19
Yetuk soch qismining ko‘ndalang kesimida uchta
kontsentrik qavatni: kutikula, po‘stloq va o‘zakni
farqlash
mumkin (5-rasm).
Kutikula – tangachasimon, juda mayin, qalinligi 0,5–3 mkm
bo‘lgan sochning tashqi qavati. Kutikula asosan amorf keratin
saqlagan o‘lik plastinkasimon hujayralardan tashkil topgan.
Kutikulaning tangachalari bir-biriga baliq tangachalariga o‘xshab
shunday yotqizilganki, ularning erkin uchlari soch o‘qining
tepasiga qarab yo‘nalgan. Bu suv
tomchilarining jun qoplami
mag‘ziga singishiga yo‘l qo‘ymaydi. Tangachalarning shakli va
ularning joylanishi har xil. Ular hayvonning turi, ba’zan aynan bir
turdagi hayvonlarning – har xil tipdagi sochlari va hatto aynan bir
sochning uzunligiga qarab o‘zgaradi.