O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/133
Sana09.12.2023
Hajmi1,97 Mb.
#114619
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   133
Bog'liq
CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

 
1.1.Terining tuzilishi 
 
Teri – hayvon organizmini qoplab turuvchi qavat bo‘lib, u 
hayvon organizmini tashqi muhit ta’siridan himoya qiladi va 
moddalar almashinuvida aktiv ishtirok etadi. 
Teri asosan to‘rt qavatdan: jun qoplami, epidermis, derma va 
teri osti to‘qimasidan iborat.
1-rasm. Terining tuzilishi. 
kl
ec
ha
tka
d
er
m
a
epi
de
rm
is


12 
 
2-rasm. Terining tarkibiy qismlari. 
 
Charm ishlab chiqarishda terining faqat derma qismi ishlatilsa, 
mo‘yna va qo‘y-po‘stin ishlab chiqarishda esa, derma, epidermis va 
jun qoplami ishlatiladi.
Epidermis – jun qoplami ostidagi va dermaning yuqorisidagi 
yupqa qavat bo‘lib, asosan u bir necha epitelial hujayralardan 
tashkil topgan. Juni kam rivojlangan hayvonlarda (cho‘chqa terilari) 
epidermis qalinroq, juni yaxshi rivojlangan hayvonlarda esa (qo‘y), 
u yupqaroq bo‘ladi. Juni bo‘lmagan teri qismlarida (oyoq 
yostiqchalari, burun oynachalari) epidermisning qalinligi yuqori 
darajada bo‘ladi. epidermisning qalinligi o‘rtacha terining umumiy 
qalinligini 0,5–5 %ini tashkil qiladi. epidermis derma bilan tekis 
oraliqqa ega emas, soch xaltachalari atrofida epidermis dermaga 
botgan va o‘z navbatida derma ham ko‘p sonli g‘uddalari bilan 
epidermisga kirgan, shu sababli teridan jun va epidermis ajratib 
olinganda, dermaning yuza tomonida, o‘ziga xos (gul, rasm) 
mereya, ya’ni naqsh hosil bo‘ladi.
Bu mereyaga qarab, qaysi xom ashyodan charm olinganligini 
bilish mumkin bo‘ladi. epidermisning rivojlanganligini mikroskop 
yordamida o‘rganganimizda, u siyrak joylashgan joylarda faqat 
Qon tomirlari 
Soch xaltachasi 
Ter bezlari 
Asosli membrana 
Soch 
Epiteliy 
Yog’ bezlari 
EPIDERMIS 
DERMA 
TERI OSTI YOG’LARI 
Kollagen va elastin tolalar 
Teri va ter bezi mushaklari 
Nerv tolalari 


13 
ikkita: tashqi shoxli va ichki nishli qatlamlaridan, yaxshi 
rivojlangan joylarda oltitagacha qatlamlardan tashkil topganini 
ko‘ramiz.
Derma terining asosiy qatlami bo‘lib, u epidermisning ostida 
joylashgan va teri qalinligining 95–98 %ini tashkil qiladi. Derma 
asosan amorf moddalardan, hujayrali va tolali elementlardan 
tuzilgan, ya’ni kollagen, elastin va retikulin tolalarining murakkab 
o‘ramidan hosil bo‘lgan.
Dermaning 
vertikal 
qismini 
oddiy 
mikroskopda 
ko‘rganimizda, kollagen struktura elementlari orasida ko‘ndalang, 
diametri 200 mkm bo‘lgan kollagen tolalari bog‘lamini shartli 
ravishda ajratish mumkin.

Download 1,97 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   133




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S

Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish