O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/133
Sana09.12.2023
Hajmi1,97 Mb.
#114619
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   133
Bog'liq
CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

Teri topografiyasi (grekchadan topos – joy, grapho – 
yozaman) deb, teri har xil qismlarining maydoni bo‘ylab o‘zaro 
joylanishiga aytiladi. 
Terining topografik qismlari (3-rasm) har xil xossalarga ega, 
sababi ular bir-biridan qalinligi
zichligi, tolalar o‘rilishining tabiati 
va bir qator boshqa belgilariga qarab 
farqlanadi. Teri umumiy qalinligining 
o‘zgarishi 
asosan 
to‘rli 
qavat 
qalinligining o‘zgarishi tufayli kelib 
chiqadi, 
Chunki 
g‘uddali 
qavat 
qalinligi nisbatan kam o‘zgaradi. 
Terining yupqaroq qismlari – etak 
qismida 
g‘uddali 
qavat, 
uning 
yo‘g‘onroq 
qismi 
yopqichga 
nisbatan qalinroq bo‘ladi. 
Yopqich 
dermasining 
strukturasi 
kollagen 
tolalari 
bog‘lamining ancha yo‘g‘onligi 
bilan tavsiflanadi; bu bog‘lamlar 
bir-biriga zich yondashib, har xil tekislik va yo‘nalishlar bo‘yicha 
qalin bog‘lamlarni hosil qiladi. Bunda vertikal va dioganal 
bog‘lamlarning mavjudligi tufayli romb ko‘rinishidagi halqalar 
hosil bo‘ladi. Bunday struktura tufayli terining yopqich qismi 
cho‘zilganda yuqori mustahkamligi va cho‘zilganda uzayishining 


16 
kichikligi bilan ajralib turadi. Yopqich qismining tuzilishi bo‘yicha 
pishiqroq qismi sag‘ri sohasi hisoblanadi.
Yoqa dermasining tola bog‘lamlari mayinroq va bo‘shroq 
bo‘lib, yopqichga nisbatan qiyalik burchagi bir oz kichik. Etaklar 
yupqaroq va bo‘sh to‘qimalari bilan farqlanadi; mayin tola 
bog‘lamlari zich o‘rnashmagan va uncha katta bo‘lmagan qiyalik 
burchagiga ega. etak qismining eng yupqa va bo‘sh qismi qo‘ltiq 
osti va oldingi oyoqlar hisoblanadi. Ular cho‘zilganda eng ko‘proq 
uzayishni namoyon etadi. Yirik xom ashyo qanday maqsadda 
ishlatilishiga qarab, shuningdek topografik qismlardan to‘g‘ri 
foydalanish va ishlov berishda qulay bo‘lishi uchun ishlab 
chiqarishga kiritishdan oldin yoki ishlab chiqarishning birinchi 
bosqichlarida bichiladi. Poyabzalning yuqori qismi uchun xromli 
ishlangan teri ishlab chiqarishga yuboriladigan sigir va ho‘kiz 
terilari, odatda umurtqa chizig‘i bo‘ylab ikkita yarimtalikka 
bo‘linadi. Ba’zan ushbu terilardan yoqa qismi qirqib olinib, qolgan 
qismi umurtqa chizig‘i bo‘ylab ikki qismga bichiladi. Shunday qilib 
teri uch elementga: yoqa va ikki yarimqanotga bo‘linadi. Tag teri 
ishlab chiqarishda yopqichlash jarayoni olib boriladi, ya’ni teri 
yopqich, etaklar va yoqa qismlariga bichiladi.  
4-rasm. Qo‘zi terisi topografik qismlari: 
1–sag‘ri; 2–orqasi; 3–yag‘rini; 4–yonboshi; 5–son; 6–elka; 7–
bo‘yin; 8–qorin; 9–dum; 10–bosh; 11–oyoqlar; 12–chotlari. 
Ot terilari odatda old teri va xazga bo‘lib bichiladi. Terilarni 
bunday bichilish usuli xazlash deb yuritiladi. 


17 
Cho‘chqa terilaridan ayrim teri turlari, jumladan egar–jabduq, 
poyabzalning ustki qismi uchun xromli teri ishlab chiqarishda butun 
teridan etaklari qirqib olinadi. Terining qolgan o‘rta qismi, yopqich 
va yoqa bilan birgalikda “baliqcha” deb yuritiladi. SHunday qilib
tayyor terilar konfiguratsiyasi bo‘yicha butun teri, yarim teri, 
yopqich va yarim yopqich, “baliqcha”, etak va yoqa, qanot va yarim 
qanot, ot xazlari va old terilari ko‘rinishida ishlab chiqariladi. 
Teri xom ashyosi va terini bichish mas`uliyatli jarayon 
hisoblanadi. Uni to‘g‘ri bajarish uchun teri va tayyor charm 
xossalarini, shuningdek topografik qismlarni yaxshi bilish kerak. 

Download 1,97 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   133




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S

Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish