21
7- rasm. Sochning joylanish
tasviri:
а-yakka; b-oddiy guruhlar;
v-tutamlar;
g-murakkab guruhlar.
(6-rasm).Soch shakllarining har xilligi nafaqat turli xil
hayvonlarda, balki bir terining o‘zida, uning har xil topografik
qismlarida yoki xuddi shu qismlardagi
har xil toifali sochlarda
kuzatiladi. Ishlab chiqarishga mo‘ljallangan terilar soch
qoplamining sifatini baholashda sochning o‘lchamlari bo‘yicha
nisbati va qayishqoqlik darajasiga katta e`tibor qaratiladi. Momiq –
mo‘ynali hayvon terilarida sochning beshta toifasi farqlanadi:
yo‘naltiruvchi sochlar, qiltiq sochlar, oraliq sochlar, tivit sochlar va
sezuvchi sochlar (vibrisslar). Sezuvchi sochlar hayvonning bosh,
ko‘krak va oyoqlarida joylashgan bo‘lib,
jun qoplamining sifatini
aniqlashda muhim ahamiyatga ega emas. To‘yoqlilarda odatda
sochning ikki-uch toifalari (ko‘proq tivit va qiltiq sochlar) uchraydi.
Sof zotli mayin junli qo‘y zotlarining jun qoplami faqat tivit
sochlardan tashkil topgan.
Yo‘naltiruvchi sochlar –
uchiga tomon ingichkalashib
boruvchi, urchuqsimon shakldagi, bir oz egilgan yoki to‘g‘ri
yo‘g‘on qiltiq soch. Ular yo‘g‘onligi va qayishqoqligi bilan ajralib
turadi. O‘q uzunligi nisbatan katta.
Ularning
jun
qoplamini
quyi
qavatlarini yopib turuvchi ancha to‘q
rangli tepa qismlari mo‘yna
qoplami
vualini hosil qiladi.
Qiltiq sochlar o‘qining uzunligi
yo‘naltiruvchi sochlardan kichikroq,
ammo ushbu sochning yo‘g‘onligi
yo‘naltiruvchi
sochlardan
ustun
turadi. To‘g‘ri yoki
bir oz jingalakligi
bilan ajralib turadigan nishtarsimon
soch. Ular yo‘naltiruvchi sochlar bilan
birgalikda pastki tivit sochlarni
berkitib, tayanch vazifasini o‘taydi.