O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/133
Sana09.12.2023
Hajmi1,97 Mb.
#114619
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   133
Bog'liq
CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

Kollagen tolalari bog‘lamining qalinligi derma qatlamining 
o‘rta qismida kattaroq bo‘lib, ikki tomonga: epidermis va derma 
ostki qatlam tomonga qarab, kichiklashib boradi. Bog‘lamlarni 
yanada ham kattalashtirib ko‘rganimizda, u ko‘ndalang kesim 
diametri taxminan 5 mkm.dan iborat ko‘p sonli (30/300) elementlar 
tolalaridan tuzilganligini ko‘rishimiz mumkin. elektron mikroskop 
yordamida kollagen strukturasini o‘rganganimizda, elementar 
tolalar o‘z navbatida diametri 0,1 mkmdan iborat 200–3000 
fibrillardan tuzilganligini ko‘ramiz. elementar toladagi fibrillarning 
diametri, soni turlicha terilarda turlicha bo‘ladi. Masalan, cho‘chqa 
terilarida ular diametri buqa terilarinikidan katta bo‘ladi.
Elastin tolalari, bog‘lam hosil qilmaydi, lekin tarmoqlangan 
holda dermaning yuqori qatlamlarida, ayniqsa soch xaltachalari va 
qon tomirlari bo‘ylab va uning atroflarida qalin to‘rli o‘ramni 
tashkil qiladi. Dermaning pastki qatlamlarida elastin tolalari kam 
miqdorda joylashgan bo‘ladi. 
Elastin tolalari kollagen tolalariga qaraganda, qalinligi va 
egiluvchanligining kichikligi hamda suvda qaynatganda yelimga 
aylanmasligi bilan farq qiladi. elastin tolalari sigir terilarida 3,96–
4,81 %, buzoqlarda 2,19–2,95, echkida 1,2–3,4, qo‘yda 1,0–0,3 % 
mavjud. 
Retikulin tolalari dermaga butunlay botgan bo‘lib, epidermis 
bilan tutashgan qatlamida ayniqsa qalin to‘r hosil qiladi.
Nisbatan qisqa hisoblangan retikulin tolalari kollagen tolalari 
bog‘lami atrofida uncha zich bo‘lmagan to‘rli futlyar hosil qiladi. 


14 
Derma tolalari oralig‘ida tolalararo deb nom olgan moddalar 
uchraydi. Ular bir qator oqsil va oqsilga o‘xshash moddalardan: 
albuminlar, globulinlar, mutsin, mukoid, mukopolisaxaridlardan 
tashkil topgan.Terilar dermasi umumiy tuzilishga ega, ular g‘uddali 
va to‘rli qatlamga bo‘linadi.
Ko‘pgina hayvon terilari dermasining g‘uddali qatlami o‘z 
tarkibida anchagina miqdorda soch xaltachalarini, ter va yog‘ 
bezlarini saqlaydi. Bu erdagi kollagen tolalari mayinroq bo‘lib,
soch xaltalariga qarab parallel yo‘nalgan va ularni o‘rab olgan holda 
bo‘ladi.
Kollagen tolalari bog‘lami epidermis bilan tutashgan joylarida 
juda mayin, zich tovlanib o‘ralgan bo‘ladi. Ular epidermisga 
g‘uddalari bilan bo‘rtib chiqqan holda bo‘ladi. 
G‘uddali qatlamning yuqori qismida epidermis bilan tutashgan 
joyda uncha katta bo‘lmagan zich o‘ramli yupqa qatlam joylashgan, 
bu qatlam yuza qatlam yoki yuza membranasi deb yuritiladi. 
G‘uddali qatlamning pastki chegarasi odatda soch piyozdoni 
yaqinidan o‘tadi.
Ter bezlari naychalar o‘ramida o‘ralgan ko‘rinishga ega. 
Bezlarning chiqish yo‘li soch xaltachalarining tugash joyining 
yuqorisidan boshlanadi. Ter bezlarining soni turli hayvonlarda 
turlicha: qo‘y terilarida uning soni juda ko‘p, bunga bog‘liq holda 
bu terilar yumshoq bo‘ladi. Yog‘ bezlari soch xaltachalari yonida 
joylashgan bo‘lib, xaltachalarga o‘xshash o‘ziga xos shakllardan 
iborat bo‘ladi. Bezlarning chiqish oralig‘i soch kanali bilan 
bog‘langan. Bezlardan ajralib chiqqan yog‘ sekretlari soch va 
epidermis sirtlarini yog‘lab turadi.
To‘r qatlami g‘uddali qatlamga qaraganda juda mustahkam 
bo‘lib, kollagen tolalarining bog‘lami u erda tekis to‘qimadan 
tuzilgan. Hayvonning yoshi kattalashgan sayin, to‘r qatlamining 
qalinligi ham oshaveradi. 
Ko‘pchilik hayvonlar uchun, kollagen tolalari bog‘lamining 
qalinligi, ularning to‘qilish xususiyati, ya’ni egilish burchagi va 
joylanish zichligi hayvon gavdasidagi terilar qismlarining 
o‘rnashgan joyiga qarab bog‘liq ravishda o‘zgaradi. 
Derma qatlamlarining o‘zaro munosabati hayvonlar turiga, 
hayvon jismining anatomik qismlariga, oziqlanish sharoitlari va 
so‘yish vaqtiga bog‘liq holda o‘zgarib turadi.


15 
3-rasm.Qoramol terisining topografyasi: 
1–yopqich; 2–yoqa; 3–etak; 4–sag’ri; 
5–chotlari; 6–oyoqning tizzagacha qismi; 7–
bosh qismi; 8–oyoqning tizzadan quyi qsmi.
 
Hayvon terisining har bir qismi o‘zining qalinligi, zichligi, 
tolalar to‘qimasining xarakteri, jun qoplami xususiyatlari bilan 
ajralib turadi va bu qismlar topografik qismlar deb yuritiladi.
Katta shoxli mollar va ot terilarining derma tuzilishi, ayniqsa, 
turlicha bo‘ladi. Sigirning yopqich qismidagi tolalar bog‘lami 
mustahkam, periferiya qismlardagi tolalar yumshoq, ular bog‘lami 
esa bo‘sh bo‘ladi. Teri osti yog‘ to‘qimalari derma ostida joylashgan 
bo‘lib, asosan kollagen, qisman elastin tolalardan to‘qilgan. Ular 
orasidan qon tomirlari o‘tadi. Bu qatlamda yog‘ qatlami joylashgan 
va bu o‘z navbatida hayvon turiga, boqilganlik darajasiga va qaysi 
mavsumda so‘yilganligiga bog‘liq.

Download 1,97 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   133




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S

Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish