• Soch xaltachasini ikki yo‘nalishda
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/133
    Sana09.12.2023
    Hajmi1,97 Mb.
    #114619
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   133
    Bog'liq
    CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

     
    1.2. Sochning tuzilishi 
    Terini qoplab turuvchi ko‘psonli soch o‘qlarining majmuasi 
    hayvonlarning jun qoplami deyiladi. Ko‘pchilik yovvoyi hayvonlar 
    va ba’zi uy jonivorlarning terisidan mo‘yna olishda
    foydalaniladi. Bunday terilarning jun qoplami yaxshi rivojlangan 
    bo‘lib, ko‘p sonli sochlardan tashkil topgan. 
    Soch qoplami turli-tuman fiziologik funktsiyalarni bajaradi:
    qishda hayvon tanasining issiqlik yo‘qotishini kamaytiradi, uni
    tashqi ho‘llashdan saqlaydi, shuningdek yozda ortiqcha 
    namlikning yo‘qolishiga yo‘l qo‘ymaydi hamda hayvon tanasini
    mexanik ta’sirlardan himoya qiladi. 
    Soch keratin oqsillaridan tashkil topgan. Sochning tug‘ilishi 
    va o‘sishi soch xaltachasi deb nomlanadigan dermada joylashgan
    maxsus chuqurchada kechadi. Soch xaltachalari dermada teri 
    yuzasiga nisbatan ma’lum burchak ostida joylashgan bo‘lib, ba’zi
    hayvonlarda esa hatto bir oz egilgan yoki buralgan bo‘ladi. Soch
    xaltachasining quyi qismiga silliq mushak tolalarining tor 
    bog‘lamchalari (muskul) kelib qo‘shilgan. Uning bir uchi soch 
    xaltachasiga, ikkinchi uchi esa dermaning yondosh tolalaridan 
    biriga tutashib ketgan. Ushbu muskul qisqarib, soch 
    xaltachasining qiyalik burchagini o‘zgartirishi mumkin, buning 
    oqibatida soch qoplamida issiqlikni o‘rab turuvchi havo qavatlari 
    o‘zgaradi. Ba’zi hayvonlarning asabdan qo‘zg‘alishi natijasida
    mushak tolalari qisqaradi va sochlari tikka ko‘tariladi. 
    Soch xaltachasini ikki yo‘nalishda: ichki – halqa bo‘ylab, 
    tashqi – xaltacha bo‘ylab joylashgan, birikuvchi to‘qimaning zich


    18 
    5-rasm. Soch o’qining 
    mikroskopik tuzilish 
    tasviri:
    1-kutikula (tangacha 
    qavat
    );
    2-po’stloq qavati; 3-
    o’zak. 
    yotqizilgan mayin tolalari tashkil qiladi. Soch xaltachasi atrofida 
    joylashgan elastin va retikulin tolalari, ko‘zga ko‘rinmaydigan 
    chegaradan dermaga o‘tib ketadigan kollagen tolalari hosil qilgan 
    to‘rni o‘rab turadi. eng quyi qismida soch xaltachasi birikuvchi
    to‘qimalardan – g‘uddalarni hosil qiladi. G‘uddalarda qon va limfa 
    tomirlarining ko‘p miqdorda bo‘lishi, shuningdek ko‘p sonli 
    hujayra elementlari va nerv to‘qimalarining borligi tufayli, ular 
    soch hujayralarini oziqlantiruvchi asosiy arteriya hisoblanadi. Soch
    g‘uddada tug‘iladi va o‘sib borgan sayin soch kanali orqali 
    tashqariga chiqadi. 

    Download 1,97 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   133




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S

    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish