta ishlangan
mukammal mahsulotlarini ishlab chiqarish tadbirlarini ko‘ra
boshladi va bu borada anchagina muvaffaqiyatlarga erishdi. Hozirgi
vaqtda mustaqil O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyotini
ko‘tarish, import mahsulotlari hamda xom ashyolarining kirib
kelishini kamaytirish uchun xalq xo‘jaligining
rivojlanishi, katta
ahamiyatga ega.
Hayvon
terilaridan
charm
olish
qadimiy
hunarmandchiliklardan biri hisoblanadi. Qadimda odamlar hayvon
terilarini charmga aylantira bilishgan. Buni Misr ehromlaridan,
butxonalardan va qabristonlardan topilgan, toshga o‘yilib yozilgan
ma’lumotlardan
hamda
charm
mahsulotlari
namunalaridan
keltirilgan dalillar bunga misol bo‘la oladi.
Charm olishning eng
birinchi usuli, o‘ldirilgan hayvon terisini shu hayvonning yog‘i
bilan ishlov berib, bir necha marta qo‘l bilan ishqalab ishlov
berishdan iborat bo‘lgan. Shu asosda hayvon terisini yog‘ bilan
oshlab birinchi charm olish texnologiyasi yaratilgan. Sibir o‘lkasida
yashaydigan eskimos xalqi ham qadimdan beri hayvon yog‘i bilan
terini oshlaydi.
Eramizdan 3000 yil oldin daraxt po‘stloqlarini ishlatish orqali
terini charmga aylantirish usuli ma’lum bo‘lgan, ya’ni bu usul
o‘simlik oshlovchilarni qo‘llash usulidir. Masalan,
eramizdan bir
necha yuz yil oldin Misrda o‘simlik oshlovchilar ishlatilishi ma’lum
bo‘lib, keyinchalik ular o‘rniga achchiq toshlar ishlatilgan. Hayvon
terilaridan charm olish Misr va Hindistondan Ovrupaga o‘tgan.
Qadimda odamlar o‘zi bilmagan holda oshlangan сharm
olishgan degan afsona ham bor. Ya’ni ibtidoiy jamoa tuzumida
odamlar g‘orlarda yashashgan va ular sovuqdan saqlanish
maqsadida, g‘or og‘izlarini hayvon terisi bilan yopgan. G‘orda
isinish uchun olov yoqishgan. Olovdan chiqqan tutun terini
oshlagan va natijada teri charmga aylangan.
Hozirgi kunda ham tutun yordamida terini oshlash
Amerikada yashaydigan hind qabilalariga mansub.
Yana bir misol,
8
qadimda kishilar o‘ralar qazib hayvon ovlashgan va tutilgan hayvon
terisi o‘sha o‘ralarga qolib ketgan. Qish va yomg‘irda ko‘lmak hosil
bo‘lib, shox-shabadan chiqqan oshlovchi moddalar terini oshlagan.
Bunday hodisalarni ko‘rgan kishilar bunga befarq qaray olmagan
albatta. O‘sha zamondan terilar kishilar uchun uzoq xizmat
qiladigan buyumga aylangan bo‘lsa ajab emas.
Qadim Iskandariya Muzeyida papirus va pergamentga yozilgan
700 mingga yaqin qo‘l yozma bo‘lgan. Pergament qo‘zilarning
yaxshi ishlangan terisidir. Kichik Osiyoda Pergam shahri pergament
ishlab chiqarish markazi bo‘lgan. Uning pergament deb atalishining
sababi ana shundan bo‘lgan. Pergament pishik, lekin juda qimmat
edi. Katta bir kitob yozish uchun butun
bir podaning terilari sarf
etilgan. Abu Rayhon Beruniyning “O‘tmish xalqlardan qolgan
yodgorliklar” kitobida ta’kidlanishicha, eron podshohi Doro
davrida “Avesto” to‘liq holda 12 ming qora mol terisiga zarhal
harflar bilan bitilgan.
IX asrga kelib Kiev knyazligida va Volga bo‘yi davlatlarida
charm olish va charm mahsulotlarini ishlatish ancha rivojlangan.
IX–X asrda O‘rta Osiyoda, xususan Movarounnahrda Somoniylar
sulolasi ravnaq topgan bo‘lib, Somoniylar
davlati Volga daryosi
bo‘yidagi Itil va Bulg‘or xonliklari bilan savdo–sotiq aloqalarini
o‘rnatgan. O‘sha davrda Somoniylar davlatining poytaxti Buxoro
shahrida kosib ahli ko‘nchilik, kavsh mahsi va etikdo‘zlik bilan
shug‘ullangan.
XIII-XIV asrlarga kelib, O‘rta Osiyoning asosiy shaharlarida
hunarmandchilik, xususan charmdan
poyabzal tikish shunchalik
rivojlanganki, bunga shahar zodagonlari charmdan tikilgan qizil
etiklar kiyishgani misol bo‘la oladi.
Tarixiy manbalarda yozilishicha, Soxibqiron Amir Temur
charmchilar va poyabzal tikuvchilar piru-ustozi Boboi Porado‘z
bilan muloqotda bo‘lgan va Temur askarlari hunarmandlar
tomonidan mustahkam poyabzal bilan ta’minlangan.
XIX asrning oxiri,
XX asr boshlarida, Toshkent shahri
atrofidagi, tepaliklarda odamlar tomonidan maxsus g‘orlar qazilgan.
Bu g‘orlarda Toshkent shahri ko‘nchilar va mahsido‘zlar mahalla
xunarmandlari va Toshkent viloyat atrofidagi tuman hunarmandlari
terilarni tutunlash usuli bilan oshlagan.
9
XX asrning o‘rtalarida charm sanoati tez rivojlangan.
Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida charm ishlab
chiqaruvchi zavodlar tiklanib va qayta jixozlandi. XX asrning 70
yillarida yaxshi jihozlangan katta ko‘nchilik zavodi Qo‘qon
shahrida kurildi. Hozirgi paytda O‘zbekistonning har bir viloyatida
charm ishlab chiqaruvchi xususiy va qo‘shma korxonalar faoliyat
ko‘rsatmoqda.