10
O‘zbekistonimizda etishtirilayotgan qorako‘l terilarining
ko‘pgina navlari jahon standartlariga to‘g‘ri keladi va xalqaro
bozorda yuqori qadrlanadi. 70–80–yillardan respublikada, ayniqsa
Qoraqalpog‘istonda mo‘ynali hayvonlar – ondatra, nutriya,
qunduz
kabi mo‘ynali hayvonlarni sanoat usulida boqish yo‘lga qo‘yildi.
Ulardan olingan mo‘ynalardan ustki va bosh kiyimlar tikiladi.
O‘zbekiston qorako‘li deganda, avvalo Buxoro tushuniladi,
chunki, Buxoro qadimdan o‘zining takrorlanmas qorako‘li bilan,
sharqda mashhur bo‘lgan va hozirgi kunda ham, dunyo miqyosida
Buxoro qorako‘li o‘z mavqeini yo‘kotgan yo‘q. Faqatgina,
Buxoro
hududida qorako‘lning 2000 turiga yaqin navi mavjud bo‘lib,
hozirgi kunda bu navlarning hammasi ham, saqlangan bo‘lmasada,
lekin Buxoro qorako‘li naqshlari, boshqa joylarda uchramaydi.
Bu, shu zamin ob -havosi, cho‘l sharoiti, giyohlar va boshqa
sabablar, turli naqshli qorako‘lini bermoqdaki,
hali-haligacha
dunyo bozorida Buxoro qorako‘li juda qimmat baholanib
kelinmoqda.
Charm
va
mo‘yna
sanoatining
rivojlanishiga
kimyogarlarning hissasi ayniqsa katta. Bunga sabab shuki, kimyo
sanoatining rivojlanishi bilan charm va mo‘yna sanoati rivojlanib
kelgan. Yangi-yangi kimyoviy moddalarning yaratilishi hamda
ularni charm va mo‘yna sanoatida qo‘llanilishi, charm va mo‘yna
ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashishiga,
ulardan ishlab
chiqariladigan mahsulotlar assortimentlarning turini ko‘payishiga
olib keladi.