O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/133
Sana09.12.2023
Hajmi1,97 Mb.
#114619
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   133
Bog'liq
CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

2.1.2. Mo‘yna tasnifi va tavsifi 
Mo‘ynalar asosan tashqi ko‘rinishi belgilariga qarab 
tasniflanadi, Chunki turli mo‘yna hayvon terilari bir-biridan juda 
farq qiladi. Bunga bog‘liq ravishda, mo‘yna, jun qoplamining 
holatiga, rangiga, o‘lchamlari, nuqsonlari, immitatsiyasiga qarab 
bo‘linadi. Mo‘ynaning hamma turlari bo‘yicha tasniflanadigan 
yagona standart mavjud emas. Buning sababi shundaki, mo‘yna 
sanoatida ellikdan ortiq turdagi hayvon terilariga ishlov beriladi. Bu 
terilarning xossalari biologik belgilariga qarab, juda bir-biridan farq 
qiladi. Bundan tashqari, mo‘yna sifatiga xom ashyoga birlamchi 
ishlov berish va ishlab chiqarish usullari ta’sir ko‘rsatadi.
Mo‘yna ishlab chiqarish jarayonlarida mo‘ynaning teri 
to‘qimasi bilan birga jun qoplamining xossalari ham o‘zgaradi. 
Ishlov berishda teri to‘qimasi yumshoqlik, plastiklik xususiyatiga 
ega bo‘ladi va uning suvga, terlashga, kimyoviy moddalar hamda 
mikroorganizmlar ta’siriga chidamligi oshadi.
Mo‘ynabop qo‘y terilari, juni kalta qilingan, tabiiy yoki 
ranglangan holda ishlab chiqariladi. Jun qoplamining tepa qismiga 
maxsus ishlov beriladi va buning yaltiroqligi ortib, yuqori qismi 
to‘g‘rilanadi. Mo‘ynabop qo‘y terilarining jun qoplamiga hozirgi 
kunda qunduz, dengiz mushugi, suv kalamushi, sassiqko‘zan 
mo‘ynalariga o‘xshatib (imitatsiya) ishlov beriladi.
Uy quyonidan ishlab chiqarilgan mo‘yna terilari sochli (tabiiy 
va ranglangan), bir qismi qirqilgan (dengiz mushugiga yoki 
qimmatbaho mo‘yna turlariga o‘xshatib ranglangan), bir qismi 
qirqilgan va juni yaxshilanganlarga bo‘linadi.


29 
III bobCHARM VA MO‘YNA ISHLAB CHIQARISH 
XOM ASHYOLARI 
3.1. Xom ashyoga dastlabki ishlov berish va uning 
xususiyatlari 
Charm va mo‘yna ishlab chiqarish xom ashyolariga uy va 
yovvoyi hayvonlar terisi kiradi. Charm ishlab chiqarish bosh 
manbai chorvachilik hisoblanadi. Charm sanoati uchun uy 
hayvonlaridan: qoramollar, ot, eshak, xachir, tuya, qo‘y, echki, 
cho‘chqa, bug‘u terilari xom ashyo sifatida ishlatilsa, yovvoyi 
hayvonlardan yovvoyi echki, bug‘u, cho‘chqa, dengiz hayvonlari 
(dengiz mushugi, kit, morj) va boshqa hayvonlar terilari ishlatiladi.
Charm va mo‘yna ishlab chiqarishning muhim xususiyati, bu 
uning qimmatbaholigi hisoblanadi. Shu sababli, tannarxni 
kamaytirish maqsadida xom ashyodan to‘liq foydalanishga harakat 
qilinadi.

Download 1,97 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   133




Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S

Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish